10:03 / 19.01.2018
4 811

Ilhomlanish qanday paydo bo‘ladi?

Ilhomlanish qanday paydo bo‘ladi?
Ijodkor insonlar olimlar kabi g‘oyalar inqiroziga uchrab turishadi. Yangi g‘oyalarni har bir inson o‘zicha yaratadi. Shuningdek, inson ijodiy qobiliyatlarni namoyon qilganda miyada sodir bo‘lgan jarayonlar individual ham emas.

Avstriya va Xitoyning xalqaro psixologlar jamoasi bir qator tajribalar o‘tkazib, ijodiy kishilarning neyronal faolligini aniqlashdi. Tajriba davomida ko‘ngillilarning miyalari tomografiya qilindi, ular esa original fikrlarni o‘ylay boshlashdi. Buning uchun ishtirokchilarga ob’ektning obrazi ko‘rsatildi va ular 12 daqiqa ichida uni qo‘llashning noodatiy usulini taklif etishlari kerak edi.

Ijodga to‘sqinlik qiluvchi asosiy narsa bu oddiylik. Ya’ni miyaga kelgan oddiy fikrdan xalos bo‘lish va undan so‘ng boshqa bir mukammal g‘oyani o‘ylash qiyin jarayondir. Shu bois, olimlar ob’ektlarga kreativ yondashuv nuqtai nazardan, ishtirokchilarni ikki guruhga: ijodkor va eng ijodkor ishtirokchilarga bo‘ldilar. Natijada ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan insonlar miyaning 3 ta neyron tarmoqlari o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatgani aniqlandi.

Tadqiqot davom etmoqda va ikkinchi bosqichda olimlar miya faoliyatini turli ijodiy vazifalarda, masalan, san’at va ilm-fan sohasida qanday farq qilishini va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish mumkinligi darajasini aniqlash istagida.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ilhomlanish qanday paydo bo‘ladi?