22:38 / 30.12.2017
14 284

Munajjimlar bashorati: 31 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoыda?

Munajjimlar bashorati: 31 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoыda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz yengil kechmaydi. Shuning uchun ertalabdanoq kuch yig‘ishingiz, o‘zingizni barcha muammolarga ruhan tayyorlashingiz kerak bo‘ladi. Muhim masalalarni hal etishda birovlar yordamiga umid bog‘lamang. Moliyaviy jihatdan ahvolingizni yaxshilash payida bo‘ling. Bugun bayram, demak, kunning ikkinchi yarmidan bayramona kayfiyatda bo‘lishingiz shart. Hech kimni ranjitmaslikka, o‘zgalar bilan janjallashmaslikka harakat qiling. Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
31 dekabrda yil davomida amalga oshirilgan katta ishlarni xomcho‘t qilib, yakunlanmaganlarini yakunlashingiz lozim. Agar vaqtingiz yetsa, shaxsiy hayotingizda ham tartib o‘rnating. Bugun boshqa manzilga ko‘chib o‘tish, samolyotda parvoz qilish va jismoniy zo‘riqishlar muvaffaqiyatsizlik va baxtsizlik keltiradi. Malakani oshirish, yangi bilimga ega bo‘lish va muhim hujjatlarga imzo chekish aksincha omadli kechadi. Notanish odamlar bilan muloqot qilganda, emotsiyani jilovlab qo‘ying.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Dunyoga, bugungi hayotingizga optimist nigohlari bilan boqing, shaxsiy hayotingizda mavjud garmoniya izdan chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Og‘ir, bosiq bo‘ling. Muammolarni ijobiy hal etish masalasida esa o‘ta sovuqqonlik kerak bo‘ladi. Shunda muammo deganining belini sindira olasiz. Moliyaviy muammolar bartaraf etilishi uchun sabr juda zarur bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Bugun salomatligingizdan shikoyatingiz bo‘lmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
31 dekabrda favqulodda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar va tashvishlarni kimlar bilandir bo‘lishishingiz shart emas. Faqat yolg‘iz, mustaqil tarzda muammolaringizni hal eting. Xaridlarni amalga oshirish, yangi kiyimlar sotib olish, ayollarga go‘zallik saloniga borib kelish bugun bayramona kechadi. Shaxsiy hayotda prinsipiallikni bir chetga surib qo‘ying. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bajaradigan ishingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar albatta sherik topishingiz zarur. Yoshi ulug‘ qarindoshlaringiz hayotida jiddiy muammolar paydo bo‘lish xavfi bor. Ularni sizdan bo‘lak hech kim bartaraf eta olmaydi. Omad chaqirishingiz bilan kelib qolmaydi. Bardoshli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Juftingizga yon berishdan qo‘rqmasangiz, janjallarning oldini olgan bo‘lardingiz. Kechqurun, shubhasiz, yangi yil bayramini oila a’zolaringiz bilan qarshi olishingiz kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
31 dekabr kuni o‘ta yoqimsiz va murakkab bo‘lsa-da, o‘zgalar muammolarini ijobiy hal etib berishingiz shart. Buning savobi ham oz bo‘lmaydi albatta. Faqat bu ishni deb bor kuchingizni sarflab qo‘ymasangiz bas. Aks holda ma’naviy zarar salomatligingizga putur yetkazishi mumkin. Sog‘lig‘ingizni har daqiqada nazorat qiling. Kechqurun qo‘lingizga katta pul kelib tushishi mumkin. Bayramona taomlar iste’molida ehtiyotkorlikka amal qiling. Bayram kechasida hech kimni ranjitmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
O‘zgalar qarshisida hech kimga shaxsiy va ishga oid masalalarhaqida gapirmang. Chunki siz hal etmoqchi bo‘lgan masalalarga boshqalarning ham aqli yetadi. Yo‘lingizga to‘siq tashlab qo‘yishlari hech gap emas. Yaqin qarindoshlarga nisbatan mehr ko‘rsatish birinchi darajali vazifangizga aylanishi kerak. Ommaviy tadbirlarda ishtirok etish, olisga safar uyushtirishni boshqa kunga qoldiring. Bayram dasturxoningiz to‘kin bo‘lsin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
31 dekabrda barcha asosiy deb hisoblaydigan ishlaringizni chetga suring-u, yangi yil bayramini kutib olish tadorigini ko‘ring. Sovg‘alar xarid qilish va shu kabi tashvishlar yoqimli kechadi. Oila qurmaganlar ham bugundan ko‘p narsa kutsalar yarashadi. Kechqurun tashkil etiladigan romantik uchrashuv, tanlaganingiz bilan birgalikda bayramni kutib olishdan ham lazzatli lahzalar bormikan? Yo‘q, albatta. Bayram bahona spirtli ichimliklar iste’moliga yo‘l qo‘ymang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi kun siz uchun favqulodda qiziqarli va yoqimli kechishi kutiladi. Eng yaqin insonlar qurshovida bo‘lasiz. Dam olasiz, ko‘ngil yozasiz. Nimaiki ishga qo‘l urmang, g‘alaba siz tarafda bo‘ladi. Moliyaviy muammolarni hal etishda prinsipiallik juda kerak bo‘ladi. Bu masaladagi usullaringizdan yana kimlardir o‘z manfaati yo‘lida foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. Kunning ikkinchi yarmida xonadoningizga bayram munosabati bilan olisdagi qondoshlaringiz mehmon bo‘lib kelishlari mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
31 dekabrda sizni nafaqat jiddiy, balki olamshumul masalalar kutib turibdi. Yoningizda siz bilan birga muammolarni yo‘q qilishga kirishganlarni ranjita ko‘rmang. Umuman, bugun bayram kayfiyatida bo‘lishingiz lozim. Demak, boshqalarning ham bu baxtga ega bo‘lish huquqi bor. Kechga yaqin qo‘lingizga g‘oyibdan katta pul kelib tushishi mumkin. Bu bayram kayfiyatiga yangi kayfiyat qo‘shadi inshoolloh. Hasadgo‘ylar ta’qibida qolishdan saqlaning. Shaxsiy hayotda sizni kutilmagan sovg‘a ham kutadi. Bu yangi mehmonning dunyoga kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Sizga mehribon, sodiq do‘st bo‘lganlarga o‘zingiz ham shunday munosabat yuriting. Qarama-qarshi harakatlar janjalga sabab bo‘lib qolishi hech gap emas. Yaqindagina turmush qurganlar hayotida vaqtinchalik tanaffuslar yuzaga keladi. Ba’zilar yangi uy sotib olishi, shu uyga ko‘chishi, olis safarga otlanishi ehtimoldan xoli emas. Bayramingiz xayrli kechsin! Agar o‘ta muhim shaxsiy sirlaringiz bo‘lsa, do‘st-dushmanning qarshisida gullab qo‘ymang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
31 dekabr kuni nafaqat o‘zingiz, yaqinlaringizning ham muammolarini hal qilib bermasangiz bo‘lmaydi. Bu masalada emotsiyani jilovlagan holda harakatlar sodir etishga harakat qiling. Tijoratchi, tadbirkorlarning kuni tug‘adi. Sal faolroq bo‘lsangiz, ko‘zlanganidan ham ko‘proq daromad egasiga aylanishingiz turgan gap. Kechqurun uyingiz mehmonga to‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 31 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoыda?