22:15 / 07.02.2018
10 356

Munajjimlar bashorati: 8 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 8 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Tadbirkorlar o‘ta muhim shaxslar bilan uchrashuvni, foydali shartnomalar imzolash amallari hamda xizmat safarlarini boshdan kechirishadi. Ishda nimaiki kerak bo‘lsa, u sizda bo‘lmasa, tajribali hamkasblardan iltimos qiling. Jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishni xohlamasangiz, bugun faqat qalb amriga bo‘ysungan holda harakatlar sodir eting. Salomatlik masalasida tavakkal qilmang. Bu siz uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 fevralda boshingizdan shunday hodisalar o‘tadiki, ular sizni dunyoga real ko‘z bilan qarashga majbur etadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi loyihalar daromad keltirishiga shubha nazari bilan qaramang. O‘zingizga ishongan holda olg‘a bosing. Ishxonada hamkasblardan biri bilan sal qursa ishqiy sarguzashtlar yuzaga kelay deydi. Ko‘zni kattaroq oching, gunohga botmang. Bu sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yadi. Bu ko‘chadan esa hech qachon chiqib keta olmaysiz. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Jamiki ne’matlari uchun xudoyimga shukronalar ayting. Boriga sabr qiling. Yo‘g‘ini Yaratgandan astoydil so‘rab, halol peshona teri evaziga orzularingizga yetishing. Mayli, hayotingizda yoqimli lahzalarga nisbatan ko‘ngilsizliklar ko‘proq bo‘lsin. Bari o‘tkinchi. Ro‘zg‘ordagi kemtiklarga boqib siqilmang. Moddiy ahvolingizdan xavotirga tushmang. Ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi inshoolloh. Aniqrog‘i, badavlat tanishlardan biri sizni qo‘llab yuboradi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
8 fevral kuni bir joyda uzoq o‘tirib qolmasangizgina omadga erisha olasiz. Chunki omad harakatlarni, talpinishlarni, mehnatni talab qiladi. Do‘stlar bilan tushdan keyin qo‘ng‘iroqlashishingiz kutiladi. Yuqori lavozimli shaxslar bilan janjallashmang. Buning oxiri voy bo‘ladi. Shaharda yashasangiz, juftingizni yoningizga olib kinoga tushing. Ayniqsa, orangizga sovuqchilik tusha boshlagan bo‘lsa, kinoga tushish ayni muddao bo‘ladi. Sizlar kino bahonasida unutilmas yoqimli lahzalarni boshdan kechirasiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Burjingizga xos yetakchilikka intilish sizga faqat ko‘ngilsizlik olib keladi. Atrofdagilar bilan munosabatlarda o‘z pozitsiyangizdan voz kechmang. Asablar qaqshashini, salomatligingizga putur yetishini xohlamasangiz, yangi tanishuvlardan qoching. Unutmang, yangi tanishuvni boshdan kechirsangiz, boshingizda kuchli og‘riq turish ehtimoli bor. Agar shunday bo‘lib chiqsa, darhol bu tanishuvga nuqta qo‘ying. Ovqatlanish rejimini buzmang. Immunitetni ko‘tarib olish uchun ko‘proq mevalar iste’mol qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
8 fevralda ishxonangizda turli darajadagi eksperimentlarni boshdan o‘tkazishingiz kutiladi. Xavf qanchalar jiddiy bo‘lmasin, baribir tavakkal qilishdan tiyila olmaysiz. Oila qurmaganlar muhabbatda omadga erishishadi. Romantik lahzalar siz bilan birga deyavering. Ayrimlar olis safarga otlanishlari mumkin. Bundan oldin safar rejalarini puxtalashtirib oling. Shunda tinch bo‘lasiz, safaringiz tatiydi. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelish ehtimoli bor. Elektr quvvatiga ishlaydigan asboblardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ertalabdanoq professional kasbingiz bilan bog‘liq ish masalasida bilim doirangizni oshirish payida bo‘lasiz. Yoshi ulug‘, tajribasi ko‘p hamkasblar bilan muloqot qilasiz. Tadbirkorlar yangi hamkorlar bilan birgalikdagi biznesni ham aynan bugun muvaffaqiyatli tarzda boshlashadi. Xususiy mulk, moliyaviy ahvolingizni mustahkamlash, uy oldi-sotdisi kabi amallar muvaffaqiyatli o‘tadi. Ish tanlashda mayda, yirigiga qarab o‘tirmang. Ishning sifatiga e’tibor qarating.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
8 fevral kuni hayotingiz shunday tashkil topadiki, do‘stlar, tanishlar maslahatlari, ko‘magiga muhtojlik sezmaysiz. Barcha ishlarni o‘z kuch-imkoniyatlaringizga suyangan holda bajarasiz va omadga erishasiz. Qarindoshlar bilan kun mobaynida ko‘proq tillashing, ular mehrini qozonishga intiling. Oila qurmagan yigitlarning ba’zilari tanlaganiga muhabbat izhor qilishi mumkin. Ishoning, bugungi oqshomingiz haqiqatan romantika og‘ushida kechadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Atrofdagilar bilan iliq munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida sezilarli harakatlarni sodir etsangiz, sira ziyon qilmaydi. Bir o‘q bilan ikki quyonni tutishga urinmang. Aks holda yolg‘iz o‘zingiz hech vaqosiz qolib ketishingiz hech gap emas. Kimlardandir qarzingiz bo‘lsa, tushga qadar uzib ulgurishingiz tavsiya etiladi. Bankdan kredit olishni bugun xayolingizga ham keltirmang. Ortiqcha vazndan qiynalayotganlar zudlik bilan parhez tutishni boshlashlari lozim.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
8 fevralda ham ish, ham shaxsiy hayotingizga oid hodisalar to‘lib-toshadi. Siz o‘zingizni shu hodisalar qirolidek his eta boshlaysiz. Bu esa ba’zilar bilan orangizda katta janjallarni keltirib chiqarishi mumkin. Ishda mustaqillikka e’tibor qarating. Muhabbatda esa aksincha yon berish qulayroq kechadi. Bugun internetda o‘tirmaganingiz ma’qulroq. Salomatligingiz pand berib qo‘yishi mumkin. Ko‘cha taomlarini aslo iste’mol qila ko‘rmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun martabangiz ortishidan umid qilmasangiz ham bo‘ladi. Baribir befoyda. Lekin moddiy ahvolingiz ajoyib ko‘rinishda bo‘ladi. Shu bahonada yirik xaridlarni ham amalga oshirishingiz ehtimoldan xoli emas. Qondoshlaringiz bilan munosabatlarda muammo yuzaga kelishi mumkin. Do‘stlarga va’da bermang. Salomatligingizni mustahkamlash doirasida profilaktik amallarni bajaring. Hasadgo‘ylar bilan muloqot qilmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
8 fevral kuni tadbirkorlar yangi loyihani hayotga tadbiq etish uchun ishga kirishishlari mumkin. Bu ishni ham boshqalari kabi a’lo darajada tugatasiz va daromadini ko‘rasiz. Kun davomida sizni ishqiy sarguzashtlar, yaqin manzilga safar va bolalikdagi do‘stlar bilan uchrashuv kutadi. Juftingiz uchun esda qolarli biror harakatni sodir etish niyatingiz bo‘lsa, ortga surib o‘tirmang.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 8 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?