Tongda aksariyat kishilar arang uyg’onish va holsizlikdan shikoyat qiladilar. Bu esa o’z navbatida rejalashtirilgan ishlarning qolib ketishi yoki ish-u o’qishga kech qolish uchun asos yaratadi. Mazkur tavsiyalar yordamida esa tongingiz hamisha a’lo kayfiyatdan boshlanadi.
1.Yarim tunga qadar teleekran qarshisida o’tirmay, ertaroq uxlab, tongda barvaqt turish ishlarigizni saranjomlash uchun imkon beradi.
2.Ish yoki o’qishga olib ketadigan barcha narsalarigizni bir kun oldin tayyorlashga harakat qiling. Ana shunda tong payti kerakli buyumlaringizni izlagancha xunob bo’lmaysiz va uydan a’lo kayfiyatda chiqib ketasiz.
3.Kiyimlaringizni ham bir kun avval dazmollab qo’yganingiz yaxshi.
4.Uyg’onganingizdan so’ng tonggi badantarbiya bilan shug’ullaning. Bu uyqu holatidan tezroq chiqish uchun foydali.
5.Tong chog’i uyg’ongancha, derazalarni ochib, xonani shamollatib yuborsangiz, fikrlaringiz ham tiniqlashadi!
6.Nonushtadan aslo voz kechmang. To’yib iste’mol qilingan foydali mahsulotlar nafaqat tong payti, balki butun kun davomidagi tetiklikni ta’minlab beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda
Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”