QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yaxshilab eslang va bugun yaqin o‘tmishda qay jabhada passivlikka erk bergan bo‘lsangiz, xato takrorlanmasligini ta’minlang. Kun davomida kasbingizni o‘zgartirish va qo‘shimcha daromadli ish topish niyatida kuyib-yonasiz. Kechqurun yaqinlaringiz bilan dildan suhbatlashish, dam olish xayrli kechadi. Juftingiz hamisha orangizda ahillik, mehr yashab qolishini xohlaydi. Shuning uchun rashk va agressiyani yaqiningizga ham yo‘latmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
3 dekabr kuni rejalaringizni barchadan sir tutishga harakat qiling. Ishda va oilada tartib saqlanishiga erishing. Bugun safar, yoqimli xaridlar va vrach ko‘rigidan o‘tish muvaffaqiyatli kechishi mumkin. Kechqurun professional kasbingiz bilan bog‘liq yangi g‘oyalar o‘ylab topasiz. Faqat boshqa mavzularga chalg‘imay turing. Aks holda kelajakda qo‘shimcha martaba, hurmat va nihoyat pul mukofotidan quruq qolishingiz mumkin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Emotsiyangizni zudlik bilan jilovlab olmasangiz, ruhan tetiklikka erisha olmaysiz. Hadeganda qalbingiz g‘azab o‘tida yona boshlaydi. Buning uchun yo tabiat qo‘ynida yoki sportzalda vaqt o‘tkazishingiz kerak. Shu ikki narsa sizni kuchli emotsiyadan asraydi. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishingiz kutiladi. Shaxsiy hayotda xatoliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Bu ham sizning xatoingiz hisoblanadi. Salomatlikni asrang. Qish kunlarida vitaminlarni ko‘proq iste’mol qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
3 dekabrda istaklaringiz shu qadar jo‘shadiki, barcha ishlarni bir necha daqiqada uddalab tashlagingiz keladi. Baxtga qarshi bunday usul va istaklar omad hadya eta olmaydi. Sabrli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Asabni asragan holda atrofda sodir bo‘layotgan xunuk voqealarga xotirjam munosabatda bo‘ling. Dam olish kuni bo‘lgani sababli bajaradigan ishlaringiz faqat ro‘zg‘or bilan bog‘liq bo‘ladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Juftingiz bilan mayda-chuyda tashvishlar tufayli kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutilmoqda. Buning oqibatida rejalaringiz ham o‘zgarib ketadi. Do‘stlar, hamkasblardan biri bilan janjallashib qolgan bo‘lsangiz, g‘urunni bir chetga suring-da, birinchi bo‘lib yarashish yo‘llarini qidiring. Kechki payt ommaviy tadbirlardan birida ishtirok etishingiz mumkin. Tadbirkorlarning bugun hamkorlar bilan erishadigan kelishuvlari inqiroz yoqasida qolishi kutilmoqda.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
3 dekabrda oiladagi ba’zi kelishmovchiliklarga barham berish uchun diplomatga aylanishingiz talab etiladi. Muhabbatda omadingiz chopadi. Ammo harakatlar sodir etishda ehtiyotkor bo‘lishingiz shart. Oilasizlar kechqurun tasodifan bo‘lg‘usi yostiqdoshini uchratib tanishishlari kutiladi. Siz ham ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar qishning sovuq havosida ko‘p yurmay turishlari tavsiya qilinadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugungi kuningizni o‘zingiz va juftingiz yoki tanlaganingizga hadya eting. Oradagi muhabbat alangasi so‘nmasligi uchun har yo‘lini qilib alangani ilhomlantirib turishingiz kerak. Moliyaviy muammolaringiz bugun muvaffaqiyatli tarzda hal bo‘ladi. Tejamkor bo‘lsangiz, yangi yil bayramiga ham oz-ozdan pul jamg‘arib borish imkoniga ega chiqardingiz. Ba’zi do‘stlarimiz oyoq va bosh og‘rig‘iga ro‘baro‘ kelishlari mumkin.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
3 dekabr kuni juftingizga qachonlardir bergan va’dangizni eslab, bajarish harakatiga tushmasangiz bo‘lmaydi. Bu jabhada miyangizga ajoyib g‘oyalar quyilib kelishi ham aniqqa o‘xshab turibdi. Kun mobaynida sizdan ancha oldin qarz olganlar qarzini qaytaradi. Juftingiz va tanlaganingizning nazaridan qolmaslik uchun tashqi ko‘rinishingizga alohida e’tibor qarating.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Muhabbatda sizni kutilmagan sovg‘alar kutib turibdi. Qolaversa, bugun yaqin insoningizning rostakam tuyg‘ulariga guvoh bo‘lasiz. Agar shu kungacha uning qalbida o‘zingizga nisbatan muhabbat yo‘q deb hisoblagan bo‘lsangiz, bugun adashganingizni anglab yetasiz. Sizni kunning ikkinchi yarmida yirik xaridlar ta’qib eta boshlaydi. Qoching, ulardan yangi yil bayrami o‘tguncha nariroq turganingiz ma’qul.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
3 dekabrda qanday yumushni bajarmang, boshqalar yordamiga tayanishni xayolga keltirmang. Bu yumushlarni o‘z kuch va imkoniyatlaringiz yordamida ham uddalay bilasiz. Tadbirkorlar bugun xorijlik hamkorlar bilan foydali shartnoma imzolashlari mumkin. Sevgi bobida ham omad sizdan yuz o‘girmoqchi emas. Ayniqsa, oila qurmaganlar buni chin qalbdan his eta olishadi. Kechqurun salomatligingizga e’tibor qarating.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Tadbirkorlar, bugun kimlar bilandir kelishuvga erishish, shartnomalarga imzo qo‘yishni ko‘zlagan bo‘lsangiz, oldin yaxshilab o‘ylab oling. Garchi evaziga katta pulga ega bo‘lishingiz va’da qilingan bo‘lsa-da, baribir o‘ylang. Juftingiz bilan ham munosabatlaringizda qora bulutlar ko‘zga tashlanishi kutiladi. Arzimagan masalada janjallar kelib chiqishi ehtimoldan xoli emas.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
3 dekabr kuni o‘ta faol odamga, oila boshlig‘i, yorga aylaning. Bu har jabhada faqat faollikkina sizga foyda beradi deganidir. Ba’zilar bugun xorijda ishlash uchun jo‘nab ketishlari mumkin. Ishoning, bu safar sizga har jihatdan naf keltiradi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish niyatingiz bo‘lsa, birovlar yordamiga suyanib qolmang. Faqat o‘zingiz hal qiling. Kechqurun qon bosimingiz «sakray» boshlashi mumkin. Darhol chorasini ko‘ring.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda
Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”