QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun nimaiki ish qilmang, qanday harakatlarni sodir etmang, faqat o‘z kuch, imkoniyatingizgagina suyaning. Do‘stlar, hamkasblar, qarindoshlarga yordam so‘rab murojaat etmang. Tushdan keyin xushxabar eshitishingiz kutiladi. Bu kayfiyatingizni yanada ko‘tarinki holatga keltirib qo‘yishi tayin. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni dam olish kuni uyda ham davom ettirishning iloji bo‘lsa, bilingki, oy oxirida mo‘may daromad yoki mukofot puli faqat sizniki bo‘ladi. Agar juftingiz uchun romantik lahzalar yarata olsangiz, munosabatlaringiz a’lo darajada bo‘ladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
4 fevralda nafaqat o‘z hayotingiz, balki yaqin insonlardan birining hayotida uchraydigan to‘siqlarni ham yo‘q qilishingizga to‘g‘ri keladi. Sizni tushunmaydigan, hamfikr, hamdard bo‘la olmaydiganlardan yordam so‘ramang. Oilaviy hayotingizda muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Sokinlik, ahillik, garmoniya hukm surishi kutilmoqda. Basharti imkon topsangiz, bugun yaqin manzilga sayohat uyushtirishingiz ham mumkin. Bu sizga qo‘shimcha lazzat va yoqimli lahzalarni hadya etadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bajarishingiz lozim bo‘lgan ishlarning sanog‘i yo‘q. Faqat dangasalikka erk bermasangizgina ularni kechga qadar uddalay olasiz. Tanishlar, do‘stlar, qondoshlar bilan o‘zaro munosabatlaringizni yana bir bor tahlil etib oling. Bugun shaxsiy biznesni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy operatsiyalar va yirik xaridlar muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda kimlar bilandir raqobatlashishga urinmang. Bu jamiyatdagi hurmatingizga putur yetkazadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
4 fevral kuni juftingizga ta’zim bajo aylang. U sizga sadoqatli, ishonchingizni doimo oqlab kelgan, siz uchun jonini fido qilishga hamisha tayyor turadi. Shularning mukofoti sifatida albatta ta’zim bajo aylashingiz tavsiya etiladi. Xatoga yo‘l qo‘yishmasa, tadbirkorlarning moliyaviy sohada tashkil etadigan operatsiyalari a’lo darajada o‘tadi. O‘zga shaharlarga safar qilishni boshqa kunga qoldira qoling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Salomatligingizni mustahkam tuting. Kechqurun ovqatlanish me’yoriga amal qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Sizni firibga, iblis yetagiga, yolg‘onga yetaklovchi kimsalardan o‘zingizni olib qoching. Bu shaxsiy hayotingizda o‘z aksini topishi mumkin. Tirikchilik uchun amalga oshiradigan ishlaringizda ham ba’zilar sizni chuv tushirishga urinib ko‘rishi ehtimolga yaqin. Sergak bo‘ling. Yaxshisi, undaylardan nariroq turgan holda ishlaringizni mustaqil bajaravering. Sog‘lig‘ingizda salbiy o‘zgarish sezsangiz, darrov vrachga boring. Tabiblar, jodugarlarga aslo yaqinlashmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
4 fevralda oiladagi hurmatingiz, o‘rningizni yanada mustahkamlash harakatida bo‘ling. Og‘ir-bosiqlik, diplomatlarcha munosabat yuritish oiladagi obro‘yingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tayin. Basharti birovga va’da bersangiz, kechga qadar va’dani bajarishga harakat qiling. Qizlar, ayollar kun davomida kosmetolog, go‘zallik saloiga chiqib kelishlari talab etiladi. Elektr va yoqilg‘iga ishlaydigan uskunalardan foydalanishda hushyorlikni oshiring. Kechqurun sizni mehmonga taklif etishlari mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ilgari o‘zingiz hurmatlaganlar bugun sizga qarshi turli amallarni sodir eta boshlashi kutiladi. Moliyaviy inqirozga yuz tutishni istamasangiz, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish toping. Ishga ijodiy yondasha boshlasangiz, jamiyatda ham, oilangizda ham cheksiz hurmatga ega bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida qisqa masofaga safar qilishingiz kutiladi. Kun davomida qon bosimingizni o‘lchatib turing. Oilasizlar bugun kechqurun uchrashuvga chiqmaganlari yaxshi. Aks holda ko‘ngilsiz vaziyatda qolishlari mumkin.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
4 fevralda asosiy e’tiborni ehtiyotkorlikka qarating. Har bir qadamingizni o‘lchab bosing. Agar shu kunga qadar yorqin lahzalarni orzulagan bo‘lsangiz, bugun o‘sha fursat yetdi. Bunday lahzalar asosan oilalilarga nasib etishi mumkin. Pul masalasini ijobiy hal etish uchun yuqori lavozimli, badavlat tanishlarga murojaat etishingiz kerak bo‘ladi. U albatta sizga amaliy yordam ko‘rsatadi. Sog‘lig‘ingizni, o‘zingizni nihoyatda ehtiyot qiling. Kechqurun oilaviy bayram uyushtirsangiz ham ziyon qilmasdi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ertalabdan siz haqingizda allakimlar turli bo‘htonlar tarqatayotganidan xabar topasiz. Ammo bunga haddan tashqari e’tibor qaratmang. Emotsiyani qo‘lga ola biling. Mabodo o‘zingizni qo‘lga olishingizga ko‘zingiz yetmasa, hamma ishni tashlab ma’lum muddat dam oling. Shaxsiy hayotda juftingiz haqida qandaydir yoqimsiz xabarlar eshitishingiz ehtimoli bor. Siz u bilan jiddiy, sokinlikda gaplashib oling. Shugina masalaga oydinlik kiritadi. Ayrimlar shamollashdan qiynala boshlashlari mumkin. Vrachga boring va xastalikning adabini bering.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
4 fevral kuni zimmangizga o‘ta jiddiy, og‘ir ishlar yuklanadi. Ularni muvaffaqiyatli ado etishingizda esa turli to‘siqlar ko‘ndalang chiqishi mumkin. Bugun surunkali xastaliklarni davolatish, organizmni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va yangi dori vositalarini iste’mol qilish yoqimli kechadi. Muhabbatda oila qurmagan yigitlarning ayrimlari tanlaganining qo‘lini so‘rashi kutilmoqda. Bundan chiqdi, to‘y yaqin ekan-da! Omadingizni bersin!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ko‘pchilikka qarshi bo‘lib qolishingiz xavfi sezilmasa, o‘zingizning mustaqil fikringizda qolishingiz mumkin bo‘ladi. Tadbirkorlar o‘zlari uchun yangi ittifoqchilar, hamkorlarni qidirib topishlari tavsiya qilinadi. Kun mobaynida yaqin do‘stlaringizdan biri sizga bir umr yoddan chiqmaydigan yaxshilik qilishi kutiladi. Bu yaxshilik shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lishi ham ehtimoldan uzoq emas. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Hasad va g‘iybat balosidan ehtiyot bo‘ling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
4 fevral kuni asosiy ishlarning mas’uliyati aynan sizning chekingizga tushadi. Ammo bir o‘zingiz bu ishlarni uddalay olmasligingiz mumkin. Shuning uchun yoningizda yordamchi chorlashingiz kerak bo‘ladi. Shaxsiy hayotingizga oid rejalarning deyarli barchasi mushkulotlarsiz hal bo‘ladi. Oilasiz bo‘lsangiz, romantik uchrashuvdan umid qilavering. Omadingiz kelsin!
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...