Inson organizmining bunday faoliyati uning turli xulq-atvor shakllarida namoyon bo‘ladi . Bunday xulq-atvor reaksiyalari chap va o‘ng turlardan tashkil topadi. Demak, siz bir nechta mashq bajarib o‘zingizda qaysi turdagi reaksiya ustunligini aniqlashingiz mumkin. Qog‘oz va qalam tayyorlab, xar bir mashqdan keyingi natijani «O‘ng» bo‘lsa – «O‘», « Chap» bo‘lsa – «Ch» deb belgilab boring.
Birinchi mashq.
Qo‘llaringizni oldinga cho‘zib, barmoqlaringizni chalkashtiring. Endi qarang, bosh barmoqlaringiz qaysi biri ustida turibdi – o‘ngmi, chapmi?
Ikkinchi mashq.
Ko‘rsatkich barmoqlaringizni birlashtirib, nishonga olayotgandek oldinga cho‘zing. Biror nuqtani nishonga olib bir ko‘zingizni yuming. Endi qaysi bir barmog‘ingiz nishonni aniq olganini belgilang.
Uchinchi mashq.
Bu «Napaleon turishi» deb ataladi. Qo‘llaringizni ko‘ksingizda chalkashtiring, Qaysi qo‘lingiz ustida turgan bo‘lsa, belgilab qo‘ying.
To‘rtinchi mashq.
Biroz qarsak chaling. Endi esa qaysi qo‘lingiz eng ustida ekaniga e’tibor bering. Natijani qog‘ozga yozing.
Birinchi mashq sizning tafakkuringiz mantiqqa yoki hissiyotga moyilligini bildiradi.
Ikkinchi mashq qattiqqo‘llik va jahldorlikni;
Uchinchi mashq soddalikka yoki takabburlikka moyillikni;
To‘rtinchi mashq xarakterdagi qat’iylik va qat’iyatsizlikni anglatadi.
Test natijalari quyidagicha:
O‘ O‘ O‘ O‘
Umum qabul qilingan fikrga ergashish, eski qonun va aqidalarga moyillik, xulq–atvordagi barqarorlik.
O‘ O‘ O‘ Ch
Ishonchsiz konvertavizm, kuchsiz temperament. Jur’atsizlik.
O‘ O‘ Ch O‘
Xushomad, qat’iylik, yumor hisi, faollik, serharakatlik, temperamentlik, «artistlik». Bu kuchli xarakter kuchsiz turlarni qabul qilmaydi. U bilan muloqotda yumor va qat’iylik zarur.
O‘ O‘ Ch Ch
Kamyob va mustaqil xarakter turi. Yumor hisi, xushomad , yumshoqlik va «artistlik ». Xarakterida qat’iylik va jur’atsizlik o‘rtasida biroz qarama – qarshilik bor . Aloqa o‘rnatish darajasi yuqori, ammo mostlashish juda sekin.
O‘ Ch O‘ O‘
Ishbilarmon xarakter, tahliliy fikr va yumshoq xarakter. Ko‘proq bu tur ayollarda uchraydi. « Ishbilarmon ayol » ramzi. Moslashishi sekin, ehtiyotkor. Bunday odamlar yuzma – yuz jangga kirishishadi. Ularda sabr, hisob – kitob ustun turadi. Munosabatlar rivoji sust, biroz sovuq.
O‘ Ch O‘ Ch
Kuchsiz xarakter, juda kam uchraydi. Himoyasiz va kuchsiz. Turli ta’sirlarga beriluvchan. Faqat ayollarda uchraydi.
O‘ Ch Ch O‘
Yangi taassurotlarga o‘ch va ziddiyatlar yuzaga kelishidan qochuvchi. Biroz beqarorlik, o‘ziga xos yumshoqlik. Hissiyotlari sekin, jiddiy. Oddiy va muloqotda ko‘pincha tortinchoq. Yangi xulq–atvorga o‘tishga moyil. Ko‘pincha ayollarda uchraydi.
O‘ Ch Ch Ch
Beqaror va erkin xarakter. Asosiy xususiyati – tahliliy fikr yuritish. Kam uchraydi.
Ch O‘ O‘ O‘
Turli sharoitlarga juda yaxshi moslashuvchan ko‘p uchraydigan xarakter. Hissiyotli va qat’iyatsiz. Begona ta’sirga yuqori beriluvchanlik. Boshqacha xarakterlar bilan oson aloqaga kiradi. Erkaklarda hissiyotlari past, flegmatiklikka moyillik kuzatiladi.
Ch O‘ O‘ Ch
Kuchsiz qat’iyat, yumshoqlik, asta – sekin ta’sirga beriluvchan, soddalik. O‘ziga o‘ta e’tibor talab qiladi – « kichik malika » tipi.
Ch O‘ Ch O‘
Eng kuchli xarakter egasi. Fikriga ta’sir o‘tkazish qiyin. Qat’iylik ko‘rsatishga qodir. Ammo, bur narsa ba’zan ikkinchi darajali maqsadlar uchun jon kuydirishga olib keladi. Kuchli shaxs, harakatchan, qiyinchilikni yengishga qobiliyatli. Birovlarning nuqtai nazariga yetarli e’tibor bermaydigan, biroz konservator. Bunday odamlar qaramlikni (ma’naviy va moddiy) yomon ko‘radilar.
Ch O‘ Ch Ch
Kuchli va erkin xarakter. Fikriga ta’sir o‘tkazish qiyin. Asosiy xususiyati – yuzaki yumshoqlik va hissiyot bilan o‘ralgan ichki g‘azab. O‘zaro ta’sir tez, o‘zaro tushunish sekin.
Ch Ch O‘O‘
Do‘stlik va oddiylik. Qiziqishlari biroz tarqoq.
Ch Ch O‘ Ch
Asosiy xususiyati: soddadillik, yumshoqlik, ishonuvchanlik. Bu juda kam uchraydigan xarakter (ayollarda 1%, erkaklarda umuman uchramaydi ).
Ch Ch Ch O‘
Hissiyotlilik va jur’atlilik (asosiy xususiyati), serharakat, biroz besaranjomlik. Bu narsa o‘ylanmagan, tez qaror qilingan, hissiyotga asoslangan ishlarga olib keladi. Ular bilan muloqotda «tormozlovchi mexanizmlar» zarur.
Ch Ch Ch Ch
Narsalarga yangicha nazar tashlovchi qobiliyat sohibi (antikonsevatizm), kuchli hissiyot, o‘ziga xoslik, xudbinlik, o‘jarlik, himoyalanganlik, ba’zan o‘ta indamas. «Ko‘zni qamashtiruvchi » tabassum qilishga qodir.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi