QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz rang-baranglikda va qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. Lekin qattiq ishlashingiz ham shart. Busiz ko‘zlangan maqsadlarga yetishingiz mushkul bo‘lib qoladi. Agar miyangizga professional kasbingiz bilan bog‘liq yangi g‘oyalar kelib qolsa, hamkasblar va rahbariyat bilan albatta o‘rtoqlashing. Kechqurun oilasizlarni romantik uchrashuv kutadi. Oilalilar ham jufti bilan shundan kam bo‘lmagan vaziyatda suhbatlar qurishadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
9 dekabr kuni kasbingiz bilan bog‘liq, hali o‘zingizga ma’lum bo‘lmagan yangi bilimlarni o‘zlashtirishingiz zarur bo‘ladi. Omadga erishishni istasangiz, har qanaqasiga yelib-yuguring, ishlang, bosh qotiring. Xususiy mulk va meros masalasida yaqin qarindoshlar bilan muloyim ohangda so‘zlashishingiz tavsiya etiladi. Shamollash hamda grippdan saqlanishda sizga xalqona usulda yaratilgan dori-darmonlar yordam berishi mumkin. Kechqurun oilangiz davrasida bo‘ling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Janjal, araz va qarama-qarshi fikrlashdan nari bo‘ling. Suhbatdoshingiz kim bo‘lishidan qat’i nazar uning fikrlari bilan ham hisoblashishga harakat qiling. Shaxsiy hayotingizda muvaffaqiyatlar kutadi. Bundan tashqari, ba’zilar qarama-qarshi jins vakil va vakilalarida qiziqish uyg‘otishi ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun yaqin manzilga safar qilishingiz ehtimoli bor. Bu safar sizga moddiy manfaatdorlik keltiradi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
9 dekabrda birinchi bo‘lib salomatligingiz haqida qayg‘uring. Jismoniy jihatdan mukammallikka erishish bilan bir qatorda asablarni mustahkamlash haqida ham o‘ylab ko‘ring. Kerak bo‘lsa, sportning faol turlari bilan shug‘ullaning, ortiqcha vazndan xalos bo‘ling. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Moliyaviy muammolar kechqurunga yaqin ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli kechishi kutilyapti. Bundan tashqari, har bir daqiqangiz yorqin hodisalarga boy bo‘ladi. Yaqin do‘stlardan biri esa azaliy orzuingiz haqiqatga aylanishida yaqindan ko‘mak beradi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi birodarlarimiz yaqin masofaga xizmat safari uyushtirishlari mumkin. Salomatlik masalasida muvaffaqiyatga erishasiz deb bo‘lmaydi. Bosh hamda oshqozon og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi kutiladi. Darhol vrach qabuliga yozilib qo‘ying.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
9 dekabr kuni yoshi ulug‘lar bilan kamroq muloqot qilishingiz tavsiya etiladi. Kun yarmida esa eski tanish ayollardan biri kayfiyatingizni bir pul qilish ehtimoli bor. Mish-mishlar, turli g‘iybatga qorishiq xabarlarga ishonib qo‘ymang. Sizni tanqid qilayotganlaridan xabar topsangiz, sukutga cho‘ming-u nari keting. Quruq safsata emas, amaliy harakatlargagina ishonib ish tuting. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatligini nazoratda ushlashlari zarur.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugungi kun siz uchun juda og‘ir kechishi mumkin. Kimlardandir qachonlardir qarz olgan bo‘lsangiz, bugun o‘shalar qarzini qistab kelishi kutiladi. Orangizda kurakda turmas haqoratlar ham tilga ko‘chirilishi ehtimoldan xoli emas. Yangi g‘oyalar sizga kasbingizning yuqori cho‘qqilarini zabt etish uchun imkon yaratadi. Oilalilarning ko‘pchiligi kechqurun ro‘zg‘ordagi jiddiy muammolar bilan to‘qnash kelishi mumkin. Muammolarni o‘z foydangizga hal etishda qalbingiz yordam beradi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
9 dekabrda iroda kuchingiz yana bir karra sinovdan o‘tadigan bo‘lib turibdi. Bu rahbarlaringiz buyurgan og‘ir yumushlarni ado etishda namoyon bo‘ladi. Lekin organizmni jismonan zo‘riqtirmang. Bu asab tizimingizni ham ishdan chiqarishi hech gap emas. Sevimli insoningiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritib olish zarurati tug‘ilsa, emotsiyani jilovda mahkam tutgan holda ish ko‘ring. Sog‘lig‘ingiz hammasidan muhim. Uni parvarish qilishdan to‘xtamang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
9 dekabr kuni zerikishga sira vaqtingiz bo‘lmaydi. Ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Biroq har bir bajargan ishingiz sizga mo‘may daromad hadya etishini unutmang. To‘g‘ri, moliyaviy ahvolingiz to‘liq yaxshilanishi uchun ko‘p ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Muhabbatda diplomatlarcha yo‘l tuting. Aks holda yolg‘iz qolib ketishingiz turgan gap. Har bir harakat va mavjudlikning me’yori bo‘lishi lozimligini har doim esda saqlang. Omadingizni bersin!
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
9 dekabrda hamkasblar bilan janjallashib qolishingiz xavfi sezilyapti. Ish bajarishda qiyinchilikka duch kelsangiz, o‘zingizdan yoshi ulug‘ va tajribaliroq hamkasblardan maslahat so‘rang. Bugun kelajak haqida zinhor reja tuza ko‘rmang. Bugun tuzadigan rejalaringiz kelgusida foyda o‘rniga ziyon yetkazadigan bo‘lib chiqadi. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Lekin profilaktika sifatida vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘yish ham ziyon qilmaydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kunning birinchi yarmida badavlat bir inson bilan tanishib suhbatlashasiz. Shu inson kelajakda professional kasbingiz bilan bog‘liq muammolarni hal etishda asqotib qolishi mumkin. Bugun oldingizga faqat g‘alabaga olib boruvchi maqsadlarni qo‘ying. Kunning ikkinchi yarmida juftingiz yoki tanlaganingiz bilan orangizda janjalli vaziyatlar yuzaga kelishi kutiladi. Kechqurun madaniy dam olish ertangi kun uchun yangi kuch va imkoniyatlar baxsh etadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
9 dekabrda sizni ommaviy tadbirni boshqarish uchun taklif etishadi. Bu tadbir ziyofatga aylanishi aniq. Shuning uchun spirtli ichimliklar iste’molidan tiyilishingiz kerak. Shaxsiy hayotingizda qandaydir muhim bir voqea sodir bo‘ladi. Shu narsa rejalaringizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Kun davomida o‘zgalarga emas, faqat qalbingizga quloq tuting. Kechqurun bir dunyo pul kelib qo‘lingizga tushadi. Demak, yangi yil bayrami ko‘ngildagidek o‘tishi tayin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda