22:11 / 25.01.2018
8 616

Munajjimlar bashorati: 26 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 26 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar sizga omadli va xayrli kunni va’da qilishmoqda. Shaxsiy muammolardan nari bo‘lishni istasangiz, ishda faollikni oshiring, qo‘shimcha bilimlar oling. Moliyaviy masalada ham muvaffaqiyatlar ko‘zga tashlanadi. Buning natijasida o‘zingizga bo‘lgan ishonch ortadi. Kunning ikkinchi yarmida sizni ish joyingizdan favqulodda xizmat safariga jo‘natishlari mumkin. Ammo tashvish chekmang. Qolgan-qutgan tashvishlar yo‘l-yo‘lakay hal bo‘lib ketaveradi. Kechqurun ovqatlanish bilan bog‘liq rejim va me’yorlarga yana bir karra ko‘z tashlab oling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
26 yanvarda muhim uchrashuvlar, majlislar va rejaga kiritilmagan safarlar kutib qoladi. Bularning barchasi sizning foydangizga yakun topadi. Uy yumushlari bilan band bo‘lish, jihozlarni tartibga keltirish, joyini o‘zgartirish va uy ta’miri muvaffaqiyatli kechadi. O‘zingiz birinchi darajali deb bilgan xaridlardan pulni ayamang. Moddiy ahvolingiz hammanikidan yaxshi. Kechqurun uyingizga maktabdosh do‘stlaringizdan biri tashrif buyurishi kutiladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ishxonangizdagi muhit ertalabdayoq kayfiyatingizni ko‘tarib, ish unumdorligi oshishini ta’minlab beradi. Atrofdagilar bilan shirin muomalada bo‘lish, har jabhada osongina, qaysarliklarsiz, prinsiplardan voz kechgan holda kelisha bilishingiz sizga faqat foyda keltiradi, shuni unutmang. Mabodo vaziyat kun davomida qaltis tus ola boshlaganini sezsangiz, sira tashvish chekmang. Xudodan so‘rasangiz, bas, inshoolloh g‘amlaringiz ariydi. Boshi berk ko‘chada qolmaysiz. Salomatlikka alohida e’tibor qarating.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
26 yanvarda ko‘proq vaqtingizni dam olishga, meditatsiyaga va atrofda bo‘layotgan ishlarni kuzatishga sarflang. Basharti moliya masalasida anglashilmovchiliklar yuzaga kelsa, qayg‘urmang, muhabbatda albatta omadingiz chopadi. Oila qurmaganlar nihoyat ko‘nglidagi insonni uchratishadi va ikki o‘rtada romantik tanishuv sodir bo‘ladi. Kechqurun yaqin do‘stlardan biri sizga kutilmagan sovg‘a hadya etishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kimlardir yangi ishga kirish niyatida bo‘lsa, bugun ayni muddao, siz o‘sha korxona yoki tashkilot rahbarining alohida suhbatidan o‘tasiz. Suhbat a’lo davrajad kechadi va yana bir karra ish joyi tanlab xato qilmaganingizga amin bo‘lasiz. Tadbirkorlar uchun xizmat safarlari, kelishuvlar, yangi foydali shartnomalarni imzolash omadli o‘tadi. Ko‘pchilik qarshisida so‘zlamang, ko‘z tegishi mumkin. Kechqurun asablarni bo‘shashtiruvchi yengil mashqlarni bajaring.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
26 yanvar kuni qiziqarli uchrashuvlarni boshdan kechirasiz. Bundan tashqari, o‘zingiz yashab turgan manzilda kezib qo‘shimcha daromad olish harakatiga tushasiz. Bir so‘z bilan aytganda, kun bo‘yi ko‘chada bo‘lasiz va bu ishingizdan boshqalar ham o‘rnak olsa arziydi. Jismoniy zo‘riqishni boshdan kechirganingizni sezib qolsangiz, ishdagi faollikni pasaytiring. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlarga esa jismoniy zo‘riqish umuman tavsiya etilmaydi. Oilasizlar bugundan romantika kutmaganlari ma’qul.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Emotsiya bugun sizning foydangizga ishlay boshlaydi. Uning ko‘magida eng chigal muammolarni ham xamirdan qil sug‘urgan kabi oson bartaraf etishingiz mumkin. Yo‘l-yo‘lakay yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz kutiladi. Yoki eski qadrdonlardan birini uchratib qolishingiz ham ehtimoldan uzoq emas. Oshqozon va yurakda muammo paydo bo‘lmasin desangiz, ovqatlanishga va dam olishga alohida e’tibor qarating. Sababi, siz o‘zingizga nisbatan juda e’tiborsizsiz. Kechqurun zararli odatlardan voz kechish xayrli kechadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
26 yanvarda moliyaviy muammolarni hal etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishning mayda jihatlarini ham nazardan qoldirmang. Shundoq ham kommunal xizmatdan qarzlaringiz ko‘p. Shuning uchun moliyaviy masalani birinchi navbatda uddalashingiz kerak. Falokatga uchramaslik uchun serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun kimlardir serdaromad ishda sherikchilik qilishingizni, yana birovlar xorijda ishlashni taklif etishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz ajoyib kechadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar, tashkilot xodimi bo‘lsangiz, hamkasblar bilan til topishishingiz juda yengil kechadi. Faqat shunday yo‘l tutingki, oqibatda sizni ikkiyuzlamachiga chiqarib qo‘yishmasin. O‘zgalarning muammolariga ham e’tiborli bo‘ling. Yordam so‘raganlarga yordam bering. Salomatligingizni mustahkamlash, immunitetni ko‘tarish, asablarni tinchlantirish masalasini ham birinchi o‘ringa qo‘ying.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
26 yanvar kuni kattaroq katmon hozirlab qo‘ying. Kun davomida kutilganidan ham mo‘mayroq daromad egasiga aylanishingiz ehtimoli bor. To‘g‘ri, shunga yarasha xarajatlar ham oz emas. Biroq baribir daromad ustun keladi. Kam o‘ylanib, ko‘p harakatlar sodir eting. Bu sizning shioringiz bo‘lsin. Yaqinlaringizga, farzandlarga jiddiy e’tibor qarating. Meva-chevani mo‘lroq iste’mol qiling. Immunitetingiz ko‘tariladi. Uxlashdan oldin albatta qatiq iching, foydasini keyin sezasiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Juftingiz bilan munosabatlarda yanada ko‘proq his-tuyg‘uga ega bo‘lish harakatiga tushing. Aks holda rashk tufayli orangizga sovuqchilik tushishi hech gap emas. Ro‘zg‘or uchun yirik xaridlarni amalga oshirishingiz kutilmoqda. Biroq xavotirga o‘rin yo‘q. Moddiy ahvolingiz juda yaxshi. Kechqurun do‘stlar bilan birga ko‘ngil ochsangiz ham yarashadi. Yoki sport bilan shug‘ullaning, sevimli xobbingizga qayting, aqlli insonlar bilan suhbat quring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
26 yanvar kuni atrofdagilarning tanqidiga uchrashingiz kutiladi. Bu zimmangizdagi majburiyatlarni o‘z vaqtida ado etmaganingiz uchun bo‘lsa ham ajab emas. Kechqurun siz yomon ko‘radiganlardan kimdir qo‘ng‘iroq qilib kayfiyatingizni buzadigan xabar yetkazishi mumkin. Ishonmang, faqat qalbingizga ishoning. Toza havoda sayr qiling. Eng sevimli taomingizni iste’mol qilib, zavq oling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?