QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Garchi bajaradigan ishingiz sizga notanish va mushkul bo‘lsa ham undan voz kechmang. Shu bahonada boshqalarga aslida kimligingizni, muammolar sizga cho‘t emasligini, nihoyat qanchalar ishchanligingizni ko‘rsatib qo‘yasiz. Tushga qadar qandaydir yoqimsiz vaziyatlarga duch kelishingiz kutiladi. Lekin kunning ikkinchi yarmiga borib kayfiyatingiz a’lo darajagacha ko‘tariladi. Tijoratchilar bugun raqobatchilar bilan ochiqchasiga kurashishi mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
17 dekabrda oilaviy muhitingiz ko‘ngildagidek kechmasligi kutilmoqda. Hoynahoy sizning aybingiz bilan yaqinlaringiz orasida adi-badi aytishuvlar paydo bo‘lishi mumkin. Agar juftingizni ranjitgan bo‘lsangiz, kechga qadar epini topib uzr so‘rang. Bugun jamoat ishlarida ishtirok etmaganingiz ma’qul. Bu janjallarga sababchi bo‘lishi mumkin. Katta pul ortidan aslo quva ko‘rmang. Boriga shukr qiling, kam bo‘lmaysiz.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Anchadan beri faoliyatingiz turini o‘zgartirish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, bugun fursat yetdi. Sizga ko‘nglingizdagidek qo‘shimcha daromadli ish taklif etishadi. Darrov rozi bo‘ling. Lekin ish yuritganda, intizom haqida unutib qo‘ymang. Moliyaviy ahvolingiz kechki paytga borib albatta yaxshilanadi. Asta-sekin yangi yil bayrami uchun atalgan mahsulotlar, sovg‘alarni xarid qilaversangiz yarashadi. Oila a’zolaringizdan kimdir kechqurun kutilmagan sovg‘a hadya etishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
17 dekabrda birinchi navbatda moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda. Kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazadi. Yirik xaridlarga bemalol erk beraversangiz bo‘ladi. Basharti o‘zingiz uchun o‘zingiz ortiqcha muammo o‘ylab topmasangiz, kayfiyatingiz, emotsiya joyida qoladi. Kechqurun masofasi noma’lum manzilga ish bilan jo‘nab ketishingiz kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kunning birinchi yarmida mayda-chuyda yumushlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi. Ular qanchalar zerikarli bo‘lmasin, ortga chekinmasligingiz zarur. Sababi, aynan o‘sha yumushlar sizga moddiy manfaatdorlik taqdim etadi. Oila qurmaganlarning ayrimlari bugun bo‘lg‘usi jufti bilan rasman nikohdan o‘tishi va to‘y boshlashi tayin. Kechqurun ham sizning kayfiyatingiz a’lo bo‘ladi. Iloji bo‘lsa, yolg‘iz qolib ruhan dam oling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
17 dekabr kuni nimaiki o‘ylagan, nimani rejalashtirgan bo‘lsangiz, barchasi baroridan keladi. Shaxsiy hayotingizda sokinlik kuzatiladi. Yoshi ulug‘ qondoshlar maslahatiga albatta amal qiling. Salomatligi yaxshi bo‘lmagan qondoshlardan xabar oling, savobga ega bo‘ling! Bugun merosga egalik qilish va pul masalasida omadingiz kuladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar dorilarini o‘z vaqtida ichib yursalar, six ham, kabob ham kuymaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Shaxsiy hayotingizda sodir bo‘ladigan tanaffuslarga tayyor turing. Munosabatlarda, muloqotda o‘ta sabrli bo‘ling. Asosiysi, vaqt sizning foydangizga ishlashiga erishsangiz, oshig‘ingiz olchi bo‘ladi. Muhabbatda zinhor chegaradan chiqmang. Sevishda, sevilishda me’yor bo‘lgani yaxshi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang. Qish kunlarida vitaminga boy mevalar iste’mol qiling. Havoning avzoyiga qarab kiyining.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
17 dekabrda dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, shaxsiy ishlaringiz to‘lib yotganiga guvoh bo‘lasiz. Lekin bu yumushlarni qarindoshlar bilan birgalikda jamoaviy amalga oshirasiz. Kunning ikkinchi yarmida professional kasbingiz bilan bog‘liq ajoyib g‘oyalar miyangizda aylana boshlashi mumkin. Oilasizlar kechga yaqin romantik uchrashuvdan lazzat ola boshlashlari kutiladi. Ba’zilar esa ishxonasidagi o‘ziga yoqqan inson bilan aynan bugun romantik uchrashuv belgilay boshlaydi. Xavotirga o‘rin yo‘q. Bugun nimaiki ish qilsangiz, barchasi yaxshilikka.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ertalab uyqudan uyg‘onasiz-u, yoqimli va bir-biridan quvonchli xabarlar eshitasiz. Kunning birinchi yarmida kasbingiz doirasida qo‘shimcha bilimlar olish haqida ham o‘ylab ko‘rsangiz, ziyon qilmaydi. Moliyaviy muammolar tezroq va ijobiy hal bo‘lishini xohlasangiz, oila a’zolaringiz maslahatlariga quloq tuting. Kechqurun olisda yashaydigan qondoshlardan biri haqida yoqimli xabar eshitasiz. Kechqurun ayrim do‘stlarimizni oshqozon va jigar qismi sal bezovta qilib o‘tishi kutiladi. Buni xalqona yo‘llar bilan davolasa ham bo‘ladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
17 dekabrda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun har bir qadamingizni o‘lchab bosing. Muhabbat va yaqin munosabatlarda materialistlikka ruju qo‘ymang, omadsizlikka yuz tutishingiz mumkin. Bugun tabiat qo‘ynida dam olish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Aniqrog‘i, shamollab qolishingiz xavfi bor.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ayni ko‘ngildagidek yakunlashga umid bog‘lagan ishlaringiz baroridan kelmasligi mumkin. Shuning uchun kelajak haqida rejalar tuzmaslik kerak. Buguningiz bilan yashayvering. Qaysi ish qanday yakun topishi, bir soatdan keyin nima bo‘lishini faqat xudo biladi. Muhabbatga real nazar bilan boqing. Kechqurun firibgarlar boplab chuv tushirib ketish ehtimoli bor, ehtiyot bo‘ling! Salomatlikka ham jiddiy e’tibor qarating.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
17 dekabr kuni pishiq-puxta rejaga asoslangan ishlar o‘ngidan kelmay qolishi mumkin. Xafa bo‘lishga o‘rin yo‘q. Kun davomida sizni xursand bo‘lsangiz arziydigan hodisalar kutib turadi. Ularning asosiysi pul masalasidir. Tijoratchilar, reklamachilar, bozorchilar kechqurun qo‘li qo‘liga tegmay pul sanashga tushishi kutiladi. Oilalilar uy-joyni kengaytirish harakatini boshlashlari mumkin. Kechqurun kimki safarga otlansa, albatta muvaffaqiyatga erishadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda