22:23 / 23.01.2018
8 929

Munajjimlar bashorati: 24 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 24 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Shubhali ishlardan, vaziyatlardan saqlaning. O‘zingizga haddan ziyod ishonib yubormang. Tafakkurni ishga solgan holda to‘g‘ri qarorlar chiqarsangiz, o‘zingiz janjallashib qolgan insonlar bilan yarashishingiz oson kechardi. Kimlardir sizga bosim o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymang. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi do‘stlarimiz xizmat safariga chiqib kelishlari ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun esa sizga qadrdon do‘stlardan biri kutilmagan sovg‘a hadya etishi kutiladi. Salomatligingizni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
24 yanvarda moddiy jihatdan anchagina baquvvatlashib olishingiz uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Faqat ulardan qanday foydalana bilishingiz qoladi xolos. Ish bajarishdami, munosabatlardami, an’ana va prinsiplardan chekinmang. Oilada qaysarlik, injiqlik, ko‘p tanqid qilish kabi odatlarni chetga surib qo‘ya olsangiz, yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizga putur yetmasdi. Taqdirda boriga shukr qiling. Kechqurun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga albatta amal qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Moliyaviy masalada omadingiz haddan tashqari zo‘r bo‘lib ketmasa-da, fojia ham yuz bermaydi. Har holda katmoningizda pul bo‘ladi. Ishxonadagi yumushlarni ado etishda strategik usullardan foydalana bilsangiz, hamkasblarni ortda qoldirib, mukofotning mo‘mayiga egalik qilasiz. Ba’zilar kechki paytga borib ovqatdan zaharlanishi yoki gastritdan bezovtalanishlari mumkin. Oldini olib mutaxassisga uchrashni unutmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
24 yanvar kuni atrofdagilar bilan suhbatlarda tilga ehtiyot bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Ehtiyotkorliklarsiz aytilgan bir nojo‘ya so‘z ham kim bilandir orangizga qorong‘ulik solib qo‘yishi hech gap emas. Yoshi ulug‘lar bilan tillashganda albatta masofa saqlang. Tadbirkor bo‘lsangiz, prinsiplaringizdan voz kechmagan holda ish tuting. Ana shunda o‘ta foydali shartnomalar, kelishuvlar yuzaga keladi. Muhabbatda oilasizlar buguncha tanaffus qilib turishlariga to‘g‘ri keladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ichki intizomni qattiq ushlang. Agar ichki intizom buzilsa, pul ham, dam olish-u xush kayfiyat ham yaqiningizga kelmasligi tayin. Odamlar bilan gaplashganda, g‘ururni chetga surib qo‘yganingiz ma’qul. Oilada og‘ir-bosiqlik bilan ish ko‘ring. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar yirik xaridlarni amalga oshirishi kutilmoqda. Bunga haqlisiz. Chunki moddiy jihatdan ahvolingiz juda yaxshi. Kechqurun shamollashdan, gripp yuqtirishdan juda ehtiyot bo‘ling. Toza havoda sayr qilishni ham unutmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
24 yanvarda erta turib, Yaratgandan astoydil so‘ragan holda ish boshlasangiz, kun davomida sizni muvaffaqiyat va yutuqlar tark etmaydi. Ba’zilar kun bo‘yi lotereyadan katta pul yutib olishlari ham ehtimolga yaqin. Asosiy ishni unutib qo‘ymang, aks holda mukofotdan quruq qolasiz. Qarindoshlar bilan muloqotda bardoshli bo‘ling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, qishli-qirovli kunlarda o‘zingizni juda ehtiyot qilishingiz, muolajalarni o‘z vaqtidan kechiktirmay olishingiz zarur bo‘ladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Erkakmisiz, ayolmisiz, baribir soxta xushomad, ko‘ngil izhorlaridan saqlaning, yog‘li taomlardan yuz buring va ko‘proq piyoda yuring. Bularning barchasi sizning kun davomida omadga hamroh bo‘lishingizni ta’minlaydi. Juftingizga alohida e’tibor qarating. Iloj topsangiz, esdalik uchun biror sovg‘a taqdim eting. Xushomadlar ham ziyon qilmaydi. Kechqurun ertaroq uxlashingiz tavsiya etiladi. Shundagina ertangi kun uchun yetarlicha kuch to‘play olasiz. Serqatnov yo‘llarda sergaklikni qo‘ldan bermang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
24 yanvar kuni oson yo‘l bilan muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini qidirib ovora bo‘lmang. Buguningiz astoydil ter to‘kib chin ko‘ngildan ishlasangizgina omadli kechadi. Shaxsiy biznesni yo‘lga qo‘yish, savdo, yirik loyihalarga katta pul tikish uchun 24 yanvar juda qulay va xayrli kechadi. Muhabbatda biroz bo‘shashishingiz kuzatilishi mumkin. Ammo bu juftingizga butkul e’tiborsiz bo‘lasiz degani emas. Kechki payt uydagi mayda ta’mir ishlari bilan shug‘ullaning. Omadingizni bersin!

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ilgari birgina so‘z natijasida oson til topisha olganlar bilan bugun sen-menga borib qolishingiz xavfi bor. Hoynahoy, bunga yo sizdagi, yo o‘sha odamlardagi noxush kayfiyat sabab bo‘lishi mumkin. Ishxonada har bir yumushga professional nazar bilan boqqan holda harakatlar sodir eting. Shunda rahbarlarni qoyil qoldira olasiz. Og‘riq nuqtalaringiz kechki paytga borib sizni zabtiga ola boshlashi mumkin. Bo‘ysunmang, yo‘qsa, boshi berk ko‘chaga kirib qolasiz. Ovqatni kun bo‘yi tanlab-tanlab iste’mol qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
24 yanvarda kuch va imkoniyatlarni sira ayamasdan zo‘r berib ishlang. Aks holda ishingiz bilan bog‘liq eng qulay imkoniyatlarni qo‘ldan berishingiz turgan gap. Shaxsiy hayotda xotirjamlik hukm surishini ta’minlang. Bu kelgusida o‘z mevasini beradi albatta. Oila qurmaganlar uchun bugun romantik uchrashuvlar uyushtirish, sayr-u sayohat muvaffaqiyatli kechadi. Faqat ortga chekinmasangiz bas. Salomatligingiz yomonlasha borishini sezganingiz zahoti chorasini ko‘ring. Yoshi ulug‘ qarindoshlardan xabar olishni ham unutib qo‘ymang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz garmoniyaga boy, xotirjam tarzda kechishi kutilmoqda. Hech kim bu xotirjamligingizni tortib ololmaydi. Hali birovlarga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizni ham aynan bugun namoyish etishingiz mumkin, albatta g‘olib bo‘lasiz. Shu narsa yangi tanishlar orttirishingizda ham muhim rol o‘ynashi mumkin. Kechqurun suzish mashqlarini bajarish salomatlikni mustahkamlashda asqotadi. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz ham o‘ngidan kelishi kutiladi. Hasaddan yiroq bo‘ling. Hasad butun boshli dunyolarni yiqitishga qodir. Shunday ekan, undan qoching.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
24 yanvar kuni xavotirlar, siqilishlar va tushkunlikka tushish uchun bahona bo‘lmaydi. Xayolan tasavvur qilib ham bu ko‘ngilsizliklarni hamroh eta bilmaysiz. Negaki, siz bugun faqat mamnunlik kayfiyatida yashaysiz. Xobbi, yoki bolalikdagi qiziqarli o‘yinlar sizni yaqin o‘tmishga olib ketishi ham ehtimolga yaqin. Yangi uyga ko‘chib o‘tish, kasbni o‘zgartirish bugun muvaffaqiyat keltiradi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyot bo‘ling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?