17:30 / 03.02.2018
5 749

Faqat ayollar o‘qisin: Eringiz pulini qayerga berkitadi?

Faqat ayollar o‘qisin: Eringiz pulini qayerga berkitadi?
Ko‘pchilik erkaklar turmush o‘rtog‘idan berkitib, pul yig‘ishni yaxshi ko‘rishadi. Hatto «Bizning oila byudjetimiz bir, pulimiz o‘rtada», deb og‘iz ko‘pirtiradiganlar ham bir-ikki so‘mini, albatta, qayergadir berkitib qo‘yadi. Uyning burchak-burchaklarini yig‘ishtirayotganda oldingizdan chiqib qolgan mayda-chuyda pullar shundan dalolat. Turmush o‘rtog‘ingiz pulini qayerga yashirishini bilishni istaysizmi? Keling, uni birgalikda qidiramiz. Buning uchun bizga ularning burjini bilish kifoya.

Qo‘y
Bu burjga mansub erkaklar cho‘ntagida, albatta, qo‘shimcha pul yurishi kerak. Ular uchun erkakning pulsiz yurishi — fojia. O‘sha ortiqcha pulni ishlatishi shart emas, shunchaki ko‘ngil to‘qligi uchun, har ehtimolga qarshi turishi kerak. Pul ularning qalbini isitib turadi. Agar oilada moliyaviy muammolar boshlansa va rafiqasi janjal qilsa, sekin cho‘ntagidan chiqarib, oila byudjeti uchun pul ajratishi yoki biror sovg‘a olishi mumkin. Agar pul so‘rashga toqatingiz bo‘lmasa yoki shunchaki tadqiqot o‘tkazib ko‘rishni istayotgan bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingizning shaxsiy hududlari — ustaxona, garaj, turli asbob-uskunalar solingan shkafini qidirib ko‘ring.

Buzoq
Agar uzoq vaqt qidirmagan bo‘lsangiz, demak, u anchagina pul jamg‘arib qo‘ygan. Bir tomondan ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, buzoq yiqqanini maishatga sarflamaydi, qarta ham o‘ynamaydi, biroq siz bilan maslahatlashmasdan qandaydir keraksiz buyum (sizning nazaringizda) xarid qilishi mumkin. Yana o‘ta qimmat narxga. Buning oldini olish esa juda oson. Chunki buzoq konservator bo‘lgani bois pul yashirish uchun yangi joy qidirib o‘tirmaydi. Gilamning tagi, shkafga taxlab qo‘yilgan sochiqlar orasini qidiring. Yanayam yaxshirog‘i, eski kurtkasining cho‘ntagiga qo‘l tiqib ko‘ring.

Egizaklar
Mazkur burj vakillarining yashirincha pullarini topish juda qiyin, chunki tez yig‘ib, yashin tezligida sarflab yuboradi. Kim tezkor bo‘lsa, o‘sha yutadi, yoki siz topasiz, yoki u ishlatib qo‘yadi. Bu musobaqada ko‘pincha turmush o‘rtog‘ingiz g‘olib chiqishi aniq. Chunki u pul yig‘ishga kirishmay turib, uni qayerga sarflashni pishitib qo‘ygan bo‘ladi. Bu borada kelajakni ko‘ra olish hissi yordamga keladi. Turmush o‘rtog‘ingizning maoshi va u xarid qilgan narsalarning narxini hisoblab, oylik maoshining umumiy miqdorini chiqaring. So‘ng keyingi oylikkacha birinchi galdagi muhim xaridlar rejasini tuzib qo‘ying. Bir-ikki so‘m qolgan pulini egizaklar qandaydir asbob-uskuna qutisining ichiga yashiradi. Biroq ko‘p narsa kutmang — u yerda juda oz miqdorda pul bo‘lishi aniq.

Qisqichbaqa
Pul yig‘ish borasida ustasi farang. Hatto qora kunga pul yig‘ib qo‘yish uchun barcha xarajatlarini qisqartirishi ehtimoldan yiroq emas. Biroq bu qora kun butun umr ham kelmasligi mumkin. Xuddi qurumsoq ritsar singari yig‘ilgan pullarini aylantirishni ham yaxshi ko‘radi. Bo‘sh qolganida pulini yashirib qo‘ygan joyidan olib sanashni, chiroyli taxlab qo‘yishni yoqtiradi. Ularning pullarini topishga behuda urinasiz. Chunki ular aksariyat hollarda chiroyli bankaga solingan holda uyda hech kimning xayoliga kelmagan joyga berkitib qo‘yishi mumkin. Qisqichbaqa yaqinlaridan yashirib juda katta miqdorda pul yig‘a oladigan yagona burj vakili hisoblanadi. Ya’ni ularni bir so‘z bilan mustahkam bank deyish mumkin.

Arslon
Uning hayotiy prinsipi juda oddiy — hech qachon pul yashirmaydi. Hammasini o‘rtaga tashlaydi, pul yashirish uning uchun haqorat. Bunga faqat bitta sabab majbur qilishi mumkin. Boshqa ayolni sevib qolsa, unga guldasta olish uchun sarflagan pulini benzin oshgani bilan izohlaydi. Arslon bunday hollarda ikki tomonlama buxgalteriya yuritadi va iloji boricha oila byudjetiga zarar yetkazmaslikka urinadi. Oyoq kiyim solinadigan qutidan bir dasta pul topib olish pinhona munosabat boshlanganidan darak.

Parizod
Bu burj vakillariga rafiqasi bilmaydigan yashirincha pul juda zarur. Biroq pul aynan ayoliga sovg‘a va syurprizlar uyushtirish uchun kerak. Parizod tejamkor bo‘lgani uchun befoyda sovg‘alar qilmaydi. Shunday ekan, kam miqdordagi pulni qidirib ovora bo‘lmang. Hech qachon topa olmaysiz. Chunki u aynan sizdan yashirilgan. Demak, uydan boshqa joyda.

Tarozi
Uning barcha moddiy muammolarini rafiqasi hal qiladi, shuning uchun unga chin ko‘ngildan quvonch bilan beradi. Bu tarozining oilasida mo‘’tadil vaziyat hukmronligidan dalolat berib turadi. Agar tarozi yashirincha pul yig‘a boshlasa, bu oila inqirozni boshdan kechiryapti, degani. Rafiqasiga ishonmay qo‘ygan yoki kimnidir sevib qolgan. Unga ham pul sarflash uchun yig‘ishga majbur. Mana shu o‘rinda tarozilarning qanchalik soddaligi ma’lum bo‘ladi. Ya’ni ular pul yashirish uchun eng an’anaviy joylar — to‘shak osti va shkafni tanlaydi.

Chayon
U doim o‘z xarajatlari uchun oila byudjetidan tashqari pul yig‘adi. Bu hatto yashirincha pul emas, uning shaxsiy pullari. Unga tegishga hatto rafiqasining ham haqi yo‘q. Biroq bu pullarning qayerdaligini topish juda oson. Eslab ko‘ring-chi, siz uyning qayeriga hech qachon bormaysiz? Elektr tokidanmi, arilardanmi qo‘rqib bormaydigan joyingiz bormi? Pul xuddi o‘sha yerda turibdi-da. Faqat uni olishdan avval yetti o‘lchab, bir kesing. Pullarni ishlatib yuborsangiz, turmush o‘rtog‘ingizning qattiq nafratiga duchor bo‘lasiz.

O‘qotar
Aytishlaricha, mazkur burj vakillari rafiqasi oila byudjetini yelkasidan olishi uchun uylanar emish. Bu vazifa to‘ydan so‘ng juda ustalik bilan ado etiladi. Oila byudjetini asrash vazifasi ko‘proq xotini zimmasida bo‘ladi. Biroq ular kutilmaganda biror sayohatga otlanib qolishi mumkin. Shunday hollarda xotin bunga qarshilik qilsa, mana shunday kutilmagan vaziyatlar uchun pul yig‘ishni boshlaydi. Xuddi maktab bolalari singari maktab nonushtalaridan orttirish yo‘li bilan. Bu pullarni kitob javonida turgan eng qalin kitobning ichiga yashiradi.

Tog‘ echkisi
Unga qanday rafiqa tushishidan qat’i nazar, bitta qoidani doimo esida tutishi lozim. Pullarni iloji boricha uning ko‘zidan nariroqda ushlash lozim. Chunki u g‘irt sarf-xarajatchi, ikkita tufli, beshta ko‘ylagi bo‘lsa ham tusab qolsa, oltinchi ko‘ylakni sotib olishi mumkin. Bunday insonlarga ko‘pincha «Qo‘lida pul turmaydigan inson», deb ta’rif berishadi. Qurbonlik uchun atab qo‘ygan pullarini tog‘ echkisi mebellar ostida, ko‘rpa-to‘shaklar orasida saqlaydi.

Qovg‘a
Juda o‘tkir sezgi va haqiqiy agent — «007» deysiz. Agar ular pul yashirsa, «topilmalar byurosi»dagilar ham kelib, topib bera olmaydi. Tasavvur olami shunchalik kengki, pul qayerdaligini bilish uchun siz ham kamida unday aqlli bo‘lishingiz kerak. Faqat bitta narsa aniq — yashiringan joy mutlaqo kutilmagan bo‘ladi. Hatto ba’zi qovg‘alar rafiqasining yashiringan pulni qidirayotganini ishtiyoq bilan kuzatishi ham mumkin. Aslida esa pul garderobda, eski qishki etikning ichiga solib qo‘yiladi.

Baliq

Baliq burjiga mansub erkaklar pulini kerak bo‘lgani uchun emas, shunchaki buni san’at darajasiga olib chiqish uchun yashirishadi. Unga pul yig‘ish jarayonining o‘zi quvonch bag‘ishlaydi. Natija muhim emas. Biroq buni uzoq vaqt yashirib tura olmaydi. Pul kerak bo‘lib qolganda o‘zi ham yashirib qo‘ygan pulini oila a’zolari, bolalari bilan birga izlashga tushadi. Astoydil, bir necha kun qidirishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Faqat ayollar o‘qisin: Eringiz pulini qayerga berkitadi?