QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Afsuski, bugun yo‘lingizda jiddiy to‘siqlar ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Ularni birma-bir yengib o‘tish uchun sizga qo‘shimcha kuch, imkoniyat, sabr va asab kerak bo‘ladi. Agar oilali bo‘lsangiz, qarama-qarshi jins vakil va vakilalarining jozibali, o‘tli boqishlariga bilib-bilmay asir bo‘lmang. Boshingiz balodan chiqmay qolishi turgan gap. Immunitetingiz yuqori darajada, shunday ekan, sizga xavfli xastaliklar yaqinlasha olmaydi. Kechqurun oilangizda kutilmagan hodisa yuz berish ehtimoli bor.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 yanvarda birovlarning tashvishi, muammolarini zinhor zimmangizga ola ko‘rmang. Kuningiz zindonga aylanib ketishi hech gap emas. Shundoq ham sizni oldinda bir olam muammolar kutib turadi. Qo‘lingizdagi pullarga bo‘lar-bo‘lmas buyumlar xarid qilgandan ko‘ra ro‘zg‘or uchun zarur ashyolar sotib olsangiz, keyin pushaymon chekmaysiz. Bundan tashqari, kommunal to‘lovlar ham tish qayrab turibdi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatligingizni kun davomida nazoratda ushlashni unutmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
8 yanvar kuni shaxsiy hayotingizda tub burilishlar sodir bo‘lish ehtimoli bor. Ularning ba’zilari hayotga boshqacharoq ko‘z bilan boqishga majbur etadi. Yaqin oylardagi rejalarni ham shu burilishlar tufayli qayta ko‘rib chiqishingiz kerak bo‘ladi. Oilangiz bilan bog‘liq har qanday tadbir bugun xayrli va muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurunga borib xonadoningizda garmoniya hukm sura boshlaydi. Agar tezroq martabani oshirish niyatida bo‘lsangiz, rahbarlarga nisbatan munosabatni 180 darajaga o‘zgartiring.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kuningiz sershovqin, asabiy va faol kechishi kutilmoqda. Shuning uchun ulkan va jiddiy rejalar tuzishdan tiyilib turishingizga to‘g‘ri keladi. Salomatlikni tiklashda xalqona usullar sizga yordam bera olmaydi. Aksincha ahvolingizni battar yomonlashtiradi. Immunitetingiz tushib ketsa, bu ham ortiqcha tashvish keltiradi. Osoni, vrachga ko‘rining, maslahatlariga quloq tutgan holda muolajalar oling. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilarga serdaromad ish taklif etishlari, ayrimlar esa xizmat safari bilan boshqa shaharga jo‘nab ketishlari mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
8 yanvarda professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda haqiqiy yangi erani boshdan kechira boshlaysiz. Rahbarlar sizga o‘ta mas’uliyatli ishni ishonib topshirishlari kutilmoqda. Xuddi shu vazifa sabab bo‘lib, ular ko‘z o‘ngida yanada savlatdor, imkoniyatlari keng, hurmatli insonga aylanasiz inshoolloh. Moliya va huquqiy masalalar bilan bog‘liq ishlarda muvaffaqiyatga erishasiz. Hamkasblarni tanqid ostiga olishdan tiyilsangiz, obro‘yingiz to‘kilmasdi, tinchgina ishlagan bo‘lardingiz. Kechqurun yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Muhim hujjatlarga imzo qo‘yish chog‘ida nihoyatda ehtiyotkor va sergak bo‘ling. Internetdagi yozishmalarda ham shunday holatlarga e’tibor qiling. Aks holda o‘zingizni o‘zingiz boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishingiz mumkin. Kun davomida oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz qurshovida bo‘lasiz, ularning mehridan bahra olasiz. Ishlaringizda faqat unum ko‘zga tashlanadi. Faqat kamroq asabiylashsangiz bas. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, salomatlikka jiddiy e’tibor bilan yondashing.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
8 yanvar kuni juda ko‘p yangi axborotlar eshitishingizga to‘g‘ri keladi. Moliyaviy masalada o‘zingiz umuman kutmagan odamlar tarafidan yordam ko‘rsatiladi. Muhabbatda oila qurmaganlarga xudoning o‘zi ko‘makchi bo‘lib, orzulagan lahzalariga erishishlari kutiladi. Qolaversa, tanlagan insoningizning o‘zingizga ma’lum bo‘lmagan qirralaridan ogoh bo‘lasiz, kayfiyatingiz ko‘tariladi, tinchlanasiz. Salomatligingiz bugun sizga pand bermoqchi emas. Shunda ham ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ertalabdayoq kutilmagan, yoqimli hodisalarga guvoh bo‘lasiz va shu bahonada vujudingiz qo‘shimcha kuch, imkoniyatlarga to‘lib-toshadi. Juftingizni o‘zingizdan uzoqlashtirib qo‘ymaslik uchun ba’zi befoyda prinsiplarni chetga surib qo‘ying. Moliyaviy muammolarni obdon o‘ylab ko‘rmay, vaziyatni tahlil etmasdan hal etishga kirishmang. Aks holda topish o‘rniga yo‘qotishga yuz tutishingiz mumkin. Kechqurun ertaroq uxlashga yotishingiz tavsiya qilinadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
8 yanvarda mabodo o‘tmishni kovlashtira boshlasangiz, boshi berk ko‘chada qolishingiz mumkin. Shuning uchun o‘tmishni unuting-da, bugungi kun bilan yashang. Sizdagi topqirlik, uddaburonlik moliyaviy muammolarni bartaraf etishda asqotadi. Ishga ijodiy yondoshsangiz, yangi qirralaringiz ochila boradi. Muvaffaqiyatlar o‘zidan ko‘paya boradi. Daromadlaringiz ortish pallasiga kiradi. Salomatlik, salomatlik va yana salomatlikka e’tibor qarating. Qolganlari xudoning marhamati bilan hal bo‘laveradi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun moliyaviy masalada sizga omad kulib boqishi mumkin. Demak, yaqinlaringizga ajoyib sovg‘alar hadya eta olasiz. O‘sal yotgan qondoshlardan xabar olasiz, qo‘shimcha savobga ega bo‘lasiz. Boshqa manzilga ko‘chish, lavozimlar oshishi va islohot bilan bog‘liq amallar muvaffaqiyatli kechadi. Tavakkalchilik bilan bog‘liq harakatlarni aslo sodir eta ko‘rmang. Yuqumli xastalik orttirib olmaslik uchun faqat vrach maslahatiga amal qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
8 yanvar kuni professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda zafar quchasiz. Katmoningiz yana pulga to‘ladi, inshoolloh. Muammolarni bartaraf etish yo‘lida oldingizda bir necha variantlar turibdi. Ularning eng foydalisini, to‘g‘risini tanlang. Kechqurun ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Ovqatlanish rejimi haqida har soniyada qayg‘uring. Toza havo sayrini unutmang. Juftingizga, farzandlaringizga qayta-qayta mehr ulashishdan tiyilmang. Olloh yo‘ldoshingiz bo‘lsin!
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Oila qurmaganlarning kuni tug‘adi. Kunning birinchi yarmidayoq romantik uchrashuvga oshiqa boshlaysiz. Sevgan insoningizning muhabbatidan bahra olasiz. Ishxonada hamkasblar bilan gap talashishdan nari bo‘ling. Dam olishda ham faollikni qo‘ldan bermang. Bir joyda to‘xtab qolishdan saqlaning. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘a qarshi oladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”