QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ishlaringiz bugun o‘ngidan kelishi kutilmoqda. Shuning uchun yo‘l-yo‘lakay uchraydigan mayda ko‘ngilsizliklar tufayli tahlikaga tushmang. Kun davomida yorqin va yoqimli xabarlar eshitasiz. Mayda-chuyda ishlardan ham yuz burmang. Kunning ikkinchi yarmida pul masalasida muammo paydo bo‘lishi mumkin. Ammo kechqurunga borib ijobiy hal bo‘ladi. Yaqinlaringizga nisbatan e’tiborli va muloyim bo‘ling. O‘zingizni ehtiyot qiling. Salomatlikni asrang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 dekabr kuni jismoniy holatingizni doimiy ravishda nazoratda ushlang. Aks holda kasal orttirib olishingiz mumkin. Yurak va oshqozoningizda muammolar paydo bo‘lishi kutiladi. Bugun sayohat qilish omad keltiradi. Faqat zarur buyumlar va hujjatlarni unutib qoldirmang. Oila qurmaganlar bugun kechqurun bo‘lg‘usi taqdirdoshi bilan uchrashib tanishishlari mumkin. G‘iybatchilardan nariroq yuring. Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashishdan saqlaning.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Agar o‘ta qat’iyatli va faol bo‘lmasangiz, kuningiz juda og‘ir kechishi tayin. Har bir qarorni qabul qilishdan oldin yetti o‘lchab bir kesing. Muhabbatda deyarli xavf sezilmaydi. Biroq har bir yoqimsiz holatni ham yurakka yaqin olavermasligingiz tavsiya etiladi. Oilalilar kechqurun uy ta’miri bilan shug‘ullanishlari ehtimolga yaqin.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 dekabrda hamkasblar bilan sizning orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Rahbariyat bilan ham adi-badi aytishib qolishingiz hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida esa martabangizni so‘zsiz oshirish uchun xizmat qiluvchi yangi g‘oyalar miyangizda aylana boshlaydi. Qondoshlar bilan muloqotda masofa saqlashga harakat qiling. Agar ularning yoshi sizdan ulug‘ bo‘lsa, hurmat bajo aylang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun ter to‘kib astoydil ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Juda dangasalik tutib tinchlik bermasa, bir necha daqiqa u bilan do‘st bo‘lib turishingiz mumkin. Kun davomida yaqin qarindoshlarga ro‘zg‘or muammolarini hal etishda yordam berishingiz ehtimoli bor. Muhabbatda har bir voqea siz istagandek, rejalashtirgandek kechadi. Juftingiz, tanlaganingiz bilan o‘zaro munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Salomatlikka bee’tibor qolmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
15 dekabr kuni nafaqat rejalar, balki manfaatlarni ham o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Agar xohish bo‘lsa, bilim olish yoki malaka oshirish harakatiga tushing. Shaxsiy hayotda oilasizlar e’tiborsizlik tufayli bo‘lg‘usi yori bilan tanishish baxtini qo‘ldan boy berishlari ham mumkin. Kechqurun uzoq qarindoshlardan biri sizga kutilmagan sovg‘a hozirlab turibdi. Toza havoda sayr qilishni ham unutmang. Surunkali xastalikka chalinganlar sog‘lig‘ini doimiy tarzda nazorat qilib borishlari kerak.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz yengil kechmasligi kutiladi. Hatto, qarindosh-urug‘lar ham o‘zining yoqimsiz va xurmacha qiliqlari bilan asabingizni egovlashi dard ustiga chipqon bo‘lishi mumkin. Siz bo‘lsangiz, o‘zingizni bosib olgan holda birovlarning muammolariga aralashmang. Kunning ikkinchi yarmida pul tanqisligidan asabiylashishingiz ehtimoli bor. Kechqurun xizmat safariga chiqishingiz zarurati tug‘ilsa, bu amalni boshqa kunga qoldiring.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
15 dekabrda sizni bir qator yangi tanishuvlar kutib turadi. Ortiqcha gaplarni gapirib qo‘ymaslikka intiling, yangi tanishuvlar paytida tanlash qobiliyatingizni ishga soling. Chunki ularning hammasi ham sizga do‘st bo‘lib chiqavermaydi. Salomatligingiz masalasida muammo ko‘zga tashlanmaydi. Biroq ruhiy holatingizni yaxshilashingiz shart.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning birinchi yarmida yirik xaridlar qilishingizga to‘g‘ri keladi. Bu esa kissaga shafqatsiz zarba bo‘ladi. Iloji boricha kun bo‘yi qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish toping. Bo‘lmasa, kechqurun quruq katmon bilan qolishingiz hech gapmas. Muhabbatda rashk va xudbinlikka ruju qo‘ymang. Agar tanlaganingiz bilan yaqinda tanishgan bo‘lsangiz, hozircha yaqin o‘tmishingiz haqida gapirmay tura qoling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
15 dekabrda ko‘zlangan yaxshi niyatlarga yetish uchun sizda barcha imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Asosiysi, olis kelajak rejalarni tuzishga shoshilmang. Hammasi o‘z vaqtida bo‘lgani durust. Ishxonadagi hamkasblarning agressiv holati kayfiyatingizni buzishi turgan gap. Yaxshisi, bu holatdan nariroq turing. Basharti bajarajak ishlaringizga yangilik kiritish niyatida bo‘lsangiz, o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘proq hamkasblarni yordamga chaqiring.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Har qanday vaziyatda ham standartlardan, an’anaviylikdan qochgan holda harakatlar sodir eting. Faol va sergak bo‘ling. Shunda har qanday muammoni xamirdan qil sug‘urgan kabi oson barataraf eta olasiz. Kun davomida eski kasallar qo‘zg‘alib bezovta qilishi mumkin. Vrachga uchrashishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun ish bilan boshqa shaharga yo‘l olishingiz kutilmoqda. Bu sizga moddiy manfaat ham ato etadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
15 dekabr kuni kayfiyatingiz jangovar holatda bo‘ladi. Oson yo‘l bilan omadga erishayotganingizni ko‘rganlar ham hayratdan yoqa ushlashadi. Rejalaringizni birovlarga gullab qo‘ymang, aks holda ishingiz chappasiga ketib qolishi turgan gap. Bugun san’at, musiqa sohasida ishlaydiganlarning kuni tug‘adi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi