QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ertalabdanoq xushxabar eshitishingiz kutiladi. Bu kayfiyatingizni ko‘tarib, ishlaringiz baroridan kelishida turtki bo‘lsa ajab emas. Xavotir va tashvishlar o‘tmishda qoladi. Siz xotirjamlik bilan ishlaringizni uddalashda davom etasiz. Kunning ikkinchi yarmida qachonlardir bir ishda sherikchilik qilgan tanishingizni uchratib qolishingiz mumkin. Kechqurun ovqatlanishda ehtiyotkor bo‘ling. Madaniy xordiq ato etuvchi oilaviy bayram uyushtirsangiz ham ziyon qilmaydi. Asabni asrang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 yanvarda dunyoda qanday hodisalar sodir bo‘layotgani va boshqa hayotiy o‘zgarishlar bilan qiziqishingiz kutiladi. Lekin atrofdagilar bilan munosabatlarda juda kamgap bir odamga aylanasiz. Kun mobaynida nafaqat o‘zingiz, balki o‘zgalarning ham vaqtini qadrlang. Kechki payt mehmondorchilikka yo‘l olishingiz ehtimoli bor. Salomatligingizni asrang, asablar qaqshashiga sabab yaratmang. Immunitetingizni ko‘tarish payida bo‘ling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yorug‘ olamga optimist nazari bilan boqing. Shundagina kuningiz qayg‘u va omadsizliklarsiz kechishi mumkin. Ezgu maqsadlarni ko‘nglingizga jo qilgan bo‘lsangiz, ularga yetish yo‘lida olg‘a bosing. Suyganingiz kunning ikkinchi yarmida sizga o‘zingiz bir umr orzulagan buyumni hadya etishi mumkin. Gripp va shamollash alomatlari sezilsa, xalqona usullar yordamida muolajalar olsangiz bo‘ladi. Salomatlikni ko‘z qorachig‘idek asrang. Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun kechqurun albatta uchrashuv belgilanadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
25 yanvar hali birovlarga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizni keng ommaga namoyish etish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Buning natijasida odamlar orasida hurmatingiz ortadi, jamiyatdagi o‘rningizni mustahkamlab olasiz. Keragidan ortiq ovqat iste’mol qilish va spirtli ichimliklar ichishdan saqlaning. Me’yor buzilsa, bu faqat ko‘ngilsizlik keltiradi. Juftingiz bilan shirin suhbatlar kechqurun sodir bo‘lishi kutiladi. Gipertoniyaga yo‘liqqanlar ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermaganlari ma’qul.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Garchi do‘stlar, tanishlar, hamkasblar janjalga bahona qidirib, holingizni quritsalar-da, ruhiy mutanosiblikni yo‘qotmang. Sizdan yordam so‘rab murojaat etuvchilarga nisbatan adolatli bo‘ling. Ko‘ngillarini qoldirmang. Muhabbatda oilasizlarga temir intizom, bardosh va jasorat juda zarur. Busiz maqsadga yetib bo‘lmaydi. Har jabhada g‘alabadan umidvor bo‘lsangiz, vaziyatni to‘g‘ri baholashga harakat qiling. Sog‘lig‘ingizni tashqi xavflardan himoya qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
25 yanvar sizning kuningiz emasga o‘xshab turibdi. Kuch, shahd, tashabbus kabi ajoyib xislatlar qayerdadir pana-pastqamda sizdan berkinib olishi mumkin. Shularsiz ishlaringiz unumli kechishi ham mushkul bo‘ladi. Ammo tushdan keyin hech bo‘lmasa ish joyingizda kayfingiz biroz chog‘lanishi mumkin. Qisqartirishlarga tushmay qolasiz. Shunisiga ham shukr qiling. «Bundan ham battari bo‘lishi mumkin edi-ku!», degan xayol doim miyangizda aylangani ma’qul. Shunda asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, sokinlik, xotirjamlik hamroh bo‘la boshlaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Qarindoshlaringizga muloyim munosabatda bo‘ling. Hech birlarining shaxsiga, hamiyatiga tegadigan gap aytmang, bu katta janjalga sabab bo‘lishi mumkin. Tish do‘xtiri qabulida bo‘lish, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish va ayollar uchun go‘zallik saloniga borish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizni tanqid ostiga olsa, yo tanbeh bersa, yurakka yaqin olmang. Do‘st achitib gapiradi-da! Kechqurun uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
25 yanvarda sizni ko‘pchilik tanqid ostiga olishi mumkin. Bu o‘zingizni tutishingiz, ishxonadagi kamchiliklar tufayli bo‘lsa kerak. Bu kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Esda tuting, xotirjamligingizni hech kim buza olmaydi. Faqat bunga o‘zingiz sabab yaratmasangiz, bas. Yirik savdo firmasida ishlaydiganlar kunning ikkinchi yarmida xizmat safari bilan olisga jo‘nab ketishlari kutiladi. Turmush qurmaganlar, siz kechqurundan dunyolarni kuting, dunyo sizniki bo‘ladi. Ammo sevgan ko‘ngilga dunyoning ne hojati bor. Unga bir chimdimgina romantika bo‘lsa yetarli.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Elektr tokiga, yoqilg‘iga ishlovchi uskunalardan foydalanishda sergak turing. Jarohat olishingiz ehtimoli bor. Boshingizni duch kelgan devorga uraverishdan tiyiling. Muhabbatda chegaradan chiqmang. Bu sizni oxir oqibat yolg‘izlikka mahkum etishi hech gap emas. Qolaversa, chegaradan chiqishingiz bir kun kelib sizni yurak xastaligiga duchor etishi ham mumkin. Kechqurun albatta qatiq ichib yoting. Tushlaringiz yanada poklanadi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
25 yanvar kuni shaxsiy hayotingizda, professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda paydo bo‘ladigan har qanday to‘siqni sovuqqonlik bilan qarshi oling. Bu kun davomida muvaffaqiyatga erishishingizni ta’minlashi mumkin. Emotsiyani jilovga soling. Aks holda u sizni ko‘ngilsizliklar domiga tashlashi mumkin. Muhabbatda reallikka intiling. Suyukli insoningizning ko‘nglini qoldiradigan harakatlar sodir etmang. Kechqurun qo‘lingizga mo‘may daromad kelib tushadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun orzular ummonida suzadigan, ruhiy ko‘tarinkilik olamini kezadigan kun. Lekin ular asosiy ishlarni do‘ndirishda sizga jiddiy xalal beradi. Hatto, shaxsiy hayotdagi muammolarni bartaraf etishga-da ojiz qolishingiz turgan gap. Aksiga olgandek, muhabbatda ham omadingiz kela qolmaydi. Yuqumli xastaliklar bilan og‘rib qolishni xohlamasangiz, profilaktika qoidalariga qat’iy amal qilishingiz tavsiya qilinadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
25 yanvarda ishda vaziyatni chigallashtirmaslik uchun ruh va xohishlar masalasida tarozi pallasini teng tuting. Basharti yaqinda hamkasblardan biri bilan janjallashgan bo‘lsangiz, u bugun o‘ch olishni niyat qilgan bo‘lishi mumkin, hushyor turing. Qarindoshlar maslahatiga amal qilishni ortga suring. Moddiy jihatdan ahvolingiz yaxshilanishi uchun daromad va xarajatni baravar qadrlang.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...