QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Shaxsiy hayotingiz izdan chiqay deb turibdimi? Demak, ishni ham yig‘ishtirib shu muammoni hal etishingiz kerak. Agar shu taxlit qo‘l qovushtirib o‘tiraversangiz, hech narsa o‘zgarmaydi. Tobora boshi berk ko‘chaga ichkarilab boraverasiz. Moliyaviy ahvolingizga bugun gap yo‘q. Shuning uchun yana bitta qo‘shimcha katmon sotib olmasangiz bo‘lmaydi. Ishda hamkasblaringizga nisbatan adolatli bo‘ling. Ularning ham fikrlari bilan hisoblashgan holda ish yuritishga harakat qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
28 noyabr kuni nihoyat mavqeni oshirish uchun qay cho‘qqini zabt etish kerakligini anglab yetasiz. Harakatga tushsangiz, juda qisqa fursatda hamma sizga havas bilan qaray boshlaydi. Bugun ba’zilar boshqa uyga ko‘chishi, uy sotishi yoki nikohdan o‘tishi mumkin. Bu amallarning barchasi muvaffaqiyatli yakun topadi. Asosiysi, xavf bilan to‘qnash kelib qolmasangiz bas. Salomatlikni ehtiyot qiling. Kechqurun ertaroq uxlashga yoting. Shunda ertangi kun uchun keraklicha kuch to‘play olasiz.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun o‘ta sergaklik bilan harakatlar sodir etmasangiz, o‘g‘ri, firibgarlarning qarmog‘iga ilinishingiz hech gap emas. Katmonni, kissadagi pullarni ehtiyot qiling. Ko‘cha-ko‘yda shubhali tuyulgan kimsalarga tilingizni bermang. Oilasizlar muhabbat bobida qat’iyatli bo‘lishlari lozim. Busiz niyatingizga yetishingiz dargumon bo‘lib qoladi. Kechqurun yaqin qarindoshlardan biri sizga moddiy yordam ko‘rsatishi kutiladi. Kechqurun kechki ovqatni oilangiz bilan birga qaysidir kafeda tanovul qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 noyabrda vaziyatni ham, voqea-hodisalarni ham o‘z xohishingizdan kelib chiqib, o‘zingiz ularni nazorat qilishingiz uchun imkon tug‘iladi. Miyangizga ajoyib fikrlar, g‘oyalar quyilib kelsa, darhol qog‘ozga tushirib qo‘ying. Keyin payt topib ularni hayotga tadbiq etaverasiz. Shaxsiy hayotingizda yoqimsiz lahzalar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ba’zilar juftini xiyonatda qo‘lga tushirishi kutiladi. Ammo bu hayot tugadi degani emas. Xiyonatkorlarni Ollohga topshirib qo‘yish va yashashda davom etaverish kerak. Xiyonatkorlarga nisbatan qasdma-qasdiga bo‘lsa ham yashayverish lozim.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz ajoyib kechishi kutilmoqda. Ichki sirlaringizni, quvonchingizni atrofdagilar bilan baham ko‘rsangiz, yanada yengil tortasiz, kayfiyatingiz yanada yaxshilanadi. Ish bajarishda e’tiborli bo‘ling. Foyda keltirmaydigan ishlarga qo‘l urmang. Yaqin o‘tmishni o‘ylab shubha-gumonlarga bormang, foydasi yo‘q. Qiynalganingiz qoladi xolos. Kechqurun o‘zingiz juda hurmat qiladigan odam sizni mehmonga taklif etishi mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
28 noyabr kuni pul bilan bog‘liq kutilmagan sovg‘aga ega chiqishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy hayotingizga taalluqli muammolar xamirdan qil sug‘urgandek oson bitadiki, hayratdan yoqa ushlaysiz. Oila qurmaganlardan kimdir bugun to‘y harakatini boshlashi mumkin. Bu dunyoda yaxshi niyat qilsangiz, ushalmay qolmaydi. Shuning uchun anchadan beri qiynab kelayotgan muammolarni bugun to‘liq bartaraf etib oling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bir joyda turib qolsangiz, faqat yutqazasiz. Shundoq ham ko‘p jabhalarda yutqazishlarni boshdan kechirdingiz. Bugun esa boriga shukr qilib qo‘ya qoling. Tadbirkorlar uchun yangi hamkorlar bilan kelishuvlar, foydali shartnomalarga imzo chekish amallari muvaffaqiyatli kechadi. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar o‘z iste’dodini shu qadar ajoyib tarzda namoyish etsinlarki, raqobatchilar shundan keyin sizni yuz metr naridan chetlab o‘tadigan bo‘lishadi. Kechqurun sport bilan shug‘ullaning.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
28 noyabr siz anchadan beri kutgan kun. Yo‘lingizda ko‘ndalang bo‘ladigan har qanday to‘siqni osongina yengib o‘ta olasiz. Ro‘zg‘ordagi muammolar ham xuddi shunday yengil bartaraf etiladi. Moliyaviy masalada esa yaqin do‘stlaringiz sizga yordam qo‘lini cho‘zishadi. Muhabbatda qaysarliklar, injiqliklardan nariroq bo‘lishga intiling. Aks holda tanlaganingiz sizni tashlab ketishi turgan gap. Kechqurun yoqimli xabar eshitasiz. Ovqatlanishda zaharlanib qolishdan saqlaning. Ya’ni, ko‘cha taomlarini iloji boricha iste’mol qilmang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugun o‘zingizni a’lo darajada his etishingizni bashorat qilishgan. U holda kun bo‘yi qattiq ishlab shuhrat qozonishga, kechqurun esa yaqinlaringiz davrasida huzur qilishga haqlisiz. Kun davomida qaysidir majlisda so‘zga chiqishingiz, yaqin masofaga safar uyushtirishingiz, tadbirkor bo‘lsangiz, kelishuv shartnomasiga imzo chekishingiz kutiladi. Ish joyingizda ham, uyda ham emotsiyaga tanqidiy nazar bilan boqing. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
28 noyabrda bir qator yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Ish joyingizda yumushlarni shunday bir qiziqarli usul yordamida ado eta boshlaysizki, tushlikni ham unutib qo‘yishingiz aniq. Ammo sizga qorningiz och holda ishlash mumkin emas. Shuni ham hisobga oling. Kechqurun sevimli xobbingiz bilan band bo‘lishingiz yoki kitob mutolaa qilishingiz tavsiya etiladi. Salomatlik e’tiborni talab qiladi. Salomatlikka e’tiborsiz qolmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz quvonchli lahzalardangina iborat bo‘lishi kutilmoqda. Haqiqatan yuzlaringizdan bir soniya bo‘lsin tabassum arimaydi. Atrofdagilar, uydagilar, ishxonadagilar sizni yanada qattiqroq seva boshlashgani, hurmatlay boshlaganini aniq sezasiz. Ammo moliyaviy masalada boshi berk ko‘chada qolishingiz mumkin. Siz olishingiz kerak bo‘lgan mukofotni hamkasblardan biri ilib ketish ehtimoli bor. Oldini oling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 noyabr kuni meros bilan bog‘liq ishlarni hal etishingiz mumkin. Oilangizda xuddi shu mavzuda kelishmovchiliklar, bahslar tug‘iladi. Biroq uloq sizda ketadi. Merosga sizdan bo‘lak hech kim og‘iz sola olmaydi. Mavqeingiz ham kun oxiriga qadar ancha mustahkam tortadi. Hurmatingiz osha boshlaganini sezasiz. Faqat immunitetni ko‘tarishni, mevalar iste’molini unutib qo‘ymang.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi
Taxtni tashlab qochgan bangi...
G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda