QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ish joyingizda o‘ta mas’uliyatli bo‘ling. Shunday yo‘l tutingki, rahbarlar qilgan ishingizdan kamchilik topa olishmasin, hamkasblarning sizga bo‘lgan hurmati ikki hissa ortsin. Ofisdan tashqarida sizni ajoyib uchrashuv kutadi. Uchrashuv bahona qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topishingiz uchun imkoniyat tug‘iladi. Shaxsiy hayotda yuzaga keladigan har bir vaziyat sizning reja va xohishingizga asoslanadi. Oila qurmaganlar kechqurun internet orqali yangi tanishuvni boshdan o‘tkazishlari mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
29 yanvarda dangasalikka yo‘l bermasdan, zimmangizdagi vazifalarni ado etishga harakat qiling. Ayniqsa, moddiy ahvolingiz havas qilar darajada bo‘lmasa, dangasalik faqat minusga tortib ketadi. Muhabbatda juftingizni yana bir karra sinovdan o‘tkazgingiz kelib qolishi mumkin. Ammo bilingki, bu ishingiz juftingizga sira yoqib tushmaydi. Kechqurun sizni qarindoshlardan biri mehmonga taklif etishi mumkin. Salomatligingizni avaylang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Shaxsiy hayotda ham, ish joyingizda ham muammo degani qalashib yotganiga guvoh bo‘lasiz. Bunday vaziyatlarda og‘ir-bosiqlik bilan bir chetdan ish boshlash lozim. Xavotirlar, asabiylashishlar ish bermaydi. Basharti sizni rahbarlar tanqid ostiga olganda ham e’tibor bermaslikka harakat qiling. Kechqurun ayrim do‘stlarimizga yangi, serdaromad ish taklif etishlari kutiladi. Bugungi kun zararli odatlarni tashlash uchun juda qulay kechadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
29 yanvar kuni atrofdagilar bilan muloqotda xotirjamlikka alohida o‘rin ajrating. Aks holda katta janjal chiqishiga sababchi bo‘lib qolishingiz mumkin. Ishingizga ijodiy yondashing. Muhabbatda tanlaganingiz yo juftingiz bilan orangizda ba’zi kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi kutiladi. Ammo bu janjalgacha yetib bormasligi tayin. Sog‘lig‘ingiz yomonlasha boshlasa, odatga ko‘ra vrach ko‘rigiga shoshiling. Ammo xalqona usullar yordamida o‘zingizni davolashga urinmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz haqiqatan og‘ir boshlanishi mumkin. Yo‘lingizda shunday to‘siqlar paydo bo‘ladiki, ularni yengib o‘tishda faqat yaqin do‘stlargina yordam bera oladi. Bugun sportning ekstremal, faol turlari bilan shug‘ullanish muvaffaqiyatsizlik keltirishini unutmang. Yo‘qsa, salomatligingizga putur yetishi turgan gap. O‘zingiz ishongan, hurmatlaydigan odamlarning ayrimlari sizni aldashi, buyumlar yoki pulingizni o‘g‘irlashi ehtimoldan xoli emas.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
29 yanvarda juftingizga rostdan ham uni sevishingizni qayta isbotlash uchun ruhan toliqishingiz mumkin. Lekin bu sharafli ish. Charchasangiz ham, holdan toysangiz ham alam qilmaydi. Qolaversa, juftingiz bilan orangizdagi munosabatlar jar yoqasiga kelib qolgani xuddi shu vaziyatga olib keladi. Tadbirkorlikka endi-endi qo‘l urganlar ayrim jabhalarda qoqilishlari kutiladi. Olis safarga chiqish zarur bo‘lsa, voz keching. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, salomatligingizni qat’iy nazoratga oling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun yaqinlaringiz bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash zarurligini uqtirishadi. Qachonlardir janjallashib, yuz ko‘rmas darajaga yetgan qarindoshlar bilan yarashish payti yetdi. Sayohatga chiqishni reja qilganlar albatta muvaffaqiyat qozonishadi. Faqat rejani puxtalashtirib oling. Tijorat bilan shug‘ullanadiganlar ham do‘ppini osmonga otaversalar bo‘ladi. Daromad siz chamalagandan ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
29 yanvar kuni oldingizga aniq reja qo‘yib oling-da, ishni boshlayvering. Mayda-chuyda kamchiliklar, asabbuzarliklarga umuman e’tibor bermang. Hamkasblardan alohida ajralib qolmaslikka tirishing. Vaqt topib yurakdan dam olsangiz, bu ham ertangi ish unumida asqotadi. Oilasiz yigitlarning ayrimlari bugun sevganiga ko‘ngil izhorini to‘kib solishadi. To‘y yaqin bo‘lsa ajabmas. Shunday bo‘lsa, sog‘liqni ham yanada mustahkamlash harakatida bo‘lavering.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ishlaringiz o‘ngidan keladi inshoolloh. Rejadagi ishlar ko‘ngildagidek boshlangan, kechagi harakatlar uchun daromad qo‘lga tekkan. Yirik loyihalarga qo‘l urish istagida bo‘lsangiz, huquqshunoslar bilan bir maslahatlashib oling. Yo‘qsa, boshi berk ko‘chaga tushib qolishingiz hech gap emas. Kechqurun qarindoshlardan biri bilan orangizda jiddiy suhbat kechishi mumkin. Agar shu suhbat iliq yakun topsa, omadim keldi deyavering. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
29 yanvarda o‘z ishingizning ustasi ekaningizni isbotlash uchun ertalabdan to qosh qorayguncha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Rahbarlar ham qoyil qolishadi. Zora kattaroq mukofot puliga tavsiya qilib yuborishsa. Madaniy tadbirlar o‘tkazish, yirik xaridlarni amalga oshirish uchun bugungi kun xayrli kechadi. O‘zingizni lohas his eta boshlasangiz, toza havoda sayr qiling, albatta yordam beradi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ishxonada zimmangizga yangi majburiyatlar yuklab qo‘yishlari mumkin. Uddalaysiz va martabangiz ortib borayotganini his eta boshlaysiz. Kun davomida ro‘zg‘or uchun zarur jihozlar xarid qilishingiz kutiladi. Bu ishda tajriba, tejamkorlik juda kerak bo‘ladi. Muhabbatda aslida qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qoling. Oraga yolg‘on aralashtirmang. Yolg‘on har qanday odamning yuzini shuvut qiladi. Kechqurun ovqatlanish rejimini yana bir karra ko‘zdan o‘tkazib oling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
29 yanvar kuni atrofdagilar bilan kelishmovchilpklar, moliyaviy yo‘qotishlardan qoching. Shaxsiy hayotda ham ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bardosh kerak bo‘ladi ularni yengib o‘tish uchun. Mushkul vaziyatlarda o‘zingizni qanday tutishni bilmasangiz, halitdan reja tuzib ovora bo‘lmang. Salomatlikni saqlab qolish uchun zararli odatlarni tashlab, sport bilan shug‘ullana boshlashingiz kerak bo‘ladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi