QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar oy oxiriga qadar moliyaviy ahvolingiz yaxshi bo‘lib qolishini istasangiz, bugun xaridlarni amalga oshirishda tejamkor bo‘ling. Xohishingiz juda kuchli bo‘lsa ham iblisni haydab soling. Atrofdagilar bilan qaysi masalada bo‘lmasin kelishib yashashingizga to‘g‘ri keladi. Aks holda janjaldan boshingiz chiqmay qolishi mumkin. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Kechqurun uyda o‘tirgan holda dam oling. Ko‘chaga chiqishingiz jarohatlar yoki ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
23 dekabrda o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmasangiz, har jabhada g‘olib bo‘lib qolaverasiz. Ishxonangizdagi rahbarlar muvaffaqiyatlaringizni o‘z vaqtida ilg‘ab yetishsa, qo‘shimcha daromadga ham ega bo‘lasiz. Muhabbatda juftingiz yoki tanlaganingizning eng yaxshi jihatlarini o‘g‘rincha bo‘lsa-da, o‘zlashtirib oling. Bu sizga faqat foyda keltiradi. Kechqurun havo qanchalar sovuq bo‘lmasin, toza havo sayrini tark etmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Qachonlardir sizdan ochiqchasiga yuz o‘girgan, sizni odam o‘rnida ko‘rmagan, eng og‘ir lahzalarda joningizga oro kirmaganlardan bugun ma’naviy ko‘mak so‘ramang. Garchi o‘shalar sizni soxta hurmat va e’tiborga ko‘mib tashlasalar-da, fikringizdan qaytmang. Ko‘ngli qoralardan, yolg‘onlardan nari bo‘ling. Kechqurun xizmat safariga otlanishingiz ehtimoli bor. Bu safar davomida ham sizga hamkorlar pand berishi kutiladi. Asabni asrang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
23 dekabr kuni turli eksperimentlar va tavakkalchiliklardan voz keching. Bu sizga faqat ko‘ngilsizliklar ato etadi xolos. Shaxsiy hayotingizda xotirjamlik hukm suradi. Juftingizni qandaydir noan’anaviy yo‘l bilan mamnun etishga harakat qiling. Kechqurun yoga va meditatsiya bilan band bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Salomatligingiz himoyaga va parvarishga muhtoj. Jiddiy xastaliklar zo‘r kelmasligi uchun e’tiborli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Oilangizdagilar sizga o‘z fikrlarini bosim o‘tkazish yo‘li bilan singdirishga harakat qilishadi. Bahslashishingiz shart emas, ammo tek ham turmang. Tijorat bilan bog‘liq operatsiyalar va moliyaviy jihatdan kelishuvlar tashkil etish muvaffaqiyatli kechadi. Agar bugun haqiqatan omadga erishsangiz, u sizni hech qachon tark etmaydi. Sportzalga borish va hammomda cho‘milishdan buguncha bosh torting. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
23 dekabr kuni har jabhada omadga erishib, mo‘may daromadga ega bo‘lasiz. Martabangizni oshirish masalasida aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda oldinga intilishingiz kerak bo‘ladi. Arzimas xatolik ham sizni bu yo‘ldan toydirishi mumkin. Yoki boshqa kasbni egallangki, six ham, kabob ham kuymasin. Kechqurun ovqatlanish me’yorlariga qat’iy rioya qiling. Salomatligingizga alohida e’tibor qarating. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi ehtimoldan xoli emas.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ishda omad ham, quvonch ham sizniki bo‘ladi. Lekin muammolar ham oz emas. Sizning vazifangiz ularni hech bo‘lmaganda tenglashtirishdan iborat. Yaqinda turmush qurganlar orasida qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishi mumkin. Bu fikrlarni ham mutanosib darajaga keltiring. Shunda ishlaringiz o‘ngidan kela boshlaydi. Sog‘lig‘ingizga putur yetmaydi. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi. G‘ururingiz yer bilan yakson qilinishiga yo‘l qo‘ymang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
23 dekabrda hamkasblaringizdan ilgarilab ketishingiz uchun ko‘p ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Maqsadga yetish yo‘lida kuchni ham, imkoniyatlarni ham ayab o‘tirmang. Muhabbatda ham sizga oson kechmaydi. Juftingiz bilan orangizdagi munosabatlar vaqti-vaqti bilan sovuqqon tus olishi mumkin. Ammo kechqurunga borib muammolar ortga chekinadi. Siz chuqur nafas olib, xotirjamlik bag‘riga cho‘ka boshlaysiz. Sog‘lig‘ingiz kechqurun pand bera boshlashi ehtimolga yaqin. Qanday bo‘lmasin, kasalga chalinmaslik yo‘llarini qidiring.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Boshqa kunlari shu qadar ko‘p ishladingizki, biroz nafas rostlamasangiz, dam olmasangiz, toliqib qolishingiz turgan gap. Ishni ma’lum muddatga to‘xtata turing. Yangi ishga o‘tish niyatingiz bo‘lsa ham baribir kuch yig‘ishga, tiniqib uxlashga e’tibor qarating. Muhabbatda oilasiz yigitlarning ba’zilari uchun bugungi kun dil izhorlari kuniga aylanadi. Kechqurun ba’zilar olis safarga otlanishlari kutilmoqda. Hasadgo‘ylarga sir boy bera ko‘rmang. Mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Immunitetingiz ko‘tariladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
23 dekabr siz uchun sukut kuniga aylansa ajab emas. Shunday ekan, erta uyg‘onishni boshqa kunga qoldirsangiz ham bo‘laveradi. Ishingiz masalasida yoqimsiz xabar qulog‘ingizga chalinsa, darrov ruhiy tushkunlikka tushib ketmang. Shoshilmasdan, mulohaza bilan yo‘l tuting. Jarayonlarni shoshiltirmang. Kelajak haqida rejalar tuzishingiz shart emas. Undan ko‘ra salomatligingizni parvarishlash harakatida bo‘ling. Kechqurun sizni yaqin qarindoshlardan kimdir ziyofatga taklif etishi mumkin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
23 dekabr siz uchun birinchi navbatda umidlar kuniga aylanadi. Qolaversa, yaqinlaringizdan birini kun davomida og‘ir vaziyatdan olib chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Vujudingizda mavjud kuchni tejab sarflasangiz, barcha muammolarni yo‘q qilishga yetadi. Ijodkorlar bugun ajoyib natijalarga egalik qilishadi. Kun bo‘yi siz olqishlar va maqtovlar qurshovida bo‘lasiz. Bir so‘z bilan aytganda, go‘yo ertak va afsonalar mamlakatida yashaysiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
23 dekabrda hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan qirralaringizning siri ochiladi. Atrofdagilarni shu qirralaringiz bilan hayratga solasiz va mamnun qilasiz. Sevimli xobbingiz va mashg‘ulotingiz ham bugun sizga yaxshigina daromad olib keladi. Oilalilarni kunning ikkinchi yarmida quvonchli lahzalar kutib qoladi. Moddiy jihatdan ahvolingiz yaxshi. Demak, do‘kon aylanib xaridlarni amalga oshirsangiz ziyon qilmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi