16:32 / 03.02.2018
17 946

Raqamlarda Sizning va atrofdagilarning psixologiyasi...

Raqamlarda Sizning va atrofdagilarning psixologiyasi...
Inson tabiati shundayki, u omadsizlik davrida unga qarshi turish uchun faolroq bo‘ladi, ijobiy davrida tinchlikni saqlab, uning tugashini kutish va baxtli davrni qo‘ldan boy bermaslikni tavsiya qiladi.

Numerlogiya nafaqat muayyan inson haqida ma’lumot beradi, balki uning boshqa insonlar bilan o‘zaro munosabatlarini tushuntira oladi. Bu oiladagi nizolarni yechish, ishda, jamoat orasida vaziyatni yaxshilashda muhimdir..

0 raqami
Qadimdan 0 raqami to‘liq ishonch ramzi bo‘lib kelgan. Bu raqam har qanday ayyorlik va fitnalardan holi. Barcha ishlarni ochiq ko‘ngil bilan yolg‘on tafsilotlardan qo‘rqmasdan amalga oshirish mumkin. Ko‘p nollar, masalan, telefon raqamidagi nollar sizni yolg‘ondan asraydi. Tug‘ilgan sanangizdagi 0 sizning fikrlaringiz va hatti – harakatlaringiz pokligi uchun javobgarlikni «bo‘yningizga yuklaydi».

Har qaysi oyning 10-, 20-, 30 – sanasi fikrlarni poklashga yordam beradigan meditatsiya bilan shug‘ullanish uchun qulay kundir.

1 raqami

Bu raqam zehn, aqliy qobilyat, ijod va yaratuvchanlik ramzi hisoblanadi. Shuningdek, u inson xarakterining kuchini aks ettiradi hamda shuhratparast va o‘ziga o‘ta ishongan kishi fe’l-atvorini juda ham kuchaytiradi. 1 raqamida insonning sardorlik (yetakchilik, rahbarlik) qobiliyatlariga va birorta yangi narsani yaratishga ta’sir qiladigan kuch bor. Dunyoning ko‘pgina bayramlari oyning 1 – sanasida o‘tkazilishi bejiz emas.

Har qaysi oyning 1-, 10-, 19-, 21-, 31- sanalarida dadillik bilan yangi ishlarga qo‘l uring. Bu paytda siz o‘zingizning nuqtai nazaringizni himoya qila olasiz, shuningdek, sizda atrofingizdagi insonlarga ta’sir qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

2 raqami
Bu raqam ayol ibtidosining, fe’l-atvorning muvofiqligi va egizaklar ramzidir. Ikki raqami atrofidan romantika va pok sevgining nafasi keladi. Biroq bu faqat ikki o‘zga jins vakillarining ittifoqiga tegishli bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi. Murosalar va yon berishlarning raqami bo‘lmish 2 bo‘lajak muvaffaqiyatlar garovidir. Osoyishtalik va uyg‘unlik, baxt va sevgi – bularning barchasi 2 raqami bilan bog‘liq.

2-, 12-, 22-dan 29 gacha bo‘lgan sanalardan birida tug‘ilgan inson o‘zining kuchli va zaif tomonlarini boshqalarga qaraganda yaxshiroq tushunadi. Bunday inson u yoki bu vaziyatlarda qanday ish tutishni biladi.

3 raqami
3 raqami muqaddas raqamlardan biri hisoblanadi. U ilohiy ichkilikning qo‘shilishini aks ettiradi. O‘tmishda bu raqam ma’budaning 3 xildagi obrazini bildirgan. Bu ma’buda bir paytning o‘zida ham qiz, ayol va keksa kampir obrazida o‘zini namoyon etgan. Xristian dinida 3 raqami avliyo Troitsa ramzi bo‘lgan. U butun hayot siklini, jumladan, tug‘ilish, hayot va o‘limni aks ettiradi. Shuningdek, u erkak ibtidosining ham ramzi sanaladi. Aynan bu muqaddas songa ishonch sabab ko‘p duo va afsunlar uch marta takrorlanadi.

Har oyning 3-, 13-, 23-, 30-, 31- sanalari tushuntirib bo‘lmaydigan sir va jumboqlarga boy. Bu paytda barcha ishlarga inson qarshi turolmaydigan mo‘’jizaviy kuchlar aralashadi. Bunday kunlarda eng yaxshisi, tinchlikni saqlab, voqealar rivojiga aralashmaslik kerak.

4 raqami
Bu raqam barqarorlik, mustahkamlik va vazminlik ramzidir. U yer yuzi va unda sodir bo‘layotgan jarayonlar, yilning 4 fasli (bahor, yoz, kuz va qish), 4 unsur (yer, suv, havo va olov), yer yuzining 4 tomoni (Shimol, Janub, G‘arb va Sharq) bilan bog‘liq. 4 raqami insonning yer bilan bog‘liqligini kuchaytiradi. Bunday paytda ko‘plab voqealar va hodisalar tushunarliroq bo‘ladi. Bu vaqt mavjud bo‘lgan ishlarni davom ettirish, biror narsani boshlash yoki tugatish uchun eng qulay vaqt.

5 raqami
Bu raqam (2+3) ayol va erkak ibtidosi birligining ramzidir. U erkak va ayolning ittifoqini, nikohini bildiradi. Qadimgi olimlarning fikricha, bu raqam asosiy 4 ta element va kvintessensiyaning birikmasidan iborat bo‘lgan. Bunday kunlarda qizg‘in faoliyat bilan shug‘ullanib, o‘zining mehnat salohiyatini oshirish tavsiya qilinadi. Bu davrda sizda maqsadingizga erishish yo‘lida ba’zi qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin. Lekin bu qiyinchiliklar salbiy xarakterga ega emas. Aksincha, ularni yengib, siz o‘zingizni yanada dadilroq his qilasiz va o‘z qobiliyat, iste’dodingizni to‘liqroq namoyon etasiz.

6 raqami
Bu raqam xotirjamlik va sokinlik ramzidir. U biror narsaning yaxlitligini anglatadi. Bu raqamning qiziqligi shundaki, uning tarkibidagi raqamlarni qo‘shsak (1+2+3) yoki ularni ko‘paytirsak (1*2*3), biz bir xil, ya’ni 6 raqamini hosil qilamiz. Bunday kunlarda yaqin insonlaringiz ko‘proq sizning yordamingizga muhtoj, chunki bu raqam, eng avvalo, oilaga ta’sir qiladi. Eski do‘stlarni yodga olish, qarindosh-urug‘larni yo‘qlash, oldin yuzaga kelgan nizolarni yechish va hokazolar uchun eng qulay palladir.

7 raqami
7 raqami muqaddas raqamlardan hisoblanadi. U inson qalbini donolik va sirli bilimlarga to‘ldiradi, shuningdek, raqamlar orasidagi eng sehrlisi deb hisoblangan. Ilohiy yaralishning 7 kuni, garmoniyaning 7 notasi, spektrning 7 rangi va hokazolarning mavjudligi bejiz emas. Qadimgi slavyanlar 7 o‘g‘li misli ko‘rilmagan sehrli kuchga ega bo‘lishiga ishonishgan. Bunday kunlarda atrofingizdagi sirli belgilarga e’tibor bering va ularni sharhlashga harakat qiling.

8 raqami
Bu raqam farovonlik, cheksizlik, taraqqiyot, boylik va to‘kin-sochinlik ramzidir. Agar siz moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, unda o‘zingizni 8 raqami bilan o‘rab olishga harakat qiling. Masalan, 8 raqamli uy yoki xonadonga ko‘chib o‘ting. Barcha moliyaviy harakatlarni 8 -, 18-, 28 – sanalarda amalga oshirishga harakat qiling. Shunda siz, albatta, muvaffaqiyatga erishasiz. Bu kunlarda tuzilgan kelishuvlar ikki tomonga ham foyda keltiradi.

9 raqami
Bu raqam davriylikning yakuni va doimiylik ramzidir. U ham muqaddas raqamlardan biri hisoblanadi. Mushukning 9 hayoti haqidagi rivoyatning borligi bejiz emas. Ushbu fikr mushukning sehrgarlik bilan bog‘liq eng sirli hayvon deb hisoblashga asosdir. 9 raqamning qiziq tomoni shundaki, karrali har qanday raqamga uning tarkibidagi raqamlarni qo‘shganda-natija 9 ga teng bo‘ladi. Bunday kunlarda oldin boshlagan ishlaringizni tugatmay turib, yangilariga qo‘l urmaslikka harakat qiling. Shunda omad sizga kulib boqadi.

11 raqami
Bu raqam intuitsiya va bashoratlar ramzi hisoblanadi. 11- sanada tug‘ilgan insonda ichki his-tuyg‘u kuchli, shu bilan bir qatorda oldindan ko‘ra olish qobiliyati ham rivojlangan bo‘ladi. Har qaysi oyning 11–sanasida o‘zingizning 6 tuyg‘ungizga quloq soling va uni o‘z muammolaringiz yechimiga qarating. Bu kunda yuz beradigan ko‘plab anglashilmovchiliklar o‘z-o‘zidan, huddi sehr qilingandek yechimini topadi.

13 raqami
13 raqamini turli baxtsiz hodisalar va omadsizliklar bilan bog‘lashadi. Balki bu narsa qadimda sehrgarlarning taqvimida 13 ta oyning bo‘lganligi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, butparastlik paytida har qaysi oyning 13-sanasida diniy marosimlar o‘tkazilgan.

22 raqami
22 raqami ixtiyorsizlik ramzi hisoblanadi. Bunday kunlarda inson avval qat’iy harakatlar qiladi, keyin esa bu harakatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni o‘ylashga kirishadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslikka imkon toping va «Yetti o‘lchab, bir kes!» maqoliga amal qiling. Hatto maqolning 22 raqami ta’sirida paydo bo‘lgani ham ehtimoldan xoli emas.
Xosiyat SIDDIQOVA tayyorladi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Raqamlarda Sizning va atrofdagilarning psixologiyasi...