22:58 / 28.12.2017
11 513

Munajjimlar bashorati: 29 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 29 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz juda unumli va xayrli kechadi. Asosiy ishlardan tashqari, yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramiga tayyorgarlik ham ko‘rishga ulgurasiz. Asosiysi, barcha rejalarni yanada puxtalashtirgan holda ish tutsangiz bas. Oila a’zolaringiz bilan orangizda iliq munosabatlar, garmoniya hukm suradi. Faqat bolalarning salomatligi haqida qattiqroq qayg‘urishingizga to‘g‘ri keladi. Yoshi ulug‘, o‘sal yotgan qondoshlardan tez-tez xabar olib turing, buning savobi so‘ngsiz bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
29 dekabrda garchi rejalaringiz puxta bo‘lsa-da, barcha ishlarni oxiriga yetkazishga ulgurmasligingiz mumkin. Bunga bayram tadoriklari bilan ko‘proq band bo‘lishingiz sabab bo‘ladi. Ishxonada o‘zingizga hasad qiladigan, ko‘ngli qoralar emas, aksincha tarafkashlar bilan muloqotda bo‘ling. Muhabbatda oilasizlarga omad kulib boqmasligi kutiladi. Ammo janjal, to‘polonlar sizni chetlab o‘tadi. O‘zingizni qo‘lga oling. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ayrim do‘stlar favqulodda xizmat safariga ketishi kutilmoqda. Bu safar bir oy muddatga cho‘zilishi ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy hayotda har bir favqulodda vaziyat uchun tayyor turing. Shu asnoda prinsiplaringizni ham nazoratdan o‘tkazib olasiz. O‘zgalar manfaatlarini kamroq himoya eting va ko‘proq o‘zingizni o‘ylang. Kechqurun sizni shunday amallar kutadiki, buning uchun sizga juda ko‘p kuch va imkoniyat zarur bo‘ladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
29 dekabr kuni og‘ir vaziyatda qolganlarni albatta himoya eting. Ba’zi xatoliklar tufayli vijdoningiz qiynalishi mumkin. Kechqurun sizga olisdan xushxabar yetkazishadi. Xabar shunchalar xushki, go‘yo qanot boylab yettinchi osmonga parvoz qilish istagida yonasiz. Faqat bu haqda hech kimga miq etmang. Ko‘z tegishi mumkin. Ovqatlanishda ehtiyotkor bo‘ling. Kechqurun asosiy vaqtingizni yolg‘izlikda kechirganingiz ma’qul.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun ishxonada bajariladigan ishlar rejasini tuzib o‘tirmang. Baribir rahbarlar o‘zgartirib yuboradi. Ko‘pchilik qatorida jimgina o‘z vazifangizni bajaravering. Sport bilan shug‘ullanadiganlar uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida sportzalga borib sportning yengil turlari bilan shug‘ullanishingiz zarur bo‘ladi. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda avtohalokatga yo‘liqishdan saqlaning. O‘zingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
29 dekabrda o‘zingiz xohlamagan, yoqtirmagan ishlar bilan band bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Atrofga, olamga nafrat emas, real ko‘z bilan boqing. Muhabbat masalasida esa miyangizni turli-tuman bo‘lmag‘ur xayollar chulg‘ab olishi kutiladi. Barchasini o‘z vaqtida haydab soling. Tabiatingizga xos tanqidchilikni chetga suring. Bu qarindoshlaringizning sizga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Kechqurun yengil hazm bo‘ladigan taomlar iste’mol qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Nafaqat o‘zingiz, balki qarindoshlaringizning ham salomatligi haqida qayg‘uring. Sog‘liqni tiklash, immunitetni ko‘tarish uchun ancha-muncha pul ketadi. O‘tmish xotiralardan nari bo‘ling. Tijorat bilan shug‘ullanadiganlarning kuni tug‘adi. Bugun siz mo‘maydan ham mo‘mayroq daromad egasiga aylanasiz. Kechqurun ba’zilarni shamollash alomatlari bezovta qilishi kutiladi. Tashqariga chiqishdan oldin havoning avzoyini ko‘zdan o‘tkazib oling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
29 dekabr kuni muhabbatda o‘ta muhim qaror qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo bu ishni amalga oshirish oson kechmaydi. Ruhiyatingiz, xohishlaringiz, manfaatingizga qarshi borgan holda o‘sha qarorni qabul qilasiz. Moliyaviy masalada ham ancha chigal va mushkul vaziyatda qolishingiz mumkin. Ammo tashvish chekishga hojat yo‘q. Tafakkurni ishga solsangiz, barcha mushkullaringiz osonlashadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
O‘zingizga yoqmaydigan, sizga hasad qiladiganlar bilan muloqot qilib kuchingizni, imkoniyatlaringizni havoga sovurmang. Masalaga pozitiv nuqtai nazardan yondoshing. Ana shunda ko‘zlangan ezgu maqsadlarga xudoning o‘zi yetkazadi. Ayrim bo‘y yigitlar ko‘z ostiga olib yurgan qizga muhabbat izhor qilishlari ham aynan bugun bo‘lib o‘tadi. Ishqilib, barchani to‘ylarga, xursandchiliklarga yetkazsin. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
29 dekabr siz uchun juda qiziqarli kechishi kutilmoqda. Kun davomida ko‘plab kutilmagan vaziyatlarga duch kelasiz. Ishxonadagi rahbarlar bilan muloqotda diplomatiya va sergaklik zarur bo‘ladi. Ish bajarishda xotirjamlikka alohida e’tibor qarating. Kechqurun toza havoda sayr qilib, salomatligingizni tekshirtirib olish haqida qayg‘uring. Profilaktika zarur bo‘lsa, albatta amalga oshiring. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ruhiyat nuqtai nazaridan olganda, kuningiz ancha og‘ir kechishi kutiladi. Ko‘p masalalarda yon berishingizga to‘g‘ri keladi. Bugun yirik xaridlarni amalga oshirishni xayolingizga ham keltirmang. Aks holda kechqurunga borib pulsiz qolib ketasiz. Kechqurun qovg‘a burjida tavallud topganlarning ayrimlarini bosh og‘rig‘i bezovta qilishi mumkin. Bu muammoni sira qiynalmasdan o‘zingiz bartaraf eta olasiz inshoolloh.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
29 dekabr kuni o‘zingiz ko‘zlagan natijalarga erisha olmasligingiz ehtimoli bor. Lekin puldan sira qiyinchilik ko‘rmaysiz. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingiz doirasida malaka oshirish, qo‘shimcha bilimlar olish bugun xayrli kechadi. Oila qurmaganlarni anchadan beri iliq munosabatda bo‘lib kelgan qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasi mehmonga, yo romantik uchrashuvga taklif etishi kutilmoqda. Kun davomida qanday harakat sodir etmang, faqat qalb amriga quloq tuting.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 29 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?