QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun hech kimga yolg‘on gapirmang, firib va hasaddan nari bo‘ling. Aks holda o‘zingizga o‘zingiz muammo orttirib olasiz. Sayohatga chiquvchilar va mehnat ta’tilidagilar uchun bugungi kun muvaffaqiyatli va xayrli kechadi. Moliyaviy muammolar hech qanday to‘siqlarsiz sizning foydangizga hal bo‘lishi kutiladi. Ish joyingizda rahbarlar bilan adi-badi aytishib qolishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Sog‘liqni saqlang. Ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Oshqozoningizda muammo paydo bo‘lishi mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
10 dekabr kuni ishxonada bajaradigan yumushingizni yaqindagina ishga joylashgan hamkasbning zimmasiga yuklashni xohlab qolasiz. Biroq esda tuting, bu ko‘ngilsizliklarni hadya etishi mumkin. Shubhasiz, ko‘ngilsizlik sababchisi o‘zingiz bo‘lib chiqasiz. Muhabbat masalasida omadingiz chopadi. Ayniqsa, oila qurmaganlar hayotida bugun unutilmas lahzalar bisyor bo‘ladi. Faqat har jabhada me’yorni biling. O‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, o‘z vaqtida bu holatni bartaraf eting.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Qarindoshlaringizdan biri bilan bog‘liq u qadar yoqimli bo‘lmagan xabar eshitishingiz kutiladi. Agar muammo unchalik jiddiy bo‘lmasa, qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi. Aksi bo‘lsa, vaqtincha ishni yig‘ishtirib qo‘yib, qarindoshingizga yordam qo‘lini cho‘zishingizga to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlar uchun kelishuvlar, majlislar va xizmat safari muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda oila qurmaganlarga albatta omad kulib boqadi. Har bir imkoniyatdan to‘g‘ri va o‘z vaqtida foydalanib qolishga harakat qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
10 dekabrda hamkasblaringizdan kimdir kayfiyatingizni buzishi mumkin. Bu hayot. Hayotning qing‘ir-qiyshiq ko‘chalari ham yo‘q emas. Shunday ekan, bardoshni opichlagan holda shu yo‘llardan o‘tishga majbursiz. Moliyaviy jihatdan omadingiz chopmasligi mumkin. Qarz ko‘tarishingizga to‘g‘ri keladi. Yoki qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish qidirsangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Oilasizlarning ba’zilari bugun tanlagani bilan nikohdan o‘tishga qaror qilgan bo‘lsa ajab emas. Biroq bu harakatni sodir etishdan oldin yana bir karra o‘ylab ko‘ring. Toki keyinchalik o‘zingiz armon qilib yurmang. Ayrim do‘stlarimiz ishlab turgan ishidan voz kechish harakatiga tushishi mumkin. Bu masala ham shoshma-shosharlik bilan hal qilinmasligi kerak. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Asabni asrang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
10 dekabr kuni organizmingizni jismonan va ruhan zo‘riqishdan saqlang. Bu oqibatda jiddiy xastalikni keltirib chiqarishi hech gap emas. Yaxshisi, bugungi kunni dam olish uchun bag‘ishlasangiz ham yomon bo‘lmaydi. Ish joyingizda hamkasblar sizni arzimas bahona topib tanqid ostiga olishi mumkin. Bunday lahzalarda o‘zingizni go‘yo bu tanqidlar sizga tegishli emasdek tuting, vassalom. «It hurar, karvon o‘tar» deb behuda aytishmagan, axir!
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Uyingizda ishlar qalashib yotibdi. Agar boshqalar kabi dam olish kuningiz bo‘lsa, bugun erta tongdan ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf etishga kirishing. Pul masalasini ijobiy hal etish uchun badavlat tanishlardan biriga murojaat etishga majbursiz. Yolg‘iz o‘zingiz bu ishni uddalay olmaysiz. Salomatlikni asragan holda ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar esa kun davomida sog‘lig‘ini nazorat etib borishi lozim.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
10 dekabrda ishxonada ko‘ngilsizliklarga duch kelishingiz kutiladi. Shunday kayfiyatga tushasizki, sira o‘ylab o‘tirmay ishdan bo‘shash haqida ariza yozgingiz kelib ketadi. Yo‘q, bu shoshma-shosharlik sizning tabiatingizga sira to‘g‘ri kelmaydi. Oldin obdon o‘ylang, mulohaza qiling, tarozining qay pallasi og‘ir kelishini aniqlang. Ana undan keyin harakatlar sodir etsangiz yarashadi. Muhabbatda aql bilan ish tuting. Kechqurun boshiga ish tushgan do‘stingiz bilan muloqot qilishingizga to‘g‘ri keladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun har bir masalaga sovuqqon munosabatda bo‘ling. Shu bilan birga xotirjamlikni saqlang. Garchi atrofingizda bo‘ron turgan taqdirda ham hissizlik bilan kuzating. Kun davomida madaniy tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Ijod kishilarining kuni tug‘adi. Sizni favqulodda xorijda ishlash uchun taklif etishlari mumkin. O‘ylab ko‘rish kerak. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Agar yoshi ulug‘, xasta qondoshlaringiz bo‘lsa, ular holidan xabar oling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
10 dekabr kuni maqsadga yetish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishingiz shart. Busiz niyatga erisha olmaysiz. Faollikni qo‘ldan bermasangiz, bajargan ishlaringizning mevasini kechqurun albatta olasiz. Tushdan keyin yaqin manzilga ish bilan borib kelishingiz ehtimoli bor. Kechqurun yo hammomga tushing, yoki sport bilan shug‘ullaning. Toza havo sayrini ham unutib qo‘ymang. Bugun uy oldi-sotdisi omadli kechadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
10 dekabrda atrofingizdagilar bilan janjallashishni xayolingizga ham keltirmang. Undan ko‘ra mustaqil tarzda oilaviy yumushlarni bajarishga kirishing. Oilangizda ham muammolar keragicha yig‘ilib qolgan. Boshqa uyga ko‘chish, uy ta’miri, xususiy mulk sotib olish bugun muvaffaqiyat keltiradi. Xonadonda janjalga sabab bo‘ladigan harakatlarni sodir etmang. Tilingizga ehtiyot bo‘ling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
10 dekabr kuni ko‘pchilik baliq burjida tug‘ilganlar yangi yil bayramiga hozirlik ko‘rish masalasini hal etish bilan band bo‘lishadi. Bu juda yaxshi. Yaqinlaringizga hozirdanoq qanday sovg‘a xarid qilishni rejalashtirib olganingiz ma’qul. Bilim olish kerak bo‘lsa, darhol shu ishga kirishing. Savdo, pedagogika va tibbiyot sohasida ishlaydiganlar uchun bugungi kun unumli kechadi. Uydagilar bilan pulning dastidan janjallashib qolishingiz xavfi bor.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda
Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”