22:20 / 29.01.2018
11 031

Munajjimlar bashorati: 30 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 30 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz xayrli boshlanadi va kun davomida o‘zingizga xush yoquvchi amallarni bajarib, ruhan yengil tortishingiz mumkin. Ammo bu amallar harakatsizlikka, dangasalikka qorishmasligi shart. Aks holda ruhingiz ko‘tarilish o‘rniga pastga sho‘ng‘ishi tayin. Surunkali xastalikka chalinganlar zudlik bilan profilaktik amallarni boshlashlari lozim. Muhabbatda mag‘rurlik odatingizdan voz keching. Mag‘rurlik oilasizlarni ham, oilalilarni ham yolg‘izlikka duchor etadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
30 yanvarda xursandchilik ketidan xursandchilik kela boshlaydi. Atrofdagilar bilan munosabatlaringizda ham quvnoqlik, xursandchilik ufurib turishi kutiladi. Ammo pul masalasida muammolar ko‘ndalang bo‘lishi mumkin. Bugun moliyaviy masala ijobiy hal etilmaydiganga o‘xshab turibdi. Demak, har bir so‘m pulni tejab ishlatishingizga to‘g‘ri keladi. Baribir baxt faqatgina pulga bog‘liq emas. Shunday ekan, kechqurun do‘stlaringizni chaqirib ko‘ngil yozing. Bu dunyoda barchamiz mehmonmiz. Siz ham mehmondorchilikni go‘zal va mazmunli o‘tkazing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Birdan bir necha ishni baravar uddalashga urinmang. Aks holda birontasini ham yakunlashga ulgurmay qolasiz. Kerak bo‘lsa, qora terga botgancha ishlang. Lekin tartibga amal qiling. Bugun ZAGS ga ariza topshirish niyatida bo‘lganlar muvaffaqiyat qozonishadi. Shaxsiy hayotingiz ko‘ngildagidek kechadi. Kechqurun ro‘zg‘ordagi arzimas tashvishlarni hal etsangiz, bas. Ovqatlanish masalasiga jiddiy qarang. Organizmingiz duch kelgan taomni pala-partish qabul qila olmasligini eslang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
30 yanvar kuni qachonlardir bajarishingizga ko‘zingiz yetmagan ishlarga qo‘l uraverishingiz mumkin. Bugun ularni albatta yakuniga yetkazib, foydasini ko‘rasiz. Siz uchun har narsaga tayyor bir inson bor. Kimligini ham bilasiz. Undan iliq tuyg‘ularingizni darig‘ tutmang. Moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ish ham ko‘p. Kechgacha tinim bilmay ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Astoydil harakat qilsangiz, sizga to‘siq bo‘lishga urinadigan noqulayliklarni yengib o‘tasiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz ancha og‘ir kechishi kutilmoqda. Sizga turli ko‘rinishdagi firib va ko‘ngilsiz vaziyatlar xavf solish arafasida turibdi. Mana, endi siz arslon burjida tavallud topganingiz, o‘zingiz ham yetakchilikda, mag‘rurlikda tengsiz ekaningizni namoyish etadigan fursat yetdi. Firibgarlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘ling. Ular boshqacha munosabatni tushunishmaydi. Kasbingiz sirlarini o‘rganishda davom eting. Kechqurun hamkasblaringizdan biri xushxabar yetkazishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
30 yanvar kuni o‘zgalar tajribasidan shu qadar ustalik bilan foydalaningki, ularning o‘zi tugul, boshqalar ham ilg‘ay olmay qolsin. Shu yo‘l bilangina kasbingiz doirasida professional ekaningizni ko‘rsatib qo‘ya olasiz. Kun davomida ishxonangizda mukofot olishingiz, kunning ikkinchi yarmida esa xizmat safariga jo‘nab ketishingiz mumkin. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritib qo‘yishingiz talab etiladi. Bu masalada zinhor xatoga yo‘l qo‘ymang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tadbirkorlar internet orqali kunning birinchi yarmida yangi hamkor topishlari kutilmoqda. Bu hamkorlik sizga boshqalariga qaraganda, ikki hissa ko‘proq daromad hadya etadi. Muhabbatda juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingizni yo‘qotishni istamasangiz, qat’iyatli bo‘ling. Suyganingizga qanchalar mard ekaningizni isbotlang. Kunning ikkinchi yarmida serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Bugun uy oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
30 yanvar kuni tushkunlik, xafagarchilik va umidsizlikdan nari qoching. Bu dunyoda hal etib bo‘lmaydigan ish yo‘qligini hamisha yodda tuting. Tejamkorlik bugun kun bo‘yi sizga hamrohlik qilishi lozim. Sababi, moddiy jihatdan mushkulotlar yuzaga kelishi kutilmoqda. Oila qurmagan yigitlardan kimdir kechqurun ko‘z ostiga olib qo‘ygan qizga ko‘nglini ochishi ehtimolga yaqin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Kechqurun yirik xaridlarni amalga oshirish xayrli o‘tadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning birinchi yarmida serdaromad ishlarning bir nechtasini taklif qilishadi. Ish joyingizda mustaqillik sari talpinmang. Rahbarlar fikri bilan hisoblashing. Agar biror ishda o‘zgarishlar yasash kerak bo‘lsa, rahbariyatning o‘zi bu ishni hal eta oladi. Muhabbatda qaysarlik hamda qat’iyatlilik kerak bo‘ladi. Shunda juftingiz sizning qanchalar kuchli iroda sohibi ekaningizga yana bir marta tan beradi. Kechqurun yoga bilan shug‘ullanish, mehmonga borish yoqimli kechadi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
30 yanvar kuni erta tongda uyg‘onib xudodan tinchlik, barakotlar so‘rang. Xotirjamlik tilang. Yo‘qsa, tushgacha bormay depressiya girdobida qolib ketishingiz turgan gap. Tushdan keyin tashqi ko‘rinishingizga o‘zgartishlar kiritish, kiyimlar xarid qilishingiz kutiladi. Oilada yetakchilikka intilmang. Tinglovchi va kuzatuvchiga aylaning. Bolalarga ko‘proq e’tibor qarating. Ovqatlanish rejimiga amal qiling. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Obro‘yingiz saqlanib qolishini istasangiz, ishxonada har doimgi to‘g‘ri so‘zlilikni, halollikni yo‘qotmang. Kimki bugun kuch va imkoniyatini pala-partish sarflay boshlasa, kechgacha yetmay holdan toyadi. Kunning ikkinchi yarmida uy ta’miri, ro‘zg‘or anjomlari xarid qilish bilan band bo‘ling. Firib, ikkiyuzlamachilik, hasaddan nari yuring. O‘zingizga yoqmaydiganlar bilan muloqotga kirishmaganingiz ma’qul. Baribir behudaga ranjiganingiz qoladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
30 yanvarda ish joyingizdagi vazifangizni hamkasblar bilan birgalikdagina poyoniga yetkaza olasiz. Mabodo qayerlardadir osmonlarda xayolan parvoz qilishdan bo‘shamasangiz yoki mag‘rurligingiz tutib hamkasblar yordamidan voz kechsangiz, o‘zingizga ziyon bo‘ladi. Kun davomida sizni ajoyib uchrashuv kutadi. Uxlashga yotishdan oldin iloji boricha kamroq taom iste’mol qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 30 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?