Parizod burji vakillari tabiatan sinchkov, mayda-chuydalarga ham ko‘p e’tibor beradi. Shuning uchun aksar hollarda omadga erishishadi. Ular Merkuriy boshqaruvi ostida tug‘ilishgan. Har safar qaror qabul qilishda qat’iylikka e’tibor qaratishadi. Parizod burji ostida tug‘ilganlar kam xato qilishadi. 2018 yil ham parizod burji vakillariga asosan yaxshilik va’da qilmqda. It yilining o‘zi ularni qaramog‘iga oladi.
Fevral oyi omadlar pallasi desak xato bo‘lmaydi. Ammo har bir ishga ehtiyotkorlik bilan yondashishingiz tavsiya etiladi. 2018 yili birovlarning ko‘magiga tayanib ish ko‘rmang. Nimaiki qilsangiz, o‘z kuch va imkoniyatlaringizdan kelib chiqing. Shunda omadni, muvaffaqiyatni o‘zingizga tezroq chorlay olasiz.
Aprel oyida professional kasbingiz doirasidagi ishdan tashqari, shaxsiy hayotingizga taalluqli muammolarni ham a’lo darajada o‘zingizga bo‘ysundirishingiz kutiladi. Ro‘zg‘or masalasida qarindoshlar bilan dahanaki janjallar yuzaga kelishi mumkin. Ammo juftingiz bilan munosabatlaringizga putur yetmaydi.
Oila qurmaganlar 2018 yili romantika va ehtiroslar quliga aylanishi kutilmoqda. Bahor va yoz oylarida muhabbat boshqaruvida yorqin uchrashuvlarni boshdan kechirishingiz kutiladi. Esda tuting, 2018 yili o‘zingizga yoqqan inson bilan tanishsangiz, albatta intihosi nikohga borib taqaladi. Basharti kimlarningdir xonadonida 2018 yili farzand dunyoga kelsa, u intellekti, fanga cheksiz ishtiyoqi va mustahkam sog‘lig‘i jihatidan tengsiz insonga aylanadi. Bir so‘z bilan aytganda, 2018 yili tug‘iladigan bolalarning ko‘pchiligi indigolar toifasiga oid bo‘ladi.
It yilida mehnat ta’tiliga chiqish, sayohat masalasini ham puxta rejalashtiring. Tijoratchi bo‘lsangiz, dam olishni xohlamasligingiz, har kuni keladigan daromadni ko‘zingiz qiymasligi mumkin. Biroq biling, bu ishlar o‘z-o‘zidan ijobiy hal bo‘laveradi. Juda bo‘lmaganda sizning o‘rningizga qarindoshlar bu ishni amalga oshirishadi.
Kuzga borib tadbirkorlar o‘z ishida yangilik yaratish, yangi hamkorlar topib ish ko‘lamini kengaytirish haqida o‘ylashlari zarur. Zinhor bo‘shashmang, raqobatchilar uloqni ilib ketib qolishlari hech gap emas. Dekabr oyiga qadar majlisbozliklar, konferensiyalar, foydali shartnomalar tuzish va xizmat safarlariga borishdan boshingiz chiqmaydi.
Noyabr va dekabr oylarida qilgan mehnatlaringizning mevasini ko‘rish nasib etadi inshoolloh. Rahbarlar olqishi uyoqda qolib, dasta-dasta mukofot pullari dilingizni yayratadi. Siz tabiatan tejamkorsiz, shuning uchun sizga bu haqda gapirib o‘tirishning ham hojati yo‘q.
Ishda ham, muhabbatda ham injiqliklarga aslo yo‘l bermang. Odatlaringizni o‘zgartirish, yangi g‘oyalar ortidan quvish baribir ish bermaydi. Xudoyimning hadya etganiga shukr qiling. Martabani oshirish uchun yelib-yugurishingiz, o‘z vaqtida majlislarda qatnashishingiz, o‘z ustingizda tinimsiz ishlashingiz talab etiladi.
Yil davomida o‘zingizning kamchiliklaringizni qidirish, o‘zingizni tanqid ostiga olish bilan band bo‘ling. Salomatligingizga alohida e’tibor qarating. Organizmni hadeganda jismonan zo‘riqtirishdan saqlaning. Zararli odatlardan voz kechib sport bilan shug‘ullanishni boshlang.
MUHABBATI
It yili parizodlarga cheksiz hissiyot va romantikani va’da qilmoqda. Oila qurmaganlarning ko‘pchiligi yil davomida turmush qurib mustaqil hayotni boshlashadi. Oilalilar esa juftiga bo‘lgan munosabatlarni ijobiy tarafga o‘zgartirmasalar bo‘lmaydi. Shunda orangizdagi shunchaki bir-biriga o‘rganib qolganlik qaytadan muhabbatga aylanishi turgan gap.
Oilasizlar tez-tez odamlar orasida bo‘lib yangi tanishuvlarni boshdan kechirishga harakat qilishlari zarur. Shunda tanlov imkoniyatlaringiz kengayadi. Idealingizdagi insonni albatta uchratasiz.
Asosiysi, muhabbat masalasida faqat qalb amriga quloq tutgan holda ish ko‘ring.
Parizod burjida tug‘ilgan qiz-juvonlar tashqi ko‘rinishiga e’tiborni susaytirmasliklari tavsiya etiladi. Har bir qadamni o‘ylab bosing. Nafas mashqlari bilan ko‘proq shug‘ullaning. Oila qurishga ulgurmaganlarning ayrimlari kuz faslida orzusini amalga oshiradi.
OILASI
2018 yil oilangiz uchun o‘ta yorqin va qiziqarli hayotni va’da qilgan. Juftingizga nisbatan munosabatlaringiz rekord darajagacha ko‘tariladi. Hayot zerikarli kechishini istamasangiz, yil davomida turli mavzularda oilaviy tadbirlar tashkil eting, bayramlar o‘ylab toping. Oiladagilar sizga maslahat berishsa, albatta bu maslahatlarga amal qiling. Shunda ahillikka ahillik qo‘shilib boraveradi.
Oilangizga zimdan hasad qiladiganlar ham yo‘q emas. Undaylar bilan iloji boricha muloqot qilmang. Yoki uyingizning har yer-har yeriga tumorlar osib qo‘ying. Shunda hasadgo‘y o‘zi qazigan chuqurga o‘zi yiqiladi. Mushkul vaziyatlarda do‘stlar maslahati yoki psixolog qabuliga oshiqmang. O‘zingiz ham yaxshigina psixologsiz.
Rashk degan baloni 2018 yili yaqiningizga keltira ko‘rmang. U hasadgo‘ylardan ham ming chandon xavfliroq. Rashk iblisning yetagida yashaydi. Yaqinlashtirdingizmi, sizni to‘g‘ri yo‘ldan toydirishga zo‘r bera boshlaydi. Erkaklar juftiga tez-tez guldasta hadya etishni kanda qilmasalar, bu oiladan baxtlisi bo‘lmaydi.
Juftingizga buyruq beraverishni kamaytiring. Tanqidni esa maslahat ohangida amalga oshiring.
SALOMATLIGI
2018 yili sportga, organizmni toblantirishga yo‘naltirilgan mashqlarga alohida e’tibor qarating. Shunda salomatlik masalasidagi muammolar ikkinchi planga o‘tadi.
Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar o‘z vaqtida muolaja olishni kanda qilmasliklari kerak. Vitaminga boy mevalarni ko‘proq iste’mol qiling.
Stress, depressiya degan yaramas viruslarga qarshi keskin kurash olib boring. Doimo kulib, juda bo‘lmasa, majburan jilmayib yuring. Bu kayfiyat ko‘tarilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqona usullarda salomatlikni mustahkamlab borishga intiling.
Ovqatlanish rejimi va ratsion sog‘lig‘ingiz yaxshi saqlanishida muhim rol o‘ynaydi. Har kuni sabzavot va mevalardan tashqari arpa bo‘tqasi, qahva, choy o‘rniga kompotlar ichishga odatlaning. Bel og‘rig‘i, ostexondroz bezovta qilavermasligi uchun alohida mashqlarni muntazam bajarib boring.
Yozda qishloq, tog‘li hududlarda dam olish payida bo‘ling. Yomon xayollarni miyangizga yaqinlashtira ko‘rmang. Futbol, volleybol, tennis o‘ynashga odatlaning.
MARTABA VA MOLIYaVIY AHVOLI
Martabaga erishish, moliyaviy jihatdan hech kimdan kam bo‘lmaslik uchun yil davomida ko‘p ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Shunda yil yarmiga borib zahiradagi pullaringiz ko‘paya boshlaganini sezasiz.
Sentyabrda tavallud topganlarni moliyaviy inqiroz ham kutib qoladi. Afsuslar bo‘lsinki, kuz oylarida bajargan ishingiz rahbarlarga yoqmaydi, tanqidga uchraysiz. Oraga xafagarchiliklar, arazlar qo‘shiladi. Bularning natijasida moliyaviy ahvolingizga putur yeta boshlaydi. Lekin Xudo o‘z bandalarini uzoq vaqt arosatda qoldirmaydi. Dekabrga borib ishlarni yo‘lga tushirasiz, qo‘lingizga ilgarigidan ham ko‘proq daromad kelib tusha boshlaydi.
Nima bo‘lmasin, 2018 yili bor bo‘yingiz bilan ishga sho‘ng‘ishingiz tavsiya etilmaydi. Dam olish, do‘stlar bilan maroqli suhbatlar qurish, tez-tez havo almashtirishga ham yo‘l bering.
Bir so‘z bilan aytganda, 2018 yil sizga ham boshqalar qatorida xursandchiliklar, xush kayfiyat baxsh etadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi