23:10 / 04.01.2018
10 291

Munajjimlar bashorati: 5 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
5 yanvar kuni ishlaringiz shu qadar ko‘payadiki, bosh qashishga vaqt ajrata olmay halak bo‘lasiz. Bu ham kamlik qilgandek, turli tashvishlar, g‘iybatlar, hasad va ruhiy tushkunlikka eltuvchi lahzalar ham sizni ta’qib eta boradi. Bularning barchasini tafakkurni ishga solgan holda og‘ir, bosiqlik bilan bartaraf eta olasiz. Shaxsiy hayotingizda ham tashvishli lahzalar oz emas. Moliyaviy masalada esa muammo tug‘ilmaydi. Katmoningiz quruq qolmaydi. Demak, sira qayg‘urmasangiz bo‘larkan. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Atrofdagilarga nisbatan xush muomalada bo‘ling, tabassum qilishdan charchamang va zerikmang. Shunda o‘zgalar sizni turli ayblovlar bilan bezovta qilmaydi. Moliyaviy muammolarni hal etishda qo‘shimcha muammolar tug‘ilishi kutiladi. Shunday ekan, bu ishni yaqin do‘stlar yoki qarindoshlar ko‘magida amalga oshiring. Kechqurun oila qurmaganlarning ayrimlari uchun haqiqiy bayram bo‘ladi. Siz bo‘lg‘usi taqdirdoshingizni uchratib tanishasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
5 yanvarda kimlar bilan janjallashgan bo‘lsangiz, kechiring, ko‘ngilsiz vaziyatlarni boshdan kechirgan bo‘lsangiz, unuting. Bugungi kun nafasi bilan yashang. Turli ko‘rinishdagi xaridlar, madaniy tadbirlar, turbazalarda dam olish muvaffaqiyatli kechadi. Bugun topilgan yangi ish kelgusida sizga bir dunyo shodlik, moddiy manfaat olib keladi. Ro‘zg‘orda uchraydigan muammolarni ijobiy hal etish ancha mushkul kechishi kutiladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun kimlar bilandir bahslashishingiz, atrofdagilarga prinsipingizni namoyish eta boshlashingiz tavsiya qilinmaydi. Bundan hech qanday foyda ko‘rmaysiz. Jamiyatdagi obro‘yingizni yo‘qotganingiz qoladi xolos. Oilada ham rashk tufayli asabiy vaziyatlarga tushib qolishingiz kutiladi. Agar juftingizga ishonmasangiz, ochiqchasiga gaplashing-u qo‘ying. Barcha dardlarni ichingizga yutib, ich-etingizni yeyishingiz bilan ahvol o‘nglanib qolmaydi. Asabni asrang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 yanvar kuni hayotingizda shunday shohonalik kuzatiladiki, sizni bu qurshovdan moliyaviy tanqislik ham olib chiqolmasligi mumkin. Taqdir in’om etganiga shukr qilishni istay boshlaysiz. Bu to‘g‘ri qaror. Har banda xuddi shunday umr kechirmog‘i lozim. Oilasizlar bugun romantik uchrashuvni boshdan o‘tkazishlari mumkin. Bu sizni tashvishlardan, siqilishlardan xoli etadi. Tunda kompyuter qarshisida uzoq o‘tirib qolmang, sog‘lig‘ingizga putur yetadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kunning birinchi yarmida madaniy tadbirlar va ko‘ngilochar lahzalar hamrohingiz bo‘ladi. Do‘stlar yoki farzandlaringiz bilan o‘tkazilgan bu daqiqalar bir umr yodingizda qolsa ne ajab. Yirik xaridlar bugun muvaffaqiyatsiz kechadi. Shunday ekan, zahiradagi pullarni yaxshi kunlar uchun olib qo‘yavering. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingiz masalasida yangi takliflar kelib tushadi. Albatta rozi bo‘ling. Bunday imkoniyat har kuni ham bo‘lavermaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 yanvarda erkaklar tashqi ko‘rinishiga sal bo‘lsa-da, e’tibor qaratib qo‘ysalar foydadan xoli bo‘lmaydi. Ayollar, qizlar garderobini yana bitta kiyim bilan boyitsalar, keyin go‘zallik saloniga chiqib kelsalar ham ortiqchalik qilmaydi. Hamkasblaringizdan kimdir g‘iybatingizni qilib yurganidan xabar topasiz. Sukut saqlang va shu taxlit g‘alaba qiling. Oilasizlar kechqurun romantik tanishuvni boshdan kechirishadi. Bo‘lg‘usi juftingiz ilan munosabatlarda tashabbuskor bo‘ling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugungi kuningiz a’lo darajada boshlanadi. Deyarli barcha istaklaringiz haqiqatga aylanadi, atrofdagilar sizni olqish va maqtovlarga ko‘mib tashlaydi. Pul masalasini badavlat tanishlardan biri hal qilib beradi, tashvish chekmang. Yuqumli xastalik viruslariga qarshi muolajalar olmasangiz, tez kunda gripp yuqtirib olishingiz hech gap emas. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘ling. Shaxsiy hayotingizda sukunat hukm suradi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 yanvarda beixtiyor yaqinlaringiz, hamkasblar hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dod qirralaringizga guvohlik qilishadi. Ammo sizga daromad keltiradigan asosiy ishdan ham chag‘ib qolmang. Ruhiyatingizda garmoniya mavjud, lekin bir ko‘ngli qora odam bu holatni yo‘q qilish payiga tushishi kutiladi. Bu odamga qarshi ochiqchasiga kurashishingiz kerak. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘a kutadi. Do‘ppini osmonga otavering. Ko‘chaga chiqishda ob-havoning avzoyiga albatta razm soling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
O‘tgan oyda tamoman yakunlashni niyat qilgan ishlaringiz bugun kunning birinchi yarmida hal bo‘ladi. Pedagogika, siyosat va san’at bilan shug‘ullanuvchilarga bugun mustaqillik zarur bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar o‘zi qachonlardir qattiq sevgan odam bilan daf’atan uchrashib qolishlari ehtimoli bor. Vaziyatni qay tarafga burish sizning qo‘lingizda. Six ham, kabob ham kuymaydigan qulay yo‘lni tanlayvering. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 yanvar kuni tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlaganlar yaqin hamkor topishga muyassar bo‘lishadi. Bu hamkor ishonchli va kelgusida sadoqat ko‘rsatishi tayin. Siz kelajakda yangi hamkor bilan ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan daromadlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Oila qurmagan yigitlar muhabbat izhori, tanlaganining qo‘lini so‘rash amallari uchun boshqa kunni tanlasinlar. Bugungi kun ushbu amallar uchun muvaffaqiyatsiz kechadi. Kechqurun imkon topsangiz, suzish mashqlarini ado eting. Suzish nafas yo‘llaringizni tozalaydi, organizmingiz chiniqishida asqotadi, immunitetingizni ko‘taradi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Agar taqdirdan, hayotingizdan noliyversangiz, bugungi kuningiz juda og‘ir kechishi mumkin. Qalbingizga shukronalik hissini singdiring. Qarindoshlar bilan bahslashmang, agar siz haq bo‘lsangiz ham sukut saqlang. Prinsipiallik garmoniya sari talpinayotgan qalbingiz uchun kushanda vazifasini o‘tashi mumkin. Tijoratchilar 5 yanvar kuni keragidan kamroq daromadga ega bo‘lishlari mumkin. Nasiba-da!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?