QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz to‘s-to‘polon bilan o‘tishi kutiladi. Bu ramziy ma’noda, albatta. Shaxsiy hayotdagi hamda moliyaviy muammolarni juda tez fursatda ijobiy hal etib tashlaysiz. Vaziyat shuni taqozo etadi. Rahbarlar bilan kun davomida janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Ammo bu ishingizga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi. Oila qurmaganlar yana bir «asal kuni»ni boshdan kechirishlari mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Juftingizga e’tiborni yanada kuchaytirmasangiz, orangizga sovuqchilik tushishi ehtimoldan xoli emas.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 yanvarda ish masalasida omadingiz kulishi tayin. Lekin muhabbatda bardoshli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, shu narsa ayni sizga taalluqli. Har qanday ishni ado etishda arzimagan imkoniyatdan ham unumli foydalanishga harakat qiling. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizning o‘tmishini zinhor surishtirmang. Bu birinchidan, etikaga to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan, oradagi qaynoq munosabatlarga putur yetishi mumkin. Kechqurun yoshi ulug‘ qondoshlardan birining ishi bilan boshqa shaharga safar qilishingiz kutiladi. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Qaysidir ishda yordam so‘rashingiz kutilayotgan odam bilan uchrashib, gaplashishga shoshilmang. Bundan baribir naf chiqmaydi. Aksincha, bo‘ladigan yordamning ham beliga tepasiz. Bilim olish, malaka oshirish va hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dodini namoyish etadiganlar uchun 18 yanvar omadli kechadi. Moliyaviy masalada prinsiplarga tayangan holda ish tutsangiz, tez muddatda boyib qolishingiz tayin. Faqat salomatlik haqida ham o‘ylashni unutmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 yanvar kuni o‘zingiz yaxshi tushunmaydigan ishlarga aralashmang. O‘zgalar ishiga aralashish katta janjallarga sabab bo‘lishi mumkin. Pulni tejab ishlatishda me’yorni oshirib yubormang. Shunday qilingki, ham tejamkorlik yaxshi kechsin, ham zahiradagi pullar ma’lum muddatga qadar yetadigan bo‘lsin. Oilasizlarning ayrimlari kechqurun romantik uchrashuvga chiqishlari kutilmoqda. Bu tez orada to‘yga aylanib ketishi ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun ovqatlanishda nihoyatda sergak bo‘ling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Anchadan beri birga ishlamay qo‘ygan, hatto, muloqot ham yuritmay qo‘yayozgan odamlar bilan orangizda masofa bo‘lishini ta’minlang. Ayniqsa, bu tijoratchi va tadbirkorlarga tegishli. Yaqinmi, uzoqmi, ishqilib, o‘tmishga hadeganda qaytavermasangiz, yangi ishlar, loyihalar uchun keng yo‘l ochiladi. Bugun sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish va shamollashdan saqlanish kabi amallar sizga katta foyda beradi. Juftingiz bilan yanada ahil bo‘lishga harakat qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 yanvarda eng qulay imkoniyatlardan foydalanishni uddalay olmasangiz, shaxsiy hayotingizda jiddiy omadsizlik kelib chiqadi. Ko‘zlangan ezgu maqsadlarga yetishda nafaqat pul, balki yetarlicha bilim ham kerak bo‘ladi. Agar hammasi joyida bo‘lsa, omad siz tarafda deyavering. Sport musobaqalarda ishtirok etish bugun muvaffaqiyat keltiradi. Surunkali xastalikka chalinganlar o‘zlarini ehtiyot qilsinlar. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi kutilmoqda.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Munosabatlarda mavjud minuslarni yo‘q qilish uchun juftingiz bilan jiddiy gaplashib oling. Hech narsadan qo‘rqmang, tuyg‘ularingizni o‘zingizda saqlab qoling. Olis safarga otlanish, organizmni jismonan zo‘riqtirish bugun yaxshilik keltirmaydi. Yoga bilan shug‘ullanish esa aksincha foyda keltiradi. Ovqatlanishda me’yorni biling, sportli ichimlik va shu kabi zararli odatlardan voz kecha boring. Ishingiz kompyuter bilan bog‘liq bo‘lsa, haddan tashqari uzoq vaqt o‘tirib qolmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
18 yanvar kuni tadbirkor bo‘lsangiz, yangi shartnomalarni imzolash, muhim hujjatlarni rasmiylashtirishda sergak bo‘ling. Yo‘qsa, katta yo‘qotishga yuz tutishingiz turgan gap. Juftingiz bilan munosabatlarda muammo paydo bo‘lishi mumkin. Vaqtincha emotsiyani jilovlab turishingizga to‘g‘ri keladi. Oldindan tabiat qo‘ynida dam olib qaytishni reja qilgan bo‘lsangiz, rejani buzishingiz zarur bo‘ladi. Salomatligingiz pand berishi kutiladi. Albatta vrach ko‘rigidan o‘ting. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Atrofdagilarga yaxshilab, quloqni ding qilgan holda nazar soling. Kimdir o‘zingiz haqingizda gapirayotgani, sizni muhokama qilayotganiga guvoh bo‘lasiz. Basharti bu yomonlashdan boshqa gap bo‘lmasa, darhol chorasini ko‘ring. Moddiy ahvolingiz bugun yaxshilana qolmasligi mumkin. Biroq zahiradagi pullar yetarli. Tashvish chekib o‘zingizni qiynamasangiz ham bo‘ladi. Kechqurun do‘stlar davrasida dam olishingiz kutiladi. Uxlashga yotishdan oldin yolg‘iz qolib, ertangi kun rejalarini xomcho‘t qilib oling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
18 yanvar kuni shaxsiy hayotingizda kichik ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi mumkin. Ammo sizda iroda kuchi ham, sabr-bardosh ham yetarli. Ularni yengib o‘ta olasiz. Moliyaviy masalada ham omadsizlikka uchrashingiz kutiladi. Lekin bu yirik yo‘qotish emas. Kun davomida do‘stlar davrasida dam olish, sportzalda sevimli sport turingiz bilan shug‘ullanishingiz, yangi parhezni o‘ylab topishingiz uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Gap salomatlik haqida keta boshlasa, sira erinmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun barcha istaklaringiz ham amalga oshavermaydi. Ayniqsa, ijobiy hal bo‘lishiga qattiq ishongan istaklaringiz amalga oshmasligi yomon-da. Rahbariyat bilan o‘tadigan suhbat ham qandaydir zerikarlidek tuyuladi. Bu ham yetmagandek, maoshingiz oshirilishini talab qilasiz-u, baloga qolasiz. Bunday vaziyatlardan chiqib ketishning yagona yo‘li boshqa ish topish ekanini unutmang. Kechqurun xasta qondoshlardan xabar olib, ko‘ngillarini ko‘taring. Buning savobi cheksiz bo‘ladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 yanvarda juftingiz bilan orangizdagi ba’zi tushunmovchiliklarga nuqta qo‘yiladi. Ko‘p vaqt uyqusiz kechgan kechalar nari chekinadi. Ovqatlanishda og‘ir hazm bo‘luvchi taomlardan nariroq yuring. Ortiqcha vazndan shikoyati borlar bu tavsiyalarni bir umrga yodlab olishlari zarur. Mabodo ortiqcha vazn orttirib ulgurgan bo‘lsangiz, tez diyetolog qabuliga boring.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi