22:18 / 01.01.2018
9 586

Munajjimlar bashorati: 2 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yanvarda sizga jismoniy zo‘riqishlar qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, arzimagan narsani deb xavotirga tushish, asabiylashish ham mumkin emas. Agar bu taqiqlovlarga amal qilmasangiz, faqat ziyon ko‘rasiz. Bekorga vaqt ham yo‘qotasiz. Yaqin insonlaringiz bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling. Ishxonada esa hammasi joyida bo‘ladi. Agar bir necha kunlik dam olishlardan keyin ish og‘ir tuyulmasa, qolgani chikora. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Nihoyat oq-u qorani ajrata oladigan sergak insonga aylanasiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Fitna-yu, firib, yolg‘on, shafqatsizliklarni chetga suring va yaqin insoningizni ko‘proq ardoqlash harakatida bo‘ling. Birinchi navbatda uy yumushlarini qoyillating. Ijod ahli bugun faqat ilhomi kelsagina qog‘oz qoralasin. Majburiy bitilgan asarning toshi yengil bo‘ladi. Kun davomida katta pul va shon-shuhrat ortidan quvmang, taqdirda boriga shukr qiling. Katta pulning o‘zi sizni yo‘qlab keladi inshoolloh. Sog‘lig‘ingiz kechki paytga borib biroz pand berishi kutiladi. Buning qo‘rqinchli joyi yo‘q.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
2 yanvar kuni muhabbatda xufiyona, xiyonatga yetaklovchi mashg‘ulotlardan qoching. Bu mashg‘ulotlar sizga inqiroz hamda baxtsizlikdan bo‘lak narsani hadya etmaydi. Moliyaviy muammolarni hal etishda ham shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Aks holda quruq kissa bilan qolib ketishingiz mumkin. Kechqurun sizni mehmonga taklif etishlari kutiladi. Albatta rozi bo‘ling va mehmondorchilik bahonasida yaxshilab dam oling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun ish bajarishda jamoaviylikdan nari bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Har qanday yumushni mustaqil tarzda amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi. Busiz ham ruhan, ham jismonan zarar ko‘rasiz. Kun mobaynida siz qimmatbaho buyum joylangan jo‘natmani, yoki shu maqsadda bitilgan maktubni qabul qilib olasiz. Shu narsa ko‘plab muammolaringizni ijobiy hal etishda, porloq kelajak sari olg‘a qadam tashlashingizda yordam beradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
2 yanvarda birinchi bo‘lib moliyaviy masalalarni hal etishga kirishing. Bu sizga bir oylik tirikchilik manbaini tortiq etishi tayin. Xarid masalasida tejamkorlikka e’tibor qarating. Bugun organizmni toblash amallari muvaffaqiyatli kechadi. Shuning uchun sportzalga boring. Sport bilan astoydil shug‘ullanishni boshlang. Oilasizlar uchun 2 yanvar romantik uchrashuv kuni hisoblanadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Agar kerak-nokerak savollar ustida bosh qotirishga tushib ketmasangiz, yulduzlar sizga ajoyib kunni va’da qilishgan. Iloji boricha yolg‘iz qoling, bo‘layotgan va bo‘lishi kutilayotgan hodisalarni tahlil eting. Kechqurun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish chog‘ida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun eng yaqin do‘stlarning qimmatli maslahatlarini oling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, organizmni jismonan zo‘riqtirishdan tiyiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
2 yanvarda yo‘lingizda uchraydigan to‘siqlarga nisbatan ob’ektiv munosabatda bo‘ling. O‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlardan nari yuring. Yo‘qsa, bilib-bilmay ko‘ngli qoraga dilingizni ochib qo‘yishingiz hech gap emas. Kechqurun oila a’zolaringizdan biri bilan janjallashib qolishingiz xavfi sezilyapti. Bundan tashqari, ba’zilar qattiq shamollab qolishlari ehtimoldan xoli emas. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Atrofdagilarga emas, o‘zingizga, qalbingizga ishongan holda ish ko‘ring. Basharti kimdir sizni ko‘ngilsiz hodisaga ro‘baro‘ etishni mo‘ljallayotganidan xabar topsangiz, sukut saqlang-u, o‘zingizni chetga oling. Bugun azartli o‘yinlar, yolg‘on-yoshiqqa yo‘g‘rilgan muloqotlar inqirozga yuz tutdiradi. Yoki juda bo‘lmaganda pulsiz qolib, yaqinlaringiz, ishxonadagilar qarshisida obro‘yingizga putur yetadi. Oilasizlardan biri o‘zi anchadan beri yaxshi taniydigan odamni sevib qolishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
2 yanvar kuni atrofdagilarga haqiqiy tusingizni namoyish eting. Hasadgo‘ylar aslida kim ekaningizga guvoh bo‘lsinlar. Muhabbatda hadeganda va’dalar berishdan tiyiling. Aniqlik, shiddat, reallik moliyaviy ahvolingizni yaxshilashda katta yordam beradi. Tadbirkor bo‘lsangiz, shularning ko‘magida o‘z pozitsiyangizni yanada mustahkamlab olishingiz ham ehtimolga yaqin. Salomatligingiz haqida qattiqroq qayg‘uring. Kechqurun yolg‘iz qoling. Ertangi rejalarni puxtalashtiring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
O‘zingiz uchun juda mayda tuyilgan yumushlarga ham jiddiy e’tibor qarating. Yo‘qsa, katta yo‘qotishlarga yuz tutishingiz mumkin. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, zinhor ba zinhor xalqona usul bilan muolaja olishga urinmang. Kunning ikkinchi yarmida qandaydir xabar eshitishingiz kutiladi. Xabarga ishonish yo ishonmaslikdan oldin yaxshilab tahlil qiling. Bu xabar pul bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ovqatlanish rejimini buzmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
2 yanvar kuni nafaqat ishxonadagi yumushlar bilan, balki salomatligingiz bilan ham shug‘ullaning. Ayniqsa, yangi yil bayramida spirtli ichimlik va yog‘li taomlarga ruju qo‘ygan bo‘lsangiz, salomatligingiz e’tiborga muhtoj. Yaqinlaringiz bilan kamroq muloqotda bo‘ling. Orangizda kimningdir aybi bilan janjal kelib chiqish xavfi bor. Kechqurun yaqin do‘stingizdan shaxsiy hayotingizga taalluqli oqilona maslahat olasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun katta va yangi ishga qo‘l urishdan saqlaning. Aks holda kechirilmas xatoga yo‘l qo‘yishingiz, katta pul yo‘qotishingiz turgan gap. Yaxshisi, bir necha kun dam oling. Do‘stlar, tanish-bilishlar davrasida ko‘proq o‘tiring. Shaxsiy hayotda majburiyatlaringizni unutib qo‘ymang. Bugun sportning har qanday turi bilan shug‘ullanish muvaffaqiyat keltiradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?