QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
14 yanvarda omad siz tomonda bo‘lishini xohlasangiz, imkoniyatlarning barcha eshiklari, nafaqat eshik, balki derazalarigacha taqillating, aslo tinch turmang. Ammo bu ishni siz do‘stlar ko‘magisiz amalga oshira olmaysiz. Bugun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topsangiz ham ziyon qilmaydi. Kechqurun uzoq-yaqin qarindoshlarga qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘rang. Bu ham savob ishlardan biri. Kam bo‘lmaysiz.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Garchi vaziyatlar har daqiqada o‘zgarib turgan bo‘lsa-da, olis kelajak sari talpinishga shoshilmang. Hozircha bugungi kun bilan yashay turing. Yangi ishga joylashish istagida bo‘lganlar ham shoshmasliklari tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotda vaziyat qaltislashishi mumkin. Biroq bu qo‘rqinchli emas. Aqlni ishlatish kerak xolos. Har bir qaroringizni oiladagilar bilan bamaslahat amalga oshiring. Kechqurun ruhiy taraqqiyot masalasida ba’zi mashg‘ulotlarni bajaring. Ovqatlanishga ham alohida e’tibor qarating.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
14 yanvar kuni hayotingizda ba’zi tanaffuslar ko‘zga tashlanishi mumkin. Bu yaqin do‘stlarni yanada yaxshiroq tanib olish hamda faoliyatingizni yangilashda katta yordam beradi. Agar muhabbatda shubhangiz bo‘lsa, ishqiy sarguzashtlar, romantik uchrashuvlarni vaqtincha chetga suring. Bir umrlik yorni tanlashda shoshma-shosharlik yaramaydi. Qolaversa, hayot ishonchsizlik asosiga qurilmaydi. Bunday hayot juda mo‘rt bo‘ladi. Kechqurun yolg‘iz qoling. Yaqin kelajak haqida mulohaza yuriting.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Oilangizda vaziyat og‘irlasha boshlagani xohlagan gapni gapirish, xohlagan harakatlarni sodir etaverish lozim degani emas. Og‘ir-bosiqlikkina muammoni bartaraf etishda yordam bera oladi. Qarindoshlaringizga nisbatan munosabatlarni yanada iliq tus oldirishingiz zarur. Dam olish kunidan unumli foydalanish niyatingiz bo‘lsa, kun davomida ro‘zg‘or kamini to‘ldirish bilan band bo‘lganingiz durust.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
14 yanvarda ertalabdan asablaringiz o‘zingizga bo‘ysunmay xunob qilishi kutiladi. Yaxshisi, telefongacha o‘chirib qo‘ying, o‘zingizni chetga oling. Xotirjam tortish harakatida bo‘ling. Shaxsiy muammolarni ijobiy hal etishda hazil-mutoyiba katta yordam bera oladi. Juftingiz bilan orangizda bugun muammo bo‘lmaydi. Asosiysi, atrofdagilarga emas, faqat qalbingizga quloq tuting. Ovqatlanish me’yorlarini buzmang. Oshqozoningizda jiddiy muammolar tug‘ilishi mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Gap moliyaga borib taqaladigan bo‘lsa, o‘zingizga haddan tashqari ishonib yubormang. Bu sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi hech gap emas. Hisob-kitobda adashmang. Pullar bir burchakda qolib ketmasligi uchun ularni foydali ishga tiking. Muhabbat, romantik uchrashuv va ishqiy sarguzashtlar uchun 14 yanvar juda xayrli va qiziqarli kechadi. Sog‘lig‘ingizni kun davomida nazorat qilishdan tiyilmang. Kerak bo‘lsa, vrach ko‘rigidan o‘ting. Salomatlik yaxshi bo‘lsagina dunyo ko‘zingizga go‘zal ko‘rinadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
14 yanvar kuni taqdiringizdagi asosiy va muhim uchrashuvlardan birini boshdan kechirasiz. Har bir ishni amalga oshirishda reallikka e’tibor qarating. Yangi kasb egallamoqchi bo‘lganlarning yo‘li ochiq. Siz astoydil yeng shimarib ishga kirishaversangiz bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida qo‘lingizga bir dasta pul kelib tushishi kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Kimlarki sizni sevsa, qadrlasa, yoqlasa, ularga ham shunday javob qaytaring. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun yaqinlaringizga ichki sirlaringizni oshkor etmang. Bu narsa kelajakda quchishingiz lozim bo‘lgan muvaffaqiyatlar, zafarlarni yo‘qqa chiqarishi turgan gap. Muhabbatda chayon burji vakillarining omadi chopmaydigan bo‘lib turibdi. Niyatingiz amalga oshib kimningdir muhabbatiga erishsangiz ham, bu muhabbat mo‘rt bo‘lib chiqadi. Kechqurun yolg‘iz qoling. Yolg‘iz qolish sizni ortiqcha g‘amlar, janjallar, ko‘ngilsizliklardan asraydi. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qilish bilan cheklaning.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
14 yanvarda qarshingizda birgina yo‘l turadi. Shu yo‘l ham ish, ham shaxsiy hayotingizga garmoniya olib kirish uchun asos vazifasini o‘taydi. Har bir harakatni puxta reja asosida sodir eting. Kunning ikkinchi yarmida sizga ruhan yaqin insonlardan biri kutilmagan sovg‘a hadya etishi mumkin. A’lo kayfiyat sizni ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlar olamiga olib kiradi. Taqdirda boriga shukr qiling. Sarob sari talpinib ovora bo‘lmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Hayotingizda mavjud garmoniyaga ziyon yetkazmaslik uchun rejalarga suyangan holda harakatlar sodir eting. Shunday ish ko‘ringki, do‘stlar, oila a’zolaringiz sizni yanada ko‘proq hurmatlay boshlasin, sevsin, siz bilan faxrlansin. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun sizga biznesda katta tajribaga ega odamning ko‘magi zarur bo‘ladi. Kechqurun sportning istalgan turi bilan shug‘ullanish sizga faqat foyda beradi. O‘zingizni, yaqinlaringizni ehtiyot qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
14 yanvar kuni sira ikkilanmasdan ezgu niyatlar qilavering. Yaxshi niyatlaringiz albatta haqiqatga aylanadi. Kunning o‘rtalariga borib o‘zingizni lohas his eta boshlashingiz kutiladi. Shamollash alomatlarini sezishingiz bilan darhol tadbirini ko‘ring. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar shu zahoti vrach qabuliga shoshilishi lozim. Juftingiz yoningizda, u barcha mushkulotlar yechimini topishda siz bilan hamnafas bo‘ladi. Qo‘lingizga g‘oyibdan pul kelib tushsa, undan yuz o‘girmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Niyati buzuq, hasad o‘tida yonguvchilardan nari bo‘ling. Ruhan tinchlaning va xotirjamlikni har qanday ko‘rinishdagi vaziyatda ham saqlab qoling. Haydovchi, muallim va siyosatchilarga bugun omadli, yoqimli lahzalar hamrohlik qiladi. Qay masalada bo‘lmasin, qaror chiqarishda sergaklikka intiling. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi