23:02 / 27.01.2018
9 193

Munajjimlar bashorati: 28 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 28 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Illyuziya qurshovida qolmaslik uchun bugun ushalmaydigan orzularni miyangizdan chiqarib tashlashingiz zarur bo‘ladi. Ishxonangizda hamkasblar bilan bo‘lib o‘tadigan bahs-munozaralar ish unumiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Lekin bahsni chuqurlashtirib yubormang. Muhabbatda esa juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizdan qat’iy qarorlar kutishiga qaramay, negadir ikkilanishlarga asir bo‘lasiz. Moliyaviy muammolar kechqurun ijobiy hal bo‘ladi inshoolloh. Sog‘lig‘ingizni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
28 yanvarda ish joyingizda obro‘yingiz qanchalar balandligini aniq his etasiz. Bu, shubhasiz, hamkasblar va rahbariyatning sizga bo‘lgan munosabatida o‘z aksini topadi. Olis safarga chiqish, mashina va uy ta’miri bugun muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingizga alohida yondashishingiz tavsiya etiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘yish ham ortiqchalik qilmaydi. Kechqurun faqat uyda vaqt o‘tkazing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ishga va hayotga yana bir bor jiddiy nazar tashlab oling. Shunda yo‘l qo‘yayotgan xatolaringiz yaqqolroq ko‘zga tashlanishi mumkin. Agar kasbingiz doirasida u qadar professionalga aylanib ulgurmagan bo‘lsangiz, bilim olishdan qochmang. Oilaviy hayotingizda ilgari ham bir-bir kuzatilib o‘tgan muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Oilada o‘zingizni tutishingizga alohida e’tibor qarating. Aks holda ba’zi odatlaringiz bilan uydagilarni qattiq ranjitishingiz hech gap emas.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 yanvarda yo‘lingizga bir dunyo tashvishli lahzalar ko‘ndalang bo‘lishi kutiladi. Bularni yengib o‘tish uchun vaziyatga optimist nazari bilan boqishingiz kerak. Ishingiz bilan bog‘liq reja va g‘oyalarni birovlarga oshkor etib qo‘ymang. Ayniqsa raqobatchilardan ehtiyot bo‘ling. Muhabbatda ham arazchiligingiz ishni buzib qo‘yishi mumkin. Ko‘ngilni keng qiling. Bu tashvish-u muammolar mehmon. Keladi-yu, ketadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Muammolaringiz shunchalar tez va oson bartaraf etiladiki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Oldinda esa yana yangi muvaffaqiyatlar hamda mo‘may daromad sizni kutib turadi. Bir so‘z bilan aytganda, kuningiz xuddi afsonalardagidek boshlanadi. Shaxsiy hayotda andisha va qo‘rquvga erk bermang. Oilasizlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari kutilmoqda. Ovqatlanishda tartibga amal qiling. Kunning ikkinchi yarmida ro‘zg‘or uchun asqotadigan buyumlarni, mahsulotlarni xarid qilishingiz kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
28 yanvar kuni eng yaqin insoningizning yordami, qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘lganingizni anglab yetasiz. Ammo tashvishga o‘rin yo‘q. Yolg‘izning yori xudo deb behuda aytishmagan. Ishlarni mustaqil boshlang, uyog‘iga xudoyimning o‘zi qo‘llaydi, inshoolloh. Juftingizni qadrlang, qadrsizlantirmang. Aks holda yolg‘izlik domida qolasiz. Sirlaringizni o‘zgalarga oshkor etmang. Ko‘cha-ko‘yda qarama-qarshi jins vakil hamda vakilalarining xushomadlaridan qoching. Xiyonatga duch kelsangiz, shafqatsizlarcha kurashing.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kunning birinchi yarmida martabangiz ilkis oldinga sidjishiga guvoh bo‘lasiz. Ana shuning o‘zi kayfiyatingizni yaxshilaydi. Ishlaringiz o‘ngidan kela boshlaydi. Qarindoshlardan kimdir sizga tushdan keyinmi yo kechqurunmi moddiy ko‘mak berishi mumkin. Demak, qo‘lga pul tushgach, eng zarur narsalarni xarid qilish kerak. Salomatligingizni asrang. Vitaminga boy mahsulotlarni doimiy tarzda iste’mol qiling. Immunitetingiz tushib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
28 yanvarda allakimlar sizga o‘zicha maslahat bera boshlashsa, jahlingiz chiqmasin. Ular aytgan masalada sizning ham mustaqil fikringiz bor. O‘z fikringizga tayanib ish tutavering. Maqsadga tartib bilan, mardona erishishga harakat qiling. Sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun kun xayrli kechadi. Ko‘proq piyoda yurishga intiling. Iloj topsangiz, velosipedda sayr qilish ham ziyon qilmaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi kunni imkon doirasida yaqinlaringiz bag‘rida kechiring. Uy yig‘ishtirish va kelajak rejalarni tuzish bugun alohida lazzat beradi. Kelgusida xatolar takrorlanmasligi uchun o‘tgan kunlardagi ishlarni xomcho‘t qilib oling. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar shaxsiy ish bilan boshqa shaharga jo‘nashlari mumkin. Ayrimlar esa olis safarga chiqishni mo‘ljallashgan. Safar sizga faqat yoqimli hislarni hadya etadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
28 yanvar kuni allakimlar bilandir joyga o‘xshash bir narsani talashishingiz kutiladi. Lekin darrov to‘xtashingiz kerak. Taqdirda boriga shukr qilishdan yaxshisi yo‘q. Kun davomida iloji boricha kuzatuvchiga aylaning, kam gapirib, ko‘p kuzating. Kunning ikkinchi yarmida ro‘zg‘ordagi jihozlar, uskunalardan biri ishdan chiqib qolishi mumkin. Oila qurmaganlar kechqurun tanlagani bilan uchrashuvga chiqadi, baxtga qarshi bu uchrashuv ularga xush kayfiyat taqdim etmaydi. O‘sal yotgan qondoshlar bo‘lsa, ularning holidan albatta xabar oling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuch-imkoniyatlarni bo‘lar-bo‘lmasga sarflab qo‘ymang. Sizga o‘ziga ishongandek ishonadiganlar diqqat markazida qolishingiz ehtimoli bor. Kasbingiz doirasida tashkil etiladigan har qanday ko‘rinishdagi tadbirlar faqat naf keltiradi. Muhabbatda maqsadga faqat bosimlarsiz, agressivliklarsiz yetishingiz tavsiya etiladi. Suyganingizga muloyim munosabatda bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 yanvar kuni yo‘lingizda to‘siqlar yuzaga keladi. Bunday vaziyatda atrofdagilar bilan maslahatlashgan holda ish tutishingiz lozim bo‘ladi. Kechki payt qarindoshlardan birining muammosi kayfiyatingizni buzishi mumkin. Yordam bering, qarindoshlarda hech qachon qolib ketmaydi. Kechqurun oila davrasida dam olish xayrli bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 28 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?