QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kun siz xohlagandek kechadi. Orzularingiz ketma-ket ro‘yobga chiqa boradi. Yaqinlaringiz sizni ko‘z qarashingizdan tushungan holda istaklaringizni bajo eta boshlashadi. Internet orqali yana kimlardir o‘zi uchun juda foydali axborot topadi. Faqat shaxsiy hayotingizda kichik muammolar yuzaga kelishi mumkin. Biroq bu qo‘rqinchli emas. Salomatligingizni nazardan chetda qoldirmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
30 noyabr kuni katta janjal yoki tadbirning sababchisiga aylanishingiz mumkin. Sizni kimlardir besabab ayblay boshlaydi. Bu ayblovlarni yo‘q qilish uchun sizga aqlli va tadbirkor tanishlar zarur bo‘ladi. Odatda oilangizdagilarga nisbatan qattiqqo‘lsiz. Bugun sal muloyim torting. Buning mukofotini keyinchalik albatta olasiz. Kechqurun serqatnov yo‘llarda juda ehtiyot bo‘ling. Sog‘lig‘ingizdan doimo xabar oling. Kechqurun yaqin masofada yashaydigan qarindoshingizdan yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Martabani oshirish payti yetdi. Ertalabdan shu masalada astoydil shug‘ullaning. Buning uchun sizdagi professionallik yetib-ortarli darajada. Faqat o‘zingiz hasadgo‘y va g‘iybatchi deb bilganlarga bu haqda gapirib qo‘ymang. Kunning ikkinchi yarmida qachonlardir siz uchun aziz bo‘lgan insonlar bilan favqulodda uchrashib qolishingiz kutiladi. Bugun aslo boshqa uyga ko‘chmang, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
30 noyabrda shaxsiy hayotingiz picha izdan chiqish pallasida turadi. Agar noto‘g‘ri qadam tashlab yuborsangiz yoki ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ysangiz, bu sizga qimmatga tushishi hech gap emas. Ishxonangizda ham stressli vaziyatlar yo‘q emas. Hamkasblar bilan sizning orangizda yana kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bunday lahzalarda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Iloji boricha diplomatlarcha munosabat yuriting. Hamkasblar ham oila a’zolaringizdek bir gap.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
O‘zingizga tegishli bo‘lmagan ishlarga aralashmang. Aks holda sizga bugun oson kechmasligi mumkin. Ba’zilar anchadan beri boshqa ish qidirib yurgan bo‘lsa, 30 noyabr kuni bu ish sizning foydangizga hal bo‘ladi. Bo‘sh kelmang. Kechqurun oilangizdagilardan biri bilan aytishib qolishingiz xavfi bor. Toza havoda sayr qilishni ham esdan chiqarmang. Ovqatlanish rejimini buzmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
30 noyabr kuni oilasizlar o‘zi munosabat yuritayotgan insonga nisbatan muhabbatini isloh qilib olsalar foydadan xoli bo‘lmaydi. Yo‘qsa, munosabatingizga putur yetishi turgan gap. Tushdan keyin favqulodda boshqa joyga ko‘chishingiz, uy ta’miri bilan shug‘ullana boshlashingiz yoki ro‘zg‘or uchun yangi uskuna sotib olishingiz ehtimoli bor. Faqat xarajatga berilib ketib katmonni quritib qo‘ymang. Kechqurun yolg‘iz qoling, sizga osuda lahzalar juda kerak bo‘ladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun yaqinlaringizga sizning yordamingiz juda ham zarur. Moddiy emas, ma’naviy jihatdan yordam qo‘lini cho‘zsangiz, juda yaxshi bo‘ladi. Atrofdagilarning ham so‘zlarini tinglab, ular bilan hisoblashishga harakat qiling. Yangi xabarlardan yuz o‘girmang. Bu xabarlar shaxsiy hayotingizda ham asqotishi mumkin. Kechqurun madaniy dam olish sizga juda zarur. Albatta dam oling. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
30 noyabrda ko‘pchilikka o‘zingizni ko‘rsatib qo‘ygingiz keladi va shu jabhada harakatlar boshlaysiz. Bu harakatlaringiz omadli kechadi inshoolloh. Biroq chekka-chekkada kim bilandir ishq romani boshlaganingiz to‘g‘risida hech kimga gapirmang. Bu siz haqingizda g‘iybatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Taomlarni tanlab-tanlab iste’mol qiling. Oshqozoningizda muammo tug‘ilish xavfi bor.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz unumli kechishi bilan birga juda faollik ham talab qiladi. Shuning natijasida to kechga qadar qimirlashga-da holingiz qolmasligi mumkin. Shunga yarasha ko‘pgina muhim ishlarni bajarib olasiz. Kissangizga pul tushadi. Tejamkorlikka e’tibor bering. Yangi yil eshik qoqmoqda. Yaqinlaringizga sovg‘a olishda asqotadi. Mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lsangiz, qayerda dam olish haqida ham qayg‘uring. Tog‘larga chiqib havo almashsangiz ham kuchingizga kuch qo‘shilib qaytasiz.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
30 noyabr kuni ruhiy olamingizni yaxshilash, dunyoqarashingizni kengaytirish haqida qayg‘urib, shu masalada muhim harakatlarni sodir etasiz. Endigina yangi ishga joylashganlar uchun bu harakatlar juda muhim. Oila qurmagan do‘stlarimizni bugun romantik lahzalar kutib qoladi. Oilalilar esa taqdirning tub burilishlariga tayyor tursinlar. Asabni asrang. Uyqusizlikdan qiynalayotgan bo‘lsangiz, vrach ko‘rigidan o‘ting. Uyqusizlik faqat asabdan bo‘ladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kunni hazil-mutoyiba bilan boshlab shunday yakunlashingiz tavsiya etiladi. Buning uchun kayfiyatingiz to‘liq javob bera oladi. Oldindan tuzgan rejalar yo‘qqa chiqmasligi uchun faollikni qo‘ldan bermang. Shunda rahbarlar va’da qilgan mukofotga ega chiqishingiz mumkin. Kunduzi ro‘zg‘or uchun kerak bo‘ladigan buyumlar xarid qilishingiz kutiladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
30 noyabrda anchadan beri o‘zingizga yoqib yurgan odam bilan tanishishingiz ehtimoli bor. Bardoshingiz nihoyat o‘zini oqlab bu insonga ko‘nglingizni ochish uchun fursat yetdi. Ish bajarishda ham bardoshga tayaning. Kechqurun ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirish bilan shug‘ullanishingiz kutilmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi
Taxtni tashlab qochgan bangi...
G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda