QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
3 yanvar kuni asosiy e’tiborni atrofdagilarga qaratishingiz lozim. Agar do‘stlar va qarindoshlar ko‘magiga ehtiyoj sezsangiz, sira ikkilanmasdan murojaat eting. Uy yumushlari, moliyaviy masalalarni hal etish va kelajak rejalar tuzish bilan band do‘stlarimizni albatta omad o‘z bag‘riga oladi. Kechqurun ayrimlar favqulodda xizmat safariga otlanishi kutiladi. Bugun salomatligingizga ham jiddiy e’tibor qarating. Shamollash, gripp alomatlari xavf solishi mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Ham ruhan, ham jismonan shohona hayot sari talpinishda davom eting. Agar bu yo‘lda harakatingiz susaysa, omad sizdan yuz o‘girishi hech gap emas. Oila qurmaganlarni bugun romantik tanishuvlar kutib qoladi. Oilalilardan kimlardir ilk muhabbatini uchratishi mumkin. Asosiysi, o‘zingiz sevgan, sizni ardoqlaydigan insondan totli tuyg‘ularingizni ayamang. Orangizda to‘sqlar, pardalar paydo bo‘lishiga yo‘l bermang. Bugun salomatligingizdan shikoyatingiz bo‘lmaydi inshoolloh.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
3 yanvarda qo‘lingizda bor pullarni bo‘lar-bo‘lmasga sarflab qo‘yishdan saqlaning. Agar shunday qilsangiz, inqirozga yuz tutishingiz tayin. Bugun uy va ofisda tartib o‘rnatish, yangi do‘stlar, hamkorlar orttirish muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbat bobida oila qurmaganlar boshi berk ko‘chada qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. Bunga o‘zingiz tarafdan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xato sabab bo‘lishi mumkin.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kun davomida amalga oshirishingiz uchun tuzilgan rejalarni yana bir karra ko‘zdan o‘tkazing. Agar ob’ektiv maqsadga ko‘zingiz tushmasa, qaytadan reja tuzing. Ammo bu haqda hech kimga og‘iz ochmang. Ishxonangizdagi ba’zi hamkasblar sizni tanqid ostiga olishi kutiladi. Bu janjalga aylanib ketishi ham hech gap emas. Rahbariyat bilan aslo tortishmang. Ayniqsa, miyangizda ajoyib bir g‘oyani pishitib yurgan bo‘lsangiz, o‘zingizni bosishingizga to‘g‘ri keladi. Nasib etsa o‘sha g‘oya sizni yuqori cho‘qqilarga olib chiqishi mumkin. Kechqurun sport bilan shug‘ullaning. Bu salomatligingizni mustahkamlaydi, kayfiyatingizni ko‘taradi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
3 yanvar kuni pulda ham, muhabbat-u ro‘zg‘orda ham me’yorni biling. Me’yordan ortig‘i sizni yaxshilikka olib bormaydi. Kunning ikkinchi yarmida jarohat olishingiz ehtimoli bor. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Shaxsiy hayotda o‘z hukmingizni barchaga o‘tkazishdan tiyiling. Bu oiladagi o‘rningiz va hurmatingizni yo‘qqa chiqarishi turgan gap. Kechqurun ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling. Ovqatdan zaharlanishingiz xavfi sezilmoqda.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Oldinda sizni katta-kichik janjalli vaziyatlar kutib turibdi. Ularni bartaraf etish lozim. Yo‘qsa, kuningiz ko‘ngilsizlikdan chiqmay qoladi. Basharti vujudingizdagi agressivlikni tinchlantira olmasangiz, yolg‘iz qoling. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida romantik tanishuvni boshdan kechirishadi. Munosabatlaringiz juda tez fursatda jiddiylashib ketishi kutilmoqda. Kechqurun spirtli ichimlik iste’moli va faolik talab qiladigan ishlarni bajarishdan voz keching.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
3 yanvarda bezovtalikda uyqudan uyg‘onasiz. Sizdagi bu bezovtalikni oilangizdagilar ham tinchlantira olmasliklari tayin. Moliyaviy jihatdan buguncha u qadar omadingiz kelmaydi. Boriga shukr qiling. Kechki payt janjalli vaziyatlarga tushishingiz, ayrimlar boshqa manzilga ko‘chib o‘tish amallarini boshdan kechirishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling, toza havo depressiyadan asraydi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ertalabdanoq moliyaviy muammolaringiz o‘zidan ko‘paya boshlashi kutiladi. Ularni o‘z vaqtida, joyida hal etmasangiz, ziyoningizga ishlashi aniq. Oilangizda ham siz va qarindoshlar o‘rtasida bir-biringizni tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Kechqurunga yaqin yangi tanishuvlar kutilmoqda. Bu kayfiyatingizni yaxshi tarafga o‘zgartiradi. Kechqurun ruhni ko‘tarishga qaratilgan mashg‘ulotlar bilan band bo‘ling. Juda bo‘lmasa, shirin xayollar dengiziga sho‘ng‘ing. Bu ham ruhni ko‘tarishda tengsiz hisoblanadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
3 yanvarda ishda ham, muhabbat, shaxsiy hayotda ham faqat ideallik sari talpining. Tuyg‘ularni jilovlab oling. Emotsiyaga, illyuziyaga erk bermang. Ko‘p yillik tajribangizdan kelib chiqib ish tutsangiz, moliyaviy muammolar ham sizga oson bo‘ysunadi. Mabodo uydagilar arzimas gap-so‘zlarni deb janjal chiqarish harakatiga tushishsa, sukut saqlang-u, ko‘chaga chiqib keting. Janjali ko‘p uydan baraka qochadi. Sog‘lig‘ingiz ham u darajada havas qiladigan emas. Janjallar, ko‘ngilsizliklar, xafagarchiliklar battar qilishi turgan gap.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Tashqi va ichki dunyongizni tartibga keltirish harakatiga tushing. Muammolarni ma’lum muddatga nari suring. Ruhan tayyor bo‘lganingizdan keyingina ular tomonga yuzlaning. Tushdan keyin qandaydir tushunarsiz vaziyatga tushib qolishingiz asablaringizni qaqshatishi mumkin. Bu masalada yoshi ulug‘ tanishlar, qarindoshlar, hamkasblardan maslahat so‘rang, ziyon ko‘rmaysiz. Kechqurun sport bilan shug‘ullanishdan voz keching, jarohat olishingiz xavfi sezilyapti.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
3 yanvar kuni nimaiki ish qilmang, ehtiyotsizlikdan saqlaning. Bu nafaqat salomatligingizga putur yetkazadi, balki jamiyatdagi obro‘yingizni ham bir pul qiladi. Muhabbatda tavakkalchilik sizga ko‘ngildagi natijalarni bera oladi. Busiz juftingiz yo tanlaganingizga rostakam tuyg‘ularingizni izhor eta olmaysiz. Kechqurun uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi. Yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ishda, yashashda, harakatlanishda sizga birinchi navbatda bardosh, qolaversa, sovuqqon munosabat katta yordam beradi. Zimmangizda Yaratganning sinovlari bir olam. Ularning har biridan o‘tishga mahkumsiz. Demak, yana sinov yuborgan egamdan bardosh va matonat so‘rang. Sizga yaxshilik tilovchilardan yordamingizni darig‘ tutmang. Olis safarga otlanish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi