QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Shaxsiy ishlaringizni bajarib olish uchun bugun atrofdagilardan o‘zingizni olib qocha boshlaysiz. Muammo faqat muhabbatda. Siz shuning uchun ham birovlar sirlaringizdan ogoh bo‘lishlarini xohlamaysiz. Ish bajarishda qarindoshlar va do‘stlar maslahatlariga quloq tuting. Ular sizni haqiqat yo‘liga solib qo‘yishnigina istashadi. Ko‘ngillarida zarracha yomonlik yo‘q. Moliyaviy muammolar ham juda qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, harqalay ijobiy hal bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Mana, qish ham eshik qoqib kirib keldi. Bugun 1 dekabr kuni vaqt topa olsangiz, tog‘li hududlarga borib havo almashtiring. Ish qochib ketmas. Bugun ishxonangizda maqtovlar, xushomadlar faqat sizniki bo‘ladi, ishoning. Ayniqsa, qarama-qarshi jins vakillari va vakilalari qalbingizga bir olam quvonch hadya etadi. Moliyaviy jihatdan to‘siqlarga duch kelmaysiz. Zahirangizda ham ancha-muncha pul bor. Bugun qarz ko‘tarish va banklardan kredit olishni zinhor xayolga keltira ko‘rmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
1 dekabr kuni yaqinlaringizga yangi yil sovg‘alari hadya etish haqida bosh qotira boshlaysiz. Ha, birinchi navbatda pulni zahirada saqlab qolish kerak. Pul bo‘lsa, sovg‘a topiladi. Ma’naviy tarafdan ba’zi yo‘qotishlarga yuz burishingiz ehtimoldan xoli emas. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar illyuziya asiriga aylanishi, shuning natijasida tushkun kayfiyatda qolishi kutiladi. Kechqurun vaqtingizni ajoyib tarzda o‘tkazishingiz tayin. Salomatlikni asrang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun hasadgo‘y va ko‘ngli qoralar faollashadigan kun. Aynan sizga qarshi tish qayrab turishlari aniq. Shuning uchun ishda ham, shaxsiy hayotda ham pozitsiyani mustahkamlash harakatida bo‘ling. Madaniy tadbirlar, kino, teatrga, konsertga tushish xayrli kechadi. Kechqurun do‘stingiz maslahati bilan juftingizga qimmatbaho sovg‘a xarid qilishingiz mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
1 dekabr kuni mayda ko‘ngilsizliklarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz mumkin. Shu narsa kayfiyatingizni buzishi turgan gap. Daromad keltirishi mumkin bo‘lgan barcha ishlarni kechga qadar yakunlab, nasib bo‘lsa pulini ham kissaga urasiz. Kechqurun shaxsiy hayotingizda yorqin hodisalar yuz beradiki, kun bo‘yi siqilganlaringiz bir zumda unut bo‘ladi. Ammo bu holatingizni birovlarga aytib maqtanmang. Ko‘z tegadi. Sog‘lig‘ingiz joyida bo‘lishi uchun ovqatlanishda ehtiyotkor bo‘ling. Ko‘proq sport bilan shug‘ullaning.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
O‘zingizga o‘zingiz qaysidir jihatdan ziyon yetkazib qo‘ymaslik uchun orqa-ketingizga qarab ish ko‘ring. Rejalaringiz ham nihoyatda puxta bo‘lishi lozim. Aks holda qora terga botib ishlasangiz-da, daromadi bir miriga teng bo‘lib qolaveradi. Oilaviy hayotda ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir eting. Sog‘lig‘ingizga jiddiy munosabatda bo‘ling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, dorilarni o‘z vaqtida iching, vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘yishni ham yoddan chiqarmang. Kechqurun faqat qalbingiz amriga quloq tutgan holda ish tuting.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
1 dekabr kuni oilasizlar yaqindagina tanlagan bo‘lg‘usi jufti masalasida uydagilarning fikrini eshitib ko‘rishlari tavsiya etiladi. «Maslahatli to‘y tarqamas» deb behuda aytishmagan, axir! Basharti kimningdir fikri yoqmasa ham tilingizni tishlang. Pul masalasida ham bir qator muammolar paydo bo‘ladi. Lekin kechgacha astoydil harakat qilsangiz, katmon quruq qolmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qilish sizga har taraflama foydali. Imkon bo‘lsa velosipedda sayr qilsangiz, yana yaxshi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Erta tongda uyg‘onganingizdanoq kayfiyatingiz tushkun holatdaligiga guvoh bo‘lasiz. Yo‘q, bu siz o‘ylagandek havo aynishidan emas. Sizdagi pessimistik holat kayfiyatingizni tushkun ahvolga solib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Yaqin do‘stlaringiz anchadan beri yakunlay olmayotgan muhim ishingizni tugatishda qo‘llab yuborishlari kutiladi. Ijodkorlar ham bugun ajoyib natijalarga muyassar bo‘lishadi. Asablarni asrang! Asab tolalari qayta tiklanmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
1 dekabr kuni hali ko‘p yillar hamkorlikda ish olib borishi kerak bo‘lganlar bilan bahsga kirishmang. Undan ko‘ra ulardan foydalanib qolish haqida qayg‘uring. Oila qurmagan, muhabbat o‘tida kuyayotganlar bugun albatta omadga erishishadi. Biroq darrov kelajak haqida reja tuzishni boshlab yubormang. Avval tanlaganingizni xufiya nazoratdan o‘tkazing. U bilan birga bir umr yashab keta olishingizga to‘liq amin bo‘ling. Salomatligingizga ham e’tibor bilan yondashing.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kuningiz tom ma’noda xotirjamlikda, sokin o‘tishi kutilmoqda. Agar sizni shunday kun qoniqtirayotgan bo‘lsa, unga o‘zgartish kiritishingiz shart emas. Muhabbatda hayot yo‘ldoshingizga nisbatan diplomatlarcha munosabatda bo‘ling. Oilalilar ro‘zg‘or tashvishlaridan tortib uydagi boshqaruvgacha o‘z qo‘liga olishlari lozim. Bo‘lmasa, borib-borib shuning dastidan ham janjallar kelib chiqaveradi. Janjalga aslo yo‘l bermang, bekorga xonadoningizdagi barakani uchirgani qoladi bu janjal.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
1 dekabrda rejalarni ko‘r-ko‘rona o‘zgartirish harakatiga tushmang. Buning o‘rniga taqdirga, Ollohning mo‘’jizalariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlab boriga shukr qiling. Ish joyingizda sokinlik, ahillik hukm suradi. Shunday ekan, hamkasblar bilan bo‘lar-bo‘lmasga tortishib kayfiyatni buzishingizga hojat yo‘q. Juftingizni rashk qilaverishdan tiyilib, ehtiroslarni jilovga soling. Ishqiy sarguzashtlarni tafakkurga suyanib rejalashtiringki, six ham, kabob ham kuymasin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Qanday ishga qo‘l urmang, chin ko‘ngildan kirishing. Dangasalik, turli bo‘lmag‘ur xayollarni deb ishlashdan to‘xtab qolmang. Tijoratchilar bugun astoydil harakat qilmasalar, «uloq» raqobatchilarda ketib qolishi hech gapmas. Oilada barcha majburiyatlarni o‘z zimmangizga oling. Bu jabhada ham arzirli natijalarga erishasiz. Ayrimlar varikoz va bosh og‘rig‘i, yurak og‘rig‘idan azoblanishlari mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda
Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi
G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”