21:29 / 15.01.2018
11 090

Munajjimlar bashorati: 16 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 16 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Ish masalasida hamkorlik qiladiganlar, hamkasblar, yaqinlaringiz bilan munosabatlarni mustahkamlash haraktiga tushing. Kayfiyat ham, daromad ham shularga bog‘liq bo‘lib turibdi. Ruhiy mukammallik sari qadam tashlash, uy yig‘ishtirish va mayda-chuyda ishlarga ham alohida e’tibor qaratish bugun xayrli kechadi. Har bir oqib keladigan axborotni oldin sinchkovlik bilan tekshirib ko‘ring. Salomatligingizni ehtiyotlang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

16 yanvarda sport bilan shug‘ullanish, ayniqsa, olis masofaga yugurish juda foydali kechadi. Agar sportdan yiroq bo‘lsangiz, uyda yotib dam oling. Qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlar taklif qilishsa, albatta rozilik bildiring. Kasbini o‘zgartiradiganlar ertalabdan shu masalada jiddiy shug‘ullanishlari zarur. Kunning ikkinchi yarmida sizdan qarz olganlar bo‘lsa, qarzini qaytarish ehtimoli sezilmoqda. Sog‘lig‘ingizni asrang, bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Har qanday vaziyatda ham faqat o‘zingizga ishongan holda ish ko‘ring. Do‘stlar yoki tanishlar yordamidan umidvor bo‘lish bugun ish bermaydi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringizni birpasda hal qilib beradigan odam bilan uchrashib qolishingiz ehtimoli bor. Lekin bugun birovga qarz bermang, bankdan kredit olmang. Kechqurun qandaydir shaxsiy ishlarni bitirish uchun yaqin manzillarga borib kelishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

16 yanvar kuni kelajak rejalarni sira ikkilanmasdan tuzaverishingiz mumkin. Oilaviy bayram uyushtirsangiz ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Faqat ishda qalbingizga quloq tutmang, aksincha do‘stlar, hamkasblar bilan bamaslahat ish tuting. Ijodiy faoliyat, yuqori lavozim uchun qadam tashlash bugun muvaffaqiyatli kechadi. Agar shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, olis safarga chiqmang, jarohat olishingiz ehtimoli bor. Salomatligingiz pand bera boshlasa, xalqona usullar yordamida ham muammoni hal etaversangiz bo‘ladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun oila yoki do‘stlar davrasida miriqib dam olishingiz kutiladi. Ba’zilar tabiat qo‘yniga chiqib dam olishni mo‘ljallagan bo‘lsa, bu ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Ishxonangizda shtatlar qisqarishi yuz berishi kutiladi. Shuning uchun zimmangizdagi majburiyatlarni sidqidildan bajarish harakatida bo‘lavering. Kechqurun ayrim do‘stlarimiz o‘zini lohas his eta boshlashi mumkin. Vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ying. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

16 yanvarda moliyaviy mukammallikni asrab qolish uchun har qanaqasiga harakat qiling. Buning uchun kuch va imkoniyatlar, bardoshingiz yetib ortadi. Basharti pul masalasida boshi berk ko‘chada qola boshlaganingizni his etsangiz, darrov tanishlar, qarindoshlar yordamiga tayanish payida bo‘ling. Muhabbatda his-tuyg‘ularga erk bermang. Aks holda noto‘g‘ri yo‘l tutib qo‘yishingiz, bu juftingiz va tanlaganingiz bilan o‘zaro munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatligini mustahkamlash harakatiga tushishlari zarur.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz anchagina og‘ir kechishi kutiladi. Rahbariyat bilan kelajakdagi ishlar haqida jiddiy gaplashib olmasangiz bo‘lmaydi. Bu yo‘lda hamkasblarning ba’zilari sizga bajonidil yordam berishga shay turibdi. Ish ekan deb o‘ta faol bo‘lish ham to‘g‘ri kelmaydi. Ora-sirada nafas rostlashga ham o‘rin ajratishingiz lozim. Dam olish jismoniy jihatdan qayta tiklanishda katta yordam beradi. Omadingizni bersin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

16 yanvarda omadga erishishingiz, muhabbatda ishlaringiz o‘ngidan kelishi uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Qo‘ldan berib qo‘ymang. Qanday vaziyatga tushishingizdan qat’i nazar xotirjamlikni bo‘shashtirmang. Tadbirkorlar kechqurun internet yoki telefon orqali hamkorlar bilan kelajak rejalarni muhokama qilishlari mumkin. Bugun uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi. Salomatlikka ehtiborni susaytirmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kunning birinchi yarmida ziyofatda ishtirok etishingiz kutiladi. Ziyofatda ajoyib bir inson bilan tanishib qolishingiz mumkin. Oilasizlar bu uchrashuvni romantikaga aylantirib yuborishlari ham ehtimoldan xoli emas. Sizga so‘z berishsa, qisqa so‘zlash bilan cheklaning. Ko‘z tegishi mumkin. Sirlaringizni hatto yaqin insoningizga ham aytmang. Basharti kechga yaqin hasadchi yo firibgar ta’qibiga uchrasangiz, sukut saqlagan holda g‘olib bo‘lish harakatida bo‘ling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

16 yanvar kuni ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Yangilari ham, qolib ketgan ishlar ham sizni nafas rostlashga-da qo‘ymasligi mumkin. Lekin buning mukofoti uzoq kutdirmoqchi emas. Kechki payt albatta olasiz. Tashkilotchilik, islohotchilik kabi hech kimga ma’lum bo‘lmagan qirralaringiz bugun oshkor bo‘ladi. Qayg‘uga botmang, bu siz uchun faqat naf keltiradi. Kechqurun qarindoshlar va do‘stlar olqishi ham siz uchun bo‘ladi. Oilasizlar bugun romantik lahzalarga oshno bo‘lmasliklari tayin. Har bir yaxshilikning ham o‘z kun, soati bor-da!

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

O‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlarni deb joningizni qiynamang. Bundan ko‘ra shaxsiy ishlaringizni do‘ndiravering. Yashirin iste’dodingizni ishga solsangiz, hamkasblar qarshisida g‘olibona boshni baland ko‘tara olasiz. Kunning ikkinchi qismida eski qadrdonlar bilan janjallashib qolishingiz xavfi bor. Ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

16 yanvarda professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda kechikishga aslo yo‘l qo‘ymang. Barcha yumushlarni o‘z vaqtida bajarsangiz, moddiy ahvolingiz ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Bugun tavakkalchilikka yo‘l qo‘yish, shubhali loyihalarga pul tikish ko‘ngilsizliklarnigina hadya etadi. Tajriba va qat’iyatlilik sizga yuqori lavozimlarni egallashda katta yordam beradi. Sog‘lig‘ingizni asrang. Bugun zinhor olis safarga otlanmang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 16 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?