40 yosh – bu ajoyib davr. Aynan shu vaqtda biz o‘tgan umrimizga nazar solib, shu darajagacha yetib kelishimiz uchun nimalar qilganimiz haqida o‘ylab qolamiz.
Inson 20 yoshida ayni kamolotga yetib, jamiyatda o‘z o‘rnini topadi. Bu vaqtda yayrab, o‘ynab-kulib, har lahzani tashvishsiz o‘tkazishga harakat qiladi.
30 yoshda esa tanlagan kasbi, turmushimiz va farzandlar orqali jamiyatda o‘z mavqeimizni yaratishni maqsad qilamiz.
40 yoshni qarshi olganda biz o‘zligimizni yaxshi bilamiz va o‘z shaxsiy olamimizda xotirjam yashashni boshlaymiz. Chunki biz istagan orzularimizning asosiylariga yetishgan bo‘lamiz.
Biroq, hayotimizning ayni gullagan davri bo‘lgan 40 yoshda o‘zimizni xotirjam va qat’iy his qilish o‘rniga yuksalish va tezda qulash davri haqida qayg‘urib, ko‘plab majburiyatlarimizni amalga oshirish uchun tinimsiz harakatda bo‘lamiz. Ayni damda siz qilayotgan barcha ishlarning albatta, kelajakka ta’siri bo‘ladi. Agar siz o‘ttiz beshdan o‘tib, sochingizga oq oralab, qiriqqa yaqinlashayotgan bo‘lsangiz quyidagi mulohazalarga quloq tutishingizni maslahat beramiz.
1. Hayotingiz siz istaganingizdek bo‘lmaganidan nolishni bas qiling!
Yoshligimizda 30 yoshga kirgach, biz barcha narsaga aniq erishgan bo‘lamiz, degan tasavvurda bo‘lamiz: sevimli ish bilan shug‘ullanish, yaxshi uy, go‘zal turmush va farzandlar. Biroq hayot har doim ham biz o‘ylagandek davom etavermaydi. O‘ttiz yoshda inson atrofdagilardan katta bosimni qarshi oladi. Shunday holda, barchasi qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday sodir bo‘ldi, deb hisoblaymiz. Aks holda, o‘zimizni omadsizlikda ayblaymiz.
Bularning barchasiga biz o‘rganib qolgan modal fe’llar – «menda bo‘lishi shart», «men olishim kerak», «ishim zo‘r bo‘lishi lozim» kabi fikrlar sababchidir. Agar siz o‘zingizni ba’zan ojiz sezsangiz, xafa bo‘lmang. Shunchaki, hayotdan zavq oling, har bir narsaning o‘z o‘rni bor.
2. Kamroq ishlang.
Qirq yoshni qoralaganimizda biz asosiy o‘ringa ishni qo‘yamiz. Biz qancha ko‘p mehnat qilsak, shuncha baxt va muvaffaqiyatga erishadigandek tuyuladi. Ammo, vaqt o‘tgan sayin yaqinlarimiz bilan o‘tgan damlar biz tinim bilmay qo‘lga kiritishga uringan pullardan afzal ekanligini fahmlay boshlaymiz.
3. Ko‘proq tavakkal qiling.
Jamiyatdagi insonlarning bosimi va biz kutmagan natijalar oqibatida biron bir qaror qabul qilishda juda ham ehtiyotkor bo‘lib qolamiz. Natijada, biz o‘zimizni ko‘p narsalardan cheklashni boshlaymiz.
Sayohat qiling, orzuingizdagi mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Tavakkal qilishdan qo‘rqmang – siz yoshingiz o‘ttizdan oshgani uchun o‘z tilaklaringizdan voz kechishga majbur emassiz!
4. Sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiring.
Jismoniy zo‘riqish yetishmovchiligi va zararli taomlar iste’mol qilishga odatlanish qirqqa to‘lganingizda o‘zingizni qanday his etishingizni ko‘rsatadi. 50 yoshni qarshi olganingizda o‘z qomatingizni saqlab qolish va salbiy odatlardan voz kechish anchayin mushkul bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘proq sport bilan shug‘ullanishga va foydali taomlar yeyishga o‘zingizni o‘rgating. Keyinchalik o‘zingizga rahmat aytasiz.
5. Vaqtingizni ko‘proq ota-onangiz bilan o‘tkazing.
Biz ota-onalarimiz hamisha yonimizda bo‘lishadi, deb o‘ylaymiz. Ammo yoshingiz ulg‘aygach, ular qay darajada keksayib qolishganiga guvoh bo‘lasiz. Aynan shu davrda ko‘pchilik ular bilan birga bo‘lmaganidan afsuslanadi. Axir yillar o‘tgach, ular uzoq joylarga borib, dam olishga, tik oyoqda sayr qilishga o‘zlarida kuch topa olmay qolishadi. Shu sababli, ota-onangiz bilan ko‘proq birga bo‘lishga harakat qiling, suhbatlashing, birgalikda dam oling, qandaydir qiziqarli va maroqli ishlar bilan shug‘ullaning.
6. «Qariyapman» degan fikrdan xalos bo‘ling!
Ko‘pchilik 40 yoshni qarshi olgach, tushkunlikka tusha boshlaydi. Aynan shu sababli, ayrimlar «endi bu ish uchun kattalik qilaman» degan tushuncha bilan o‘zini ko‘p narsadan cheklashni boshlaydi. Lekin, aslida unday emas-ku! Hayotingizning navqiron yillari davom etayotganini unutmang.
Siz hanuz yoshsiz, imkoniyatlaringiz keng. Shunday ekan, o‘z irodangizni mustahkamlab, yangi orzular tomon intiling. Fikrlar namoyishi – bizning hayotimizni belgilab beradi. Sizdan talab qilinadigan birgina narsa – olamga o‘zgacha nazar tashlash va har qanday yoshda ham o‘zingizni baxtli his etish mumkinligini anglashdir.
Muazzam IBROHIMOVA tayyorladi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi