20:46 / 06.01.2018
10 849

Munajjimlar bashorati: 7 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 7 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ijodkorlar va texnika bilan bog‘liq ishlarda ishlovchilarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Siz hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizni atrofingizdagilarga namoyish etish imkoniga ega bo‘lasiz. Qanday ishga qo‘l urmang, unum va sifat kafolatlanadi. Hayotga real ko‘z bilan boqsangiz, shaxsiy masalada to‘siqlarga kamroq duch kelasiz. Ba’zilar kunning ikkinchi yarmida yaqin o‘tmishdagi muhabbatini uchratib, shuning dastidan tinchini yo‘qotishi mumkin. Kechqurun olis safarga otlanish juda xayrli kechadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
7 yanvar kuni sizdan ko‘pchilik tanish-bilishlar, qarindoshlar, hatto do‘stlar yordam so‘rashi mumkin. Imkon doirasida ularning iltimoslarini qondiring. Hayotning o‘ta ayyorlik va aql bilan yondashiladigan jabhalarida dangasalikka yo‘l bermang. Bu aksar hollarda moliyaviy ahvolingizni yaxshilash bilan bog‘liq. Pulingiz ko‘payishini istasangiz, tafakkurni ishga soling. U hamma narsaga qodir. Kechqurun sog‘lig‘ingizni bir karra ko‘zdan o‘tkazib oling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 yanvar kuni asosiy e’tiborni salomatligingizga qaratishingiz lozim. Agar grippning o‘tkir turiga uchrab azoblanmaslikni istasangiz, ko‘chaga issiq kiyingan holda chiqing, kasallar bilan suhbatga kirishmang. Suyukli insoningiz siz anchadan beri orzulagan sovg‘ani qo‘lingizga tutqazadi. Kun davomida ko‘proq dam olib, kamroq ishlashga harakat qiling. Kechqurun vaqtli uxlashga yoting. Shu bahonada ertangi kun uchun kuch yig‘ib olasiz. Oilada xudbinlikka erk bermang. Bu yoqimsiz lahzalar paydo bo‘lishiga olib keladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun safar, kelishuvlar, yangi shartnomalarga imzo chekish, sevganingiz bilan gap talashish kabilar sizga faqat ko‘ngilsizlik hadya etadi. Qalbingizga quloq tuting, xotirjamlikka e’tibor qarating va oxiri baxayr bo‘lmasligi kutilayotgan ishlarga qo‘l urmang. Muammolarni hal etish natijasida erishgan yutuqlardan havolanib ketish ham yaxshilikka olib kelmaydi. Kun bo‘yi sizga qaysidir jihatdan ko‘mak berganlarni minnatdorliksiz qoldirmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 yanvarda kunning birinchi yarmi muvaffaqiyatlardan iborat bo‘ladi. Ishni qoyillatasiz. Sizni tabriklashadi, olqishlashadi. Martabangiz tobora yuqorilay boshlaganini his etasiz. Muhabbatda oilasizlar ham o‘zlariga yetguncha muvaffaqiyat qozonishlari kutilmoqda. Tanlaganingiz bilan o‘zaro munosabatlar sizga yangi kuch va imkoniyatlarni taqdim etadi. Ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf etishda ko‘p o‘ylamay, ko‘proq ishlashni o‘zingizga shior qilib oling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Oldin boshlangan ishlarning barchasini yakunlang. Bu sizga yangi qahramonliklar uchun keng yo‘l ochib beradi. Lekin asosiysi, barcha ishlarni, keladigan daromadlarni bir chetga suring-u, dam oling, do‘stlaringiz bilan muloqot qiling, ko‘ngil yozing. Baribir dunyoning jami daromadini o‘zlashtira olmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida oila a’zolaringiz bilan orangizdagi munosabatlar yomon tarafga o‘zgarishi ehtimoldan xoli emas. Prinsiplaringizdan voz keching. Yon berishga odatlaning.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 yanvarda sizni juda qaltis vaziyatlar kutadi. Baxtga qarshi bu vaziyatlardan chiqishingiz juda mushkul kechadi. Agar yaqinlaringiz, do‘stlaringiz o‘z vaqtida yordam qo‘lini cho‘zsa, barcha mushkulotlarni chetlab o‘ta olgan bo‘lardingiz. Kun davomida nafaqat pul, balki iroda kuchingizni ham tejashingizga to‘g‘ri keladi. Aks holda kimlardir sizni vassalga aylantirib olishi turgan gap. Salomatligingizni asrang. Surunkali xastalik bilan og‘riganlar bu masalada o‘ta sergak bo‘lishlari zarur.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Kuningiz bunday kayfiyatda shubhasiz xayrli va omadli kechadi. Oilasiz bo‘lsangiz, kimnidir sevib qolishingiz mumkin. Bu xuddi o‘sha orzuingizdagi inson bo‘lib chiqsa ajab emas. Bugun siz asosan mayda-chuyda yumushlardan ko‘ngildagidek daromad olasiz. Shunday ekan, ko‘proq mayda-chuyda ishlarni bajarish bilan band bo‘lavering. Kechqurun eng yaqin do‘stingiz bilan kafega kirib ko‘ngil yozing. Bu o‘tgan kunlardagi alamlarni, mushkulot yukini haydab soladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 yanvar kuni o‘zingiz xohlaganchalik natijalarni qo‘lga kirita olmasligingiz mumkin. Bunga istaklaringiz ham yetarlicha bo‘lmaydi. Siz hatto shaxsiy muammolaringizni ham chetga surasiz. Mavjud xush kayfiyatni, qulay vaziyatni yo‘qqa chiqarishingizdan qo‘rquv shunga majbur qiladi. Oilasiz bo‘lsangiz, tanlaganingiz, ko‘ngil berganingiz sizdan va’da emas, rosmana harakat kutmoqda. Demak, ishni boshlashingiz shart. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Vaqtingizni oilangiz davrasida o‘tkazing.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Hayotingizga mazmun va xilma-xillik kiritmasangiz, manfaatlar maydonini kengaytirmasangiz, ko‘zlangan niyatingizga yeta olmaysiz. Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar kutiladi. Oldinga yurishda, muvaffaqiyatlarga erishishda yaqin o‘tmishdagi hayotingizni yaxshilab tahlil qilishingiz zarur. Keyin esa harakatlar rejasini puxtalashingiz lozim. Moliyaviy muammolarni ham osonlikcha bartaraf etishingiz amri mahol. Shu sababli yeng shimarib, astoydil ish boshlang. Inshoolloh, sizni Yaratganning o‘zi qo‘llaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
7 yanvarda ruhiy, jismoniy zo‘riqishlardan xoli bo‘ling. Bugun dam olish, xotirjamlikda muloqot qilish va o‘z ma’naviy olamingizni gulzorga aylantirishdagi barcha harakatlar omadli kechadi. O‘zingizdan yoshi ulug‘ odamlar bilan masofa saqlashga alohida e’tibor qarating. Kechqurun oila qurmaganlarning ba’zilarini bo‘lg‘usi taqdirdoshi kutilmagan sovg‘a bilan siylamoqchi. Bardam bo‘ling!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Asosiy ishlarni unutib qo‘ymang. Chunki aynan ular sizga dunyoni hadya eta oladi. Bu narsa moliyaviy manfaatingiz bilan bog‘liq. Shundoq ham moliyaviy ahvolingiz u darajada yuksak emas. Bo‘ydoqlar, agar idealingizni kutishda, izlashda davom etsangiz, yolg‘iz qolib ketishingiz hech gap emas. Kechqurun olis safarga otlanishingiz kutiladi. Sog‘lig‘ingizni asrang! Asablarni ehtiyotlang! Hasaddan yiroq bo‘ling!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 7 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?