QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ertalabdanoq kunni juda muhim va qiziqarli ish bilan boshlang. Bu ishni yolg‘iz holda amalga oshirsangiz, yana yaxshi. Tashqi ko‘rinishingizga ham kun davomida e’tibor qaratib qo‘ying. Agar moliyaviy muammolar yuzaga kelsa, yaqinlaringizdan biriga murojaat eting. Siz ham vaqti kelganda ularga puldan yordam qilgansiz. Salomatligingizni asrang. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Ovqatlanish rejimiga amal qiling. Asosiysi, bugun hech kim bilan janjallashmang. Bu janjal siz uchun juda qimmatga tushishi mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 dekabrda g‘azab va mehrni baravar ko‘ring. Ularga nisbatan adolatli bo‘ling. Ayniqsa, g‘azabga erk bermang. Bu professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa kunlari unutib qoldirilgan yumushlarni ham bugun yakunlab qo‘yishga harakat qiling. Muhabbatda hatto xayolda ham o‘tmishga qayta ko‘rmang. Bu sohada yaxshisi qalbingizga quloq tuting.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Shaxsiy hayotingizda ham sezilarli o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Lekin xavotirga tushmang, o‘zgarishlar siz uchun yoqimli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida sizni ommaviy tadbirga yo katta bayramga taklif etishlari mumkin. Jon deb rozi bo‘ling. Aks holda uyda zerikasiz. Kechqurun qo‘lingizga katta pul kelib tushadi. Yangi yil tashvishida yurgandingiz. Olloh beraman desa, o‘ziga oson-da.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
20 dekabr kuni ruhiyatingizni erinmay reviziyadan o‘tkazing. Agar qalbingizda zarracha hasad yo shunga o‘xshash ziyonkor tuyg‘u bo‘lsa, tozalov amalini tashkil eting. Ishlaringizni yolg‘izlikda bajarib muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Jamoaviy tarzni tanlang. Ishxonada sal tashabbuskor bo‘lsangiz, pulingizga pul qo‘shiladi. Reklama biznesi bilan shug‘ullanuvchilarning kuni tug‘adi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Qaysi sohada ter to‘kmang, ilhom parilari sizning yoningizda bo‘ladi. Ishxonangizda mayda-chuyda muammolar paydo bo‘lsa, tashvish chekmang. Ular yo‘l-yo‘lakay bartaraf etiladi. Yangi ish qidirib yurganlar qat’iy bir qarorga kelishlari, qidiruvni tezlatishlari zarur. Xudo xoxlasa, omadingiz keladi. Kechqurun sportzalda mashg‘ulotlar o‘tkazing yoki madaniy dam olish harakatida bo‘ling. Hasadgo‘y, ikkiyuzlamachi, nomaqbul odamlardan nariroq yuring.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
20 dekabrda ko‘p bora tanqidlar eshitishingiz mumkin. Biroq bundan kayfiyatni buzish yaramaydi. Qovoq uyish, xafaqon holda vaqt o‘tkazish eng yaqin do‘stlaringizdan ham sizni ayro etib qo‘yishi hech gap emas. Jaholatga faqat hazil-mutoyiba va xandon otib kulish orqali barham berish mumkin. Moliyaviy masalada qalbingizga quloq tuting. Oilasizlarning ba’zilari kechqurun orzusidagi inson bilan tanishishlari kutiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun sizni sanoqsiz kutilmagan sovg‘alar kutadi. Ular oldinma-ketin shaxsiy hayotingizga kirib kela boshlaydi. Tushdan so‘ng bir-biridan yoqimli xabarlarning bir nechtasini eshitib teringizga sig‘mas darajada quvonishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Ro‘zg‘ordagi baland-pastliklarni darhol to‘g‘rilab qo‘ymas ekansiz, juftingiz bilan orangizda katta janjal chiqishi turgan gap. Serqatnov yo‘llarda hushyor bo‘ling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
20 dekabr kuni ishxonangizdagi rahbarlar buyurgan barcha yumushlarni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiling. Basharti yolg‘iz o‘zingiz uddalashingizga ko‘zingiz yetmasa, tajribali hamkasblardan biriga murojaat etsangiz ham uyat bo‘lmaydi. Shaxsiy biznesni ochish uchun 20 dekabr kuni muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun albatta qon bosimingizni o‘lchatib, salomatligingizni nazoratdan o‘tkazing.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun sodir bo‘ladigan voqealar hayotingizda ba’zi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu o‘zgarishlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda harakatlanishda davom eting. Martabani orttirish haqida ham o‘ylab ko‘radigan payt keldi. Muhabbatda oilasizlarning ba’zilari omadga erishishlari ham ehtimoldan xoli emas. Kunning ikkinchi yarmida bosh va oyoq og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi mumkin. Ko‘chaga chiqishdan oldin havoning avzoyini hisobga oling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
20 dekabrda o‘zingiz bilan ancha yillardan beri yaqin do‘st bo‘lib kelgan odam muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida xabar topasiz. Yordamga shoshiling. Pul masalasida ham ba’zi to‘siqlarga uchrashingiz kutiladi. Ortga chekinmasangiz, bu to‘siqlarni yengib o‘ta olasiz. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi bilan bog‘liq xabar eshitasiz. Uxlashga yotishdan oldin bir soat davomida yolg‘iz qoling. Ruhan dam oling. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yarim yo‘lda to‘xtab qolishdan saqlaning. Bir ishni boshladingizmi, oxirigacha yetkazing. Ana shunda ko‘zlangan ijobiy natijaga erishasiz. Ayrim do‘stlarimiz favqulodda katta pulga ega chiqishi, lavozimi oshishi va xizmat safariga borishi mumkin. Bor kuchingiz va imkoniyatlarni ishga soling, zimmangizdagi majburiyatlarni o‘z muddatida ado eting. Kechqurun sizni g‘alaba nashidasi kutib turadi. Muhabbatda qaltis vaziyatga tushib qolishingiz xavfi bor.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
20 dekabr kuni ovqatlanish bo‘ladimi, kiyimlar sotib olishmi, faqat o‘z didingizga suyaning. Birovlarning dididan foydalanish sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi mumkin. Hamkasblarga shaxsiy sirlaringizni aytmang. Tadbirkorlar kechqurun xorij safariga yo‘l olishlari kutiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi