QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yaqindagina qo‘l siltab ketgan ishlaringiz bugun baroridan kelishi kutilmoqda. Demak, azaliy rejalar ham havoda qolib ketmaydigan bo‘ldi. Bu hodisa shu qadar tez sodir bo‘ladiki, o‘zingiz ham payqamay qolishingiz mumkin. Shaxsiy hayotingizda bo‘ronlar kutiladi. Xotirjamlik bilan qabul qilsangiz, bo‘ronlar albatta sizga bo‘ysunadi. Juftingizga nisbatan diplomatlarcha munosabatda bo‘ling. Kerak bo‘lsa, yon bering. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Faqat ovqatlanishda shoshma-shosharlikka yo‘l bermasangiz bas.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
9 yanvarda endi ish boshlagan tadbirkorlarni yaqin do‘stlar, yangi hamkorlarning o‘zi qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun sira ikkilanmasdan ish boshlayversangiz bo‘ladi. Muhabbatda kamroq asabiylashing. Muammo birgina asab buzilishi bilan hal bo‘lib qolmaydi. Kechqurun ilgari ishlagan joyingizdan mo‘may daromadni qo‘lga kiritishingiz kutiladi. Toza havoda sayr qilishni unutmang. Shamollash yoki gripp alomatlari sezilsa, o‘zingizga o‘zingiz tabiblik qilmasligingiz tavsiya etiladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun xarajatlar kuni shekilli. Kunning birinchi yarmidayoq oila, ro‘zg‘or uchun ancha-muncha buyumlar xarid qilishingiz kutiladi. Qondoshlar bilan ahillikka intiling, janjallar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi harakatlarni sodir etmang. Uzoq muddatga mo‘ljallangan shartnomalarni imzolash arafasida turgan tadbirkorlar uchun bugun omad kulib boqadi. Bu ishning intihosi katta daromadni hadya etadi. Immunitetni ko‘tarishingiz kerak. Ko‘proq vitaminga boy mahsulotlar iste’mol qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
9 yanvarda shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning natijasida kayfiyatingiz ham nolga tushib qolish ehtimoli bor. Muammolarni zudlik bilan bartaraf etish uchun qarindoshlarga murojaat eting. Boshingizdan o‘tayotgan har bir hodisaga aql bilan yondashing. Ishxonangizda og‘ziga kuchi yetmaydiganlar ortingizdan g‘iybat qila boshlaganini payqab qolasiz. Ularni sukut ko‘magida mag‘lub eting. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Moliyaviy masalada omadingiz yurisha qolmasligi kutiladi. Bunday vaziyatlarda ehtiyotsizlik qilib qo‘yishdan saqlaning. Nima bilan shug‘ullanmang, tajribangizga suyaning. Ijod kishilari bugun ko‘zlangan maqsadlarning barchasiga yetishadi. Faqat birovlar maslahatiga quloq tutmang, chalg‘iysiz. Qalbingizga quloq tuting. U sizni albatta to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Kechqurun sevimli xobbingiz bilan band bo‘ling. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelish ehtimoli bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
9 yanvar kuni professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda tub burilishlar sodir bo‘lishi kutiladi. Kun davomida sizga serdaromad ish taklif etishlari mumkin. O‘ylab ham o‘tirmang, darrov rozilik bildiring. Ishxonadagi rahbarlarga nisbatan yanada muloyim munosabatda bo‘ling. Juftingiz bilan munosabatlar sovuqlashgan bo‘lsa, bu masalada tortishib o‘tirishni xayolingizga ham keltirmang. Salomatligingizni doimiy ravishda nazorat qiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tuyg‘ular, emotsiyani jilovdan qo‘yib yubormang, aks holda ba’zi masalalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz mumkin. Har qanday vaziyatda ham xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qiling. Agar aql bilan ish tutsangiz, kunning ikkinchi yarmida albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Basharti shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, qayerga bormang, ehtiyotkorlikka amal qiling. Kechqurun olisdan yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
9 yanvarda turli mish-mish, g‘iybatlardan ehtiyot bo‘ling. Kimlardir sizni chuv tushirishga urinib ko‘rishi mumkin. O‘zingizga mahkam bo‘ling! Kuningiz ancha og‘ir kechishi kutiladi. Shu sababli asabni va salomatikni asrang. Bugun mehnat ta’tiliga chiqishni, olis safarga otlanishni rejalashtirishingiz mumkin. Bu ishingiz albatta baroridan keladi. Kechqurun do‘stlardan birinikiga mehmon bo‘lib borishingiz, mehmondorchilikda o‘zingizni lohas his eta boshlashingiz kutiladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun barcha muammolar xamirdan qil sug‘urgandek oson bitishi kutilmoqda. Sizning ishdan ishga o‘tishingiz hamkasblarning havasini keltirishi tayin. Ammo ko‘z tegishiga qarshi choralar ko‘rishni ham unutmang. Ish joyingizda yoshlar bo‘lsa, ularga o‘z tajribangizni o‘rgatishdan erinmang. Shaxsiy hayotda esa sizni juftingiz tanqid ostiga olishi mumkin. Xotirjam qabul qiling. Janjal chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklansangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
9 yanvar kuni ish masalasidagi yangi takliflar va moliyaviy operatsiyalar tashkil etishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Mabodo sal bo‘shashsangiz, katta yo‘qotishlar yuz berishi hech gap emas. Nikoh, unashtirish marosimlari va olis safarga chiqish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirishda bardoshli bo‘ling. Kechqurun hech kimdan qarz olmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yangi rejadagi ishlarga xalal bermasligi uchun ilgari chala qolgan yumushlarni yakunlab olishingiz tavsiya qilinadi. Tijoratchi bo‘lsangiz, yangi sheriklar topish harakatiga tushishingiz mumkin. Bu harakatlaringiz albatta xayrli kechadi. Muhabbatda yetakchi bo‘lishga intilmang. Aksincha, tuyg‘ularni charxlagan holda juftingizga mulozamatlar ko‘rsating. Hayotingiz bundan-da totli kecha boshlaydi. Kechqurun ovqatlanish rejimini buzmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
9 yanvar kuni xayolingizda olib yurgan eng ezgu ishlarni amalga oshiring. Yutuq siz tarafda bo‘ladi. Agar har ishda o‘zingizga qattiq ishongan holda harakatlansangiz, bu ishning unumi ikki hissa ko‘proq bo‘lishi turgan gap. Kasalxonaga tushib qolishni xohlamasangiz, salomatlikni jiddiy nazorat qiling. Surunkali xastaliklar kunning ikkinchi yarmida qaytalanishi mumkin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi