QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kuningiz ham unumli, ham xayrli kechadi. O‘tmishda bartaraf eta olmagan muammolarni osongina o‘zingizga bo‘ysundirasiz. Moliyaviy muammolar ham shunday hal bo‘ladi. Ammo bu ishga birovni aralashtirmang. Bugun avtomobilni ta’mirdan chiqarish, kvartira ta’miri muvaffaqiyatli yakun topadi. Kechqurun ancha oldin janjallashib qolgan odam bilan yarashishingiz kutiladi. Salomatligingizni tashqi xavflardan himoya eting.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
30 dekabrda tarafkashlaringiz yanada ko‘payishi uchun shirinsuxan va diplomatga aylanishingiz kerak. Qalbingizda shubha tuymagan holda har qanday ishga qo‘l uraverishingiz mumkin. Omad siz tomonda bo‘ladi. Oila qurmaganlar uchun bugungi romantik uchrashuvlar taqdirda jiddiy o‘zgarish yasamaydi. Biroq yetarlicha zavq olasiz. Kechqurun imkon bo‘lsa, dam olish uchun tabiat qo‘yniga otlaning, pushaymon chekmaysiz.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Qobiliyatingizni bugungi unumli kechadigan kunda yana bir karra atrofdagilarga namoyish etishingiz uchun imkoniyat eshiklari ochiladi. Tushdan keyin uzoq qarindoshlaringiz bilan bog‘liq xabarlarni yetkazishlari kutiladi. Moliyaviy ahvolingiz basharti ilgari olgan qarzlaringizni to‘lasangiz yoki bankdan shoshma-shosharlik bilan katta miqdorda kredit olib qo‘ymasangiz, ko‘ngildagidek bo‘ladi. Sog‘lig‘ingizni kun mobaynida nazoratda ushlang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
30 dekabr siz uchun yoqimli kechadi. Biroq salomatligingiz pand bera boshlashi kutiladi. Hoynahoy shamollash sizni bezovta qilsa kerak. Xalqona usullar yordamida immunitetingizni ko‘tarishingiz zarur bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi birlar qisqa masofaga xizmat safari bilan borib kelishlari mumkin. Kechqurun sizga qandaydir muhim bir buyumni keltirib berishadi. Nimaligi noma’lum-ku, ammo u bir talay muammolarni hal etishda yordam beradi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
U qadar yorqin g‘alabalarni qo‘lga kiritmasligingiz mumkin, lekin jiddiy to‘siqlar ham ko‘zga tashlanmaydi. Siz ichki intizomni tartibga solishingiz kerak. Shunda har qanaqangi ishni do‘ndira olasiz, g‘alabaga erishasiz. Kunning ikkinchi yarmida sizni ishxonadagi rahbarlar xizmat safariga jo‘natishi mumkin. Kechqurun tasodifan bolalikdagi do‘stlar bilan uchrashib qolishingiz ehtimoli bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
30 dekabrda pul yoki martabangiz bilan bog‘liq xushxabar eshitasiz. Qarindoshlar bilan janjallashib qolmaslik uchun bardoshni jilovlang, tafakkurni ishga soling. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishga ijodiy yondasha olsangiz, g‘alaba sizniki deyavering. Kechqurun sizni yoshi ulug‘ yaqinlaringizdan biri tanqid ostiga olishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Ilm-fan, tibbiyot vakillari uchun 30 dekabr xayrli, muvaffaqiyatli kechadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Shu kunga qadar sizga yaxshilik tilab kelganlarga nisbatan adolatli bo‘ling. Ularga ham balki yordam kerakdir. Shunday bo‘lib chiqsa, qarzingizni uzishingizga to‘g‘ri keladi. Jismoniy holatingiz u qadar yaxshi emas. Immunitetni ko‘taring. Olma iste’mol qiling. Juftingiz bilan mabodo janjallashib qolgan bo‘lsangiz, bugun yarash kuni ekanini unutmang. Kechqurun aqliy mehnat bilan band bo‘lganlar albatta zafar quchadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
30 dekabr kuni eng muhim rejalar amalga oshishini ta’minlang. Yo‘l-yo‘lakay uy ta’miri va shunga o‘xshash ro‘zg‘or ikir-chikirlari bilan mashg‘ul bo‘ling. Yangi yil bayrami eshik qoqmoqda. Uyni to‘liq tartibga keltirib qo‘ying. O‘zingiz sun’iy tarzda muammo orttirib olmasangiz, shaxsiy hayotingizda sukunat hukm suradi. Kechqurun vaqtingizni faqat oila davrasida o‘tkazing.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ertalabdan kayfiyatingiz a’lo bo‘ladi, ishoning. Xayollarni bir nuqtaga jamlang-da, rejadagi ishlarni bir boshdan ado etishga kirishing. Bu masalada sizni hech qanaqangi muammo bezovta qilmaydi. Pul bilan bog‘liq vaziyatlarni real baholashga harakat qiling. Ba’zilar olis safarga otlanishlari mumkin. Lekin bu safarga yerusti emas, samo transportida yo‘l oling. Oilalilar kechqurun bahsli lahzalarni boshdan kechirishi kutiladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
30 dekabr kuni hayotga, dunyoga real ko‘z bilan boqishingiz kerak. Illyuziya sizga faqat ziyon yetkazadi. Muhabbatni ham bir chetga suring. Buning o‘rniga bitmay qolgan ishlarni bitiring. Bayramga tayyorgarlik ko‘ring. Dangasalik, hasaddan ustun kelganlar bugun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan ijobiy natijalarga erishishadi. Kechqurun shaxsiy manfaatlaringizni kimlardandir qattiq turib himoya qilasiz va albatta g‘alaba qozonasiz.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ishxonangizdagi hamkasblar, do‘stlar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ish jarayonida qalbingizga quloq tuting, shunda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaysiz. Pul bilan bog‘liq ishlarda sinov, tavakkalchilik ketmaydi. Aks holda bayram kunlari bir tiyinsiz qolib ketishingiz hech gap emas. Oilasizlarni kechqurun romantik uchrashuv kutmoqda. Biling, bu uchrashuv bir umr yodingizga muhrlanib qoladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
30 dekabrda harakatni sal tezlashtirsangiz, martabangiz, lavozimingizni oshirib olishingiz mumkin. Faqat shon-shuhrat dengizida suzayotib, majburiyatlaringizni ham unutib qo‘ymang. Shaxsiy muammoarni bartaraf etishni boshqa kunga qoldiring. Bugun uyingizni kerakli jihozlar bilan boyitish, mayda ta’mir va sovg‘alar xarid qilish xayrli kechadi. Salomatligingizni ehtiyotlang. Yana bosh, oyoq og‘rig‘i bezovta qila boshlasa, mutaxassisga murojaat eting.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!