00:07 / 24.12.2017
11 322

Munajjimlar bashorati: 24 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 24 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Asosiysi, bugun xayolparastlikka zeb bermang. U sizni hatto to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itishi mumkin. Nimaiki qilmang, tajriba va bilimingizdan kelib chiqing. Muhabbatda ham vaziyatlar siz xohlaganchalik kechmasligi mumkin. Iloj qancha, ba’zida vaziyatga bo‘ysungan holda harakatlar sodir etishga to‘g‘ri keladi. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Kechqurun ba’zilar internet orqali yangi tanishuvlarni boshdan kechirishi mumkin. Barchasi o‘z yo‘liga, siz dam olish kuningizni mazmunli o‘tkazishga harakat qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
24 dekabr kuni har jabhada omadingiz kuladi. Qaysi yo‘ldan bormang, vaqt ham, vaziyat ham faqat siz uchun ishlay boshlaydi. Faqat qalbingiz tubiga joylashib olgan eski gumonlarni haydab soling. Iqtisod, siyosat va biznes bilan shug‘ullanuvchilar to‘g‘ri yo‘l tanlashda sergak turishlari talab etiladi. Chunki uchchala sohada ham arzimas xatolik qimmatga tushishi turgan gap. Kechqurun yolg‘iz qolib, o‘zingizni ruhan ertangi kun uchun tayyorlang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun o‘zingizni kamroq o‘ylang, qarindoshlaringiz tashvishiga sherik bo‘ling. Ammo yordam berish ekan deb janjallar tashkil etib yubormang. Vaziyatni yanada keskinlashtirib qo‘yasiz. Moliyaviy muammolaringiz siz xohlagandek, bir zumda ijobiy hal bo‘lmasligi mumkin. Lekin hal bo‘ladi. Faqat kechqurunga borib. Kun davomida salomatligingizni jiddiy nazorat qilib boring. Gripp yuqtirib olishingiz xavfi bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
24 dekabr siz uchun quvonchlar kuniga aylanadi. Hayotingizda yo‘qotishlar, yolg‘onlar, nafrat-u alamlar umuman bo‘lmaydi. Oilasiz bo‘lsangiz, muhabbat osmonida parvoz qilib charchaysiz. Faqat foyda keltiradigan ishlarning ketidan quvmang, qiziqarli yumushlarga ham e’tibor qaratib qo‘ying. Shunda omad sizni tark etmaydi. Kechqurunga borib turli yomon xayollar miyangizga chirmashib, tinchingizni buzishi kutiladi. Barchalarini haydab soling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
24 dekabrda kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Tashvish, xavotirlarga umuman o‘rin qolmaydi. Kuch va imkoniyatlarni aql bilan sarflasangiz bas. Muhabbatda mag‘rurlik, o‘zingizga haddan ziyon zeb berishingiz muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Muloyimlik va diplomatlarcha munosabat sizga faqat foyda beradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Shu mahal sizni tanishlarmi, do‘stlarmi, mehmonga taklif etishi kutilmoqda.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Maqsadga yetishingizda sizga to‘siqlar ham, muammolar ham xalal bera olmaydi. Hatto, muhabbatda uchrashi kutilgan ko‘ngilsizliklarni ham chetlab o‘tasiz. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda badavlat tanishlaringiz yordam beradi. Yoshi ulug‘ qarindoshlardan albatta xabar oling. Ularning duolariga munosib bo‘ling. Boshingizdan kun davomida qanday ishlar o‘tmasin, barchasiga hazil aralash munosabat bildiring. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, doimiy ravishda sog‘lig‘ingizni kuzatib boring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
24 dekabr kuni qalban tayyor tursangiz, oldinda kutilayotgan tashvishlar, janjalli, bahsli lahzalarni aylanib o‘ta olasiz. Shu alfozda hech qachon til topisha olmaganlar bilan ham do‘st tutinasiz. Boshqa uyga ko‘chib o‘tish, sayohat va kasbni o‘zgartirish uchun bugungi kun muvaffaqiyatli va xayrli kechadi. Ko‘chadagi o‘tkinchi xushomadlar, shaytoniy chehralarga asir bo‘lishdan saqlaning. Bu salomatligingizga ham putur yetkazishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Atrofdagilar bilan muloqotda tanqiddan, tirnoq orasidan kir qidirishdan tiyiling. Shunda maqsadingizga yetasiz inshoolloh. Ancha kundan beri juftingiz bilan munosabatlarga iliqlik baxsh eta olmay azobda edingiz. Bugun shu mo‘’jiza yuz beradi. Farzandlaringiz bilan ko‘proq tillashishga harakat qiling. Uy yumushlari bilan band bo‘ling. Moddiy manfaat, muvaffaqiyatning o‘zi sizni qidirib keladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
24 dekabrda oldingizda to‘siqlar yetarlicha topiladi. Biroq sizdagi kuch va imkoniyatlarga bu to‘siqlar chikora. Pul masalasida tejamkorlikka e’tibor qarating. Pulning kelishi qiyin, ketishi oson bo‘ladi. Kechqurun havo sovuq bo‘lishiga qaramay, toza havoda sayr qilsangiz, kuch va imkoniyatlaringiz yangilanadi. G‘iybatlarga, ko‘ngli qora odamlarga sukut yordamida javob bering. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kuningiz ishda ilhomga, unumga, shaxsiy hayotda istaklarning haqiqatga aylanishi va yorqin hodisalarga boy bo‘ladi. Ruhan tuzilgan dastur kuchingizni to‘g‘ri sarflanishiga katta yordam beradi. Olis safarga chiqmoqchi bo‘lganlar oldindan muhim hujjatlarni ko‘zdan o‘tkazib qo‘yishlari tavsiya qilinadi. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Har qanday xastalik sizni chetlab o‘tadi. Ovqatlanish me’yorlari, rejimi ham salomatligingiz yaxshi saqlanishida muhim ahamiyat kasb etishini unutmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
24 dekabr kuni ertalabdan go‘yo yettinchi osmonda parvoz qilasiz. Bulutlarni ketma-ket yorib o‘ta boshlaysiz. Lekin favqulodda yerda muvaffaqiyatsizlik yuz berishi kutilayotganini ilg‘aysiz-u, pastga sho‘ng‘iysiz. Yaxshiyam o‘z vaqtida ilg‘aysiz. Bo‘lmasa, bu ko‘ngilsizlik sizni juda-juda baland maskanlardan yerga qulashga majbur etishi tayin edi. Ro‘zg‘or muammolarini tez fursatda hal eting va moliyaviy masala bilan shug‘ullaning. Immunitetni ko‘taring, bu ishda mevalar katta yordam beradi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bo‘lar-bo‘lmas orzulardan yuz o‘giring. Ular bugun sizga hamroh bo‘la olmaydi. Kun davomida boshqa shaharda yashovchi qarindoshingiz sizga moddiy jihatdan yordam qo‘lini cho‘zishi mumkin. Bilimlaringizni yanada mustahkamlash yo‘lidagi harakatlar ham moddiy manfaat hadya etadi. Kechqurun juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan teatrgami, kinogami tushsangiz ham yarashadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?