QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Esda tuting, bugun qaysarlik yaxshilikka olib bormaydi. Agar gap pul haqida borsa, bu odat har qanday odamni yo‘qsillikka mahkum etishi hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Bu professional kasbingiz bilan bog‘liq faoliyatingizga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qizlar, ayollar garderoblarini yana bitta ko‘ylak bilan boyitsalar bo‘ladi. Bugun kechqurunga borib moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 yanvarda ishlaringiz shu qadar ko‘payadiki, rejadagi safar va shaxsiy hayot bilan bog‘liq yumushlarni ortga surishingizga to‘g‘ri keladi. Hamma ishni birdan bajarib yuborishga urinmang. Jismoniy zo‘riqish toliqtirishi mumkin. Elektr quvvatiga ishlaydigan uskunalar bilan ehtiyotkorona tillashing, jarohat olishingiz xavfi bor. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Darvoqe, bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutilmoqda. Basharti surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz-u, davolanish vaqti yetgan bo‘lsa, ortga surmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Tashqarida qattol sovuq hukm surishiga qaramay, sizning kuningiz quyoshli bo‘ladi. Hazil-mutoyibaga moyillik ko‘plab ko‘ngilsizliklarni chetlab o‘tishda katta yordam beradi. Moliyaviy masalada ishlaringiz baroridan kelishini istasangiz, martabam oshsin desangiz, mehnatdan qochmang. Chin ko‘ngildan, bearmon ishlang, huzurini albatta ko‘rasiz. Eskirgan kasallar qo‘zg‘alish xavfi sezilmoqda. Shuning uchun oldini olib vrach maslahatini olsangiz, yomon bo‘lmasdi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
20 yanvar kuni sportning faol va xavfli turlari bilan aslo shug‘ullanmang, jarohat olishingiz hech gap emas. Kunni xotirjamlikda o‘tkazishga harakat qiling. Juda bo‘lmasa, sevimli xobbingiz bilan chalg‘ing. Ishxonada hech bir hamkasbdan o‘z manfaatlaringiz yo‘lida foydalanishga urinmang. Oilasizlarni kechqurun romantik uchrashuv kutadi. Ayrim yigitlarimiz uchrashuv bahonasida sevgilisiga ko‘ngil izhorini to‘kib solishi ham ehtimoldan xoli emas.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuch va imkoniyatlarni nihoyatda tejab sarflang. Aks holda ishlaringiz ortga ketib, buning ustiga jismoniy zo‘riqish tufayli depressiya holatiga tushib qolishingiz mumkin. Bugun o‘zingiz uchun yoqimli va hurmat-izzatli odamlar bilan muloqotda bo‘ling. Tadbirkorlar hamkorlar bilan ishlashda shartnoma shartlariga qat’iy amal qilishlari zarur. Muhabbatda rashk balosini chetga sura olmasangiz, juftingiz bilan orangizda jiddiy kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi turgan gap.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
20 yanvarda ilgarigi arazlar, mayda-chuyda ko‘ngilsizliklarga ko‘z yumgan holda olg‘a bosing. Ishda jismoniy zo‘riqishga uchrashdan saqlaning. Aks holda kechqurunga borib o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz, jiddiy xastalikka yuz tutishingiz mumkin. Moddiy ahvolingiz puldorlar yordamisiz ham bugun oson hal bo‘ladi, tashvish chekmang. Kechqurun yaqin do‘stlardan yoki hamkasblardan biri sizni mehmonga chaqirishi kutilmoqda. Mehmondorchilik sizga qo‘shimcha xush kayfiyat hadya etadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Oilasi yo‘q yigitlarning aksariyati bugun muhabbatda haqiqiy jasurlarcha ish tutishadi. Bu bo‘lg‘usi juftingizning sizga bo‘lgan mehrini o‘n chandon orttirishi tayin. Oilalilar esa kun davomida jufti bilan sen-menga borishi kutiladi. Shubhasiz, bu katta janjalga aylanmaydi. Chunki sizlarni yoshi ulug‘ qarindoshlardan biri o‘rtaga tushib yarashtirib qo‘yadi. Qo‘lingizda bor pullarni qaysidir yo‘llar bilan ko‘paytirishga harakat qiling. Salomatlikka e’tiborsiz qolmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
20 yanvar kuni juftingizga nisbatan rashk hissini sir tutishingiz lozim. Bu oradagi iliq munosabatlar saqlanib qolishini ta’minlaydi. Ishda esa mehnatsevarga aylaning. Ter to‘king, faqat oldinga intiling. Hamkasblar bilan raqobat qilsangiz-da, baribir siz g‘olib bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida shaxsiy yumush bilan boshqa shaharga borib kelishingiz ehtimoli bor. Shamollagan, yo gripp yuqtirgan bo‘lsangiz, xastalik to to‘liq chekinmaguncha organizmni zo‘riqtirmay turing. Moddiy ahvolingiz kechqurun yaxshilanishi kutilmoqda.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz unumli kechadi. Yo‘lingizda uchraydigan to‘siqlarni bir hamla bilan itqitib keta olasiz. Sizga hamkasblar yoki do‘stlarning yordami ham kerak bo‘lmaydi. Kesadigan, elektr quvvatiga ishlaydigan asboblardan foydalanishda sergak bo‘ling. Yo‘qsa, jiddiy jarohat olishingiz mumkin. Kechqurun ishxonangizdagi rahbarlar sizni favqulodda xizmat safariga jo‘natishlari kutiladi. Lekin bu safar sizga har jihatdan naf keltiradi. Kechqurun ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlarga qaramaganingiz ma’qul. Hasadchi hamda g‘iybatchilarni aylanib o‘tishga harakat qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
20 yanvar kuni ish masalasida mushkulotlarga duch kelmaysiz. Sababi, kayfiyatingiz a’lo bo‘ladi. Tushga yaqin qarindoshlar qo‘ng‘iroq qilaverib ishlashingizga xalal berishi mumkin. Sportzalda astoydil shug‘ullanish bugun naf keltirmaydi. Ilojini topsangiz, har qanday turdagi jismoniy zo‘riqishlardan qoching. Kechqurun olisdan yoqimsiz xabar eshitishingiz kutiladi. Bu kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo tashvish chekmang, bu taxlit vaziyatlar juda tez fursatda barham topadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Agar rahbarlaringiz sizni kabinetiga chorlasa, birinchi navbatda emotsiyani jilovlashni unutmang. Bu muloqot davomida qanday ishlash haqida zinhor fikr yurita ko‘rmang. O‘zingizga tashvish orttirasiz. Vaziyatni chigallashtirasiz. Bugun zararli odatlarni tashlash, sport bilan shug‘ullanish, olis safarga otlanish muvaffaqiyat keltiradi. Kechqurun qandaydir tantanaga taklif etishlari mumkin, bormang. Oila davrasida dam oling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
20 yanvarda bilibmi-bilmaymi, do‘stlardan biriga yolg‘on gapirib qo‘yishingiz ehtimoli bor. Asosiysi, o‘zingizni ham aldashga harakat qilmang. Olis safarga otlanish, vrach ko‘rigidan o‘tish, xastalikni xalqona usullar yordamida davolash xayrli kechadi. Ijod kishilari kun davomida yanada ko‘proq muxlis orttirib, mashhurlikning yuksak cho‘qqilarini zabt etish imkoniga ega bo‘lishadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar