QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ilgari tashlab qo‘yilgan ishlarni yakuniga yetkazishingizga to‘g‘ri keladi. Bu nafaqat ish, balki o‘zgalar bilan muloqot ham bo‘lishi mumkin. Atrofdagilarga ishoning, ammo ishonchingizni nazoratda ushlashni ham unutmang. Pul masalasidagi har qanday tavakkalchilik sizga faqat ziyon yetkazadi. Aqlni ishlatib, sergaklikni qo‘ldan bermagan holda harakatlar sodir etsangiz, aksincha, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lasiz. Sog‘lig‘ingiz yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Balki vrach qabuliga kirishingiz kerakdir?
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
17 yanvarda martabangiz yuqori darajada bo‘lishini xohlasangiz, o‘zingizga topshirilgan ishni muddatidan oldin bajarishga o‘rganishingiz lozim. Xotirjamlik qachonki firibdan, yolg‘on-yoshiqlardan nari bo‘lsangizgina nasib etadi. Oila qurmaganlarga muhabbatda omad kulib boqadi. Siz romantik tanishuvni boshdan kechirasiz. Tanlaganingiz odam qiyofasidagi farishta deyishsa, ishonavering. Bugun qisqa masofaga uyushtiriladigan safar, kichik xaridlar xayrli kechadi. Ayollar, qizlar tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratib qo‘yishni unutmasinlar.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
17 yanvar kuni muhabbatda olijanoblikka yon berishingiz kerak. Ayniqsa, oila qurmagan bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingizga haqiqiy tuyg‘u qanday bo‘lishini amalda isbotlang. Oilali bo‘lsangiz, yetakchilikka da’vo qilmang. Bu narsa ortiqcha tashvish keltiradi xolos. Jamoaviy tarzda bajariladigan ishlar ko‘proq daromad keltiradi. Shu bahonada ko‘zlangan ezgu maqsadlarga erishasiz. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Zimmangizdagi ishga ijodiy yondoshing. Rejalarni erinmasdan sinchkovlik bilan nazoratdan o‘tkazing. O‘zingizga ishongan holda ish tuting. Qarindoshlardan yordamingizni ayamang. To‘g‘ri, oiladagi ba’zi tasodiflar asablaringizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin bu janjallashish uchun bahona bo‘la olmaydi. Muhabbatda qaysarlarcha ish ko‘ring. Orzuning ortidan qolmang. Unga ertami-kechmi, baribir yetib olasiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
17 yanvarda kimlarnidir ranjitib qo‘ygan chiqsangiz, albatta uzr so‘rang. G‘ururni pastroqqa tushiring. Yangi joyga ishga joylashgan bo‘lsangiz, yangi muhitga ko‘nikish harakatida bo‘ling. Moliyaviy muammolar, oila tashvishlari, ro‘zg‘ordagi kemtiklar baravar boshingizga yog‘iladi. Sal hushyorroq, harakatchanroq bo‘lsangiz, barchasini ko‘ngildagidek ado etasiz. Kechqurun ovqatlanish rejimini buzmagan holda kechki taomni iste’mol qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Muhabbatda qaltis o‘yinlarni o‘ylab topishdan tiyiling va juftingizga haqiqiy tuyg‘ularingizni oshkor eting. Moddiy ahvolingiz kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘lishi mumkin. Ish joyingizda hammasi risoladagidek kechadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar har doimgidek dorilarini vaqtida ichishlari, ehtiyotkorona harakatlar sodir etishlari zarur. Xastalik qaytalanish pallasida ekanini sezib qolsangiz, darrov chorasini toping.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
17 yanvar kuni o‘tgan kunlardagi siz uchun bo‘lmag‘ur ko‘ringan ishlar asosiy daromadni hadya etishi mumkin. Muhabbatda muloyim, mehribon oshiq rolini ijro qiling. Juftingizga, suyganingizga prinsiplaringizni namoyish etishdan nari bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar qon bosimi sakrashi natijasida o‘zlarini yomon his eta boshlashlari kutiladi. Vrach qabuliga shoshiling. Kechqurun yolg‘izlikda dam oling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Hayotga optimistik nazar bilan boqing. Aks holda o‘z xatolaringizni ko‘rib ham asabiylasha boshlaysiz. Bu esa oqibatda ko‘ngilsizliklarga, xastaliklarga sabab bo‘lishi hech gap emas. Bugun yoshlarga tajribangizni o‘rgating, yangi ishga kirgan hamkasblarga ish, muhit va boshqa masalalarda maslahatlar bering. Agar ortiqcha vazndan qiynalayotgan bo‘lsangiz, mutaxassis yordamida bu muammoga qarshi kurash boshlashingiz ham mumkin. Salomatlikni asrang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
17 yanvarda hamkasblarni tanqid ostiga olishdan nari bo‘ling. Buning o‘rniga o‘zingizga xos ba’zi kamchiliklarni yo‘q qilish harakatiga tushing. Bugun mo‘may daromad olish, bankdan katta miqdorda kredit olish, yirik xaridlarni amalga oshirish muvaffaqiyatli kechadi. Ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling, iloji bo‘lsa, parhez boshlang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ilgari o‘zingiz uchun qo‘rqinchli, yoqimsiz narsalarga bugun real nazar soling. Ular siz o‘ylaganchalik qo‘rqinchli emas. Idealning ortidan quvmang. Kun davomida aldovlar, firib, o‘g‘irlik kabi yoqimsiz vaziyatlarni boshdan kechirishingiz ehtimoli bor. Kechqurun qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishadi. O‘ylab ham o‘tirmay, rozilik bildiring. Chunki bunday takliflar har kuni tushavermaydi. Salomatlikni saqlang, mevalarni, sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling, immunitetni ko‘taring.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
17 yanvarda oldingi saflarda bo‘lishingiz kutiladi. Sizdagi shiddat, g‘ayrat har qanday ishni do‘ndirish, har qanday muammoni bartaraf etishingiz uchun keng yo‘l ochib beradi. Muhabbatda ham xuddi shunday yo‘l tutsangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi. Uy, mashina ta’miri, uy yig‘ishtirish, xo‘jalik ishlarini ado etish bugun omadli kechadi. Kechqurun do‘stlardan biri sizga qo‘ng‘iroq qilib, ko‘ngilsizroq xabar yetkazishi mumkin. Lekin bu xabarning sizga umuman aloqasi yo‘q.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Baliq burjida tavallud topganlar bugun tuyg‘ularga, emotsiyaga suyangan holda ish tutishlari kerak. Hiyla, nayrang yo‘li bilan hech narsaga erisha olmaysiz. Muolajalar olish, jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazish bugun qulay va foydali kechadi. Zararli odatlarni ham aynan bugun tashlasangiz, yaxshi bo‘lardi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi