QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun qo‘shimcha bilim olish, malaka oshirish muvaffaqiyatli kechadi. Tushdan keyin yaqin o‘tmishda tanishganingiz bir inson bilan muhim uchrashuvni boshdan kechirasiz. Kun davomida tinglovchi rolini ijro qiling. Namoyishkorona chiqishlar sizga bugun naf bermaydi. Kunning ikkinchi yarmida bir vaziyat yuzaga keladi, unga siz ilgari e’tiborsiz bo‘lgandingiz. Bugun esa bir olam iliq taassurot olishingiz kutiladi. Asabni asrang! Asab tomirlari qayta tiklanmaydi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
31 yanvarda kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Quvnoq, odamoxun, shinavandaga aylanasiz. Shu kayfiyat sizga kun davomida yangi va foydali tanishuvlarni hadya etadi. Asosiysi, martabangiz oshishida muhim rol o‘ynashi kutilayotgan detallarni e’tibordan chetda qoldirmang. Kasbni o‘zgartirish, tog‘ yon bag‘riga chiqib dam olish, kelajak rejalar tuzish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingiz sizga ajoyib bir xushxabar tayyorlab qo‘yishi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun azaldan janjallashib, bahslashib, sira til topisha olmay kelgan insonlar bilan murosaga kelishingiz zarur. Emotsiya domida qolib ketmang. Aksincha, uni o‘zingizga bo‘ysundiring va jilovlab qo‘ying. O‘zingizni hamisha qo‘llab-quvvatlaydigan odamlarga mehr va hurmat bajo aylang. Juftingiz bilan munosabatlar qanday kechishi faqat sizga bog‘liq. O‘zingiz tanlang va munosabatni ko‘nglingizdagidek o‘rnating. Salomatlikni ehtiyotlang. Ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
31 yanvarda ishda sizga nafi tegadigan imkoniyatlar eshigi ochilishi mumkin. Buni o‘z vazifangizni bajarish jarayonida o‘zingiz payqaysiz. Qolaversa, kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlar kutadi. Shaxsiy hayotingiz o‘tgan kunlardagiga nisbatan yanada yorqin tus olishi kutiladi. Gap moliya masalasiga kelib taqalsa, atrofdagilardan yordam so‘rab ovora bo‘lmang. Undan ko‘ra qalbingizga murojaat eting. U sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Birovdan qarz olish, pul jamg‘arish bugun muvaffaqiyat keltirmaydi. Salomatlikni ehtiyotlang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Iloj qancha, xudoning kuni-da. Har kuni ado etadigan ishingizda daf’atan muammolar paydo bo‘ladi, kuningiz deyarli xavotirlar, bezovtalik qurshovida o‘tishi mumkin. Hamkasblar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelishi, moliyaviy operatsiyalar chappasiga ketib qolishi ham ehtimoldan xoli emas. Biroq kechqurun barcha dardlar ariydi, asabingizni qaqshatib bo‘lsa-da, pullar sizni qidirib keladi. Muammolar bartaraf etiladi. Oila a’zolaringiz sizga haqqoniy mehr va muhabbatini izhor etadi. Ko‘rmagandek bo‘lasiz-qolasiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
31 yanvar kuni sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanmang, o‘zingiz yashab turgan shahar yo qishloqdan uzoq muddatga ketib qolmang. Bu amallar sizga faqat ko‘ngilsizlik keltiradi. Juda iloj qolmagan payt shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, birrovga chiqib, ishlarni bitirib kelishingiz mumkin. Shunda ham serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatliklari haqida qattiqroq qayg‘ursinlar.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz xayrli kechadi inshoolloh. Arzimagan mayda-chuyda ishlardan ham ko‘zlangan daromadni ola bilasiz. Haqiqatni uzoqlardan izlamang, u shundoq yoningizda turibdi. Bu asosan shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq. Kechqurun odam ko‘p to‘planadigan joylarga bormang, ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan voz keching. Dam olishga, ertangi kun uchun kuch yig‘ishga harakat qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
31 yanvarda ishlaringiz rejalashtirilganidek ketmasligi asabingizni buzishi mumkin. Ammo buning o‘ziga xos sabablari bor. Ularni topishga, aniqlab, chorasini ko‘rishga harakat qiling. Salomatligingizni nazoratda ushlang. Vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘yish ham ziyon qilmaydi. Ayniqsa, ancha vaqtdan beri biror yeringiz og‘rib azob berayotgan bo‘lsa, oxirini kutish yaramaydi. Do‘stlar bilan xursandchilik qilish bugun ko‘ngilsizlik hadya etadi. Moliyaviy masala bilan qattiqroq shug‘ullaning.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Pul masalasi tobida bo‘lishi kutiladi. Bu ruhiy holatingiz yaxshilanishiga turtki bo‘ladi. Moliyaviy muammolarni o‘ylab anchadan beri asabiylashardingiz. Bugun asablarni bo‘shashtirib, chuqurroq, erkinroq nafas olish fursati yetdi. Kimdir kunning ikkinchi yarmida sizga serdaromad ish taklif etishi mumkin. Illyuziya girdobida qolmaslik uchun bu masalada yaqinlaringiz bilan maslahatlashishingiz tavsiya qilinadi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
31 yanvar kuni tadbirkorlarimiz ba’zi hamkorlar bilan munosabatlarga nuqta qo‘yishlari mumkin. Lekin keyinchalik ehtiyot bo‘ling. Tag‘in ular sizni baloga giriftor etish harakatida yurgan bo‘lmasin. Shaxsiy hayotingizda sukunat va ahillik hukm suradi. Moddiy ahvolingizdan ham nolishga asosingiz bo‘lmaydi. Shaxsiy mashinangizda biror yoqqa borish kerak bo‘lsa, boshqa kunga qoldiring. Salomatligingizni hamisha nazorat qilishdan tiyilmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ishxonangizdagi faoliyatingiz doirasida yangi va qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ularni mahkam tutib qolishingiz kerak. Sizdan-da omadliroq odamni ko‘rsangiz, faqat havas qiling. Do‘stlarning biri bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan keyin qattiq ranjishingiz ehtimoli bor. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan cheklaning.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
31 yanvar kuni shubhali tuyilgan odamlar bilan munosabatga kirishmang. Bu muhabbatga ham, ishga ham aloqador. Olis kelajak haqida rejalar tuzmang. Juda bo‘lmasa, bu rejalarning oqibati nimaga olib kelishini xomcho‘t qilib oling. Azartli o‘yinlarga berilish bugun faqat yo‘qotishlar, ko‘ngilsizliklar taqdim etadi xolos.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar