20:48 / 10.02.2018
9 192

Munajjimlar bashorati: 11 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 11 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar omad o‘zingiz tarafda bo‘lishini xohlasangiz, xotirjamlikni qo‘ldan bermang. Qalbingizga quloq tutgan holda ish ko‘ring. U sizga albatta to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib turadi. Shaxsiy hayotda esa juftingiz bilan kelishmovchiliklarga olib keluvchi harakatlarni sodir etmang. Yaxshisi, yon bering-u, qo‘ying. Kunning ikkinchi yarmida moddiy ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi. Xarajatlarda ehtiyotkor bo‘ling. Salomatligingizni o‘zingiz va mutaxassisdan boshqasiga ishonmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
11 fevralda shoshma-shosharlikka aslo yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Dunyoning yaxshiliklariga ega bo‘lishni istasangiz, kutishga o‘rganing. Azaliy orzularingiz ushalishi hamda moddiy ahvolingiz yaxshilanishiga faqat puxta reja asosida sodir etiladigan harakatlargina sababchi bo‘la oladi. Muhabbatda qaysarlik odatingizni nari suring. Aks holda tanlaganingiz yo juftingizni ranjitib qo‘yishingiz turgan gap. Kechqurun ro‘zg‘oringizda kichik muammolar bezovta qilib o‘tishi mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Har kimning hayotida ham mayda-chuyda ko‘ngilsizliklar, yoqimsiz lahzalar, chigal vaziyatlar bo‘lib turadi. Bugun sizning hayotingizda ham shularning biri ko‘zga tashlanishi mumkin. Yurakka yaqin olmasdan, hazil-mutoyiba asiriga aylansangiz, barcha to‘siqlarni yengib o‘ta olasiz. Kun davomida qarindoshlardan birining salomatligi yomonlashgani haqida xabar berishlari mumkin. Siz bu muammoni ijobiy hal etishda yordam qo‘lingizni cho‘zmasangiz bo‘lmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
11 fevral kuni optimistlarcha yo‘l tutishingiz talab etiladi. Shunda har qanday og‘ir vaziyatdan ham osonlikchasiga chiqib keta olasiz. Bugun bilim olish, malaka oshirish va kasbni o‘zgartirish muvaffaqiyatli kechadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, kunning ikkinchi yarmida sizga xorij firmalaridan biri bilan hamkorlikdagi ishni taklif qilishlari kutilmoqda. Esda tuting, buning daromadi mo‘l bo‘ladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun nimaiki ishga qo‘l urmang, qalb amriga emas, tafakkur ko‘rsatmalariga suyaning. Shaxsiy hayotingizda ham bu ishingiz o‘z mevasini bermay qolmaydi. Hasadgo‘ylardan ehtiyot bo‘ling. Ular bugun sizni chuqurga itarib yuborishni maqsad qilib olishgan bo‘lishlari ehtimoldan xoli emas. Xususiy mulk, uy oldi-sotdisi doirasida hujjatlarga alohida e’tibor qarating. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
11 fevralda shaxsiy avtomobili borlarga nihoyatda hushyor bo‘lishlari tavsiya qilinadi. Ish joyingizda organizmni jismoniy zo‘riqtirishdan saqlaning. Ikkala holat ham sizga faqat yoqimsiz lahzalarnigina hadya etadi. Shaxsiy hayotingizda muvaffaqiyatlar, sokinlik va xotirjamlik sizga kun davomida hamroh bo‘ladi. Kechqurun mehmonga bormang. Yaxshisi, yolg‘iz qolib dam oling. Sog‘lig‘ingizni nazoratdan chetda qoldirmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz bezovtalik bilan boshlanishi kutiladi. Bu holat ish bajarishingizda salbiy rol o‘ynashi mumkin. O‘zingizni qo‘lga oling va dadillik bilan olg‘a bosing. Albatta yaxshilik g‘alaba qiladi. Ba’zi do‘st deb atalgan kimsalar sizni xato qilishga majburlash ilinjida turli bema’ni «o‘yin»larni o‘ylab topishi mumkin. Joyida shunday javob qaytaringki, lab tishlashdan nariga o‘ta olmay qolsinlar. Kechqurun uydagilar bilan janjallashib qolishdan va olis safarga otlanishdan tiyiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
11 fevralda maqsadga yetish yo‘lida ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Atrofdagilar bilan munosabatlarda qalbingiz buyurganidek ish tuting. Agar ulardan birini juda yaxshi ko‘rsangiz, hurmatlasangiz, buni albatta o‘ziga ayting. Qarindoshlardan biri bilan kun davomida bahslashib qolishingiz kutiladi. Bahslashmaganingiz yaxshi edi. Bu sizga faqat ziyon yetkazadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Emotsiyani jilovlang, hamkasblarga hurmat bajo aylang. Basharti xotirjamlikka erisha olmasangiz, uyga keling-u, yolg‘iz qoling. Dam oling. Juftingiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashda yaqinlaringizdan kimdir yordam beradi. Hayotda boy tajribaga ega odam nasihat qila boshlasa, achchiqlanmang, nasihatlardan to‘g‘ri xulosa chiqara olsangiz, kam bo‘lmaysiz. Salomatiligingiz yomonlasha boshlaganini sezsangiz, vrach qabuliga shoshiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
11 fevral kuni hatto sizni birinchi marta ko‘rib turganlar bilan ham xuddi qadrdonlardek munosabat yuritishingiz sizga faqat ezguliklarni hadya etadi. Bundan tashqari yana kun davomida bir qator yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Ishlaringizni o‘z vaqtida ko‘ngildagidek uddalaysiz. Asosiysi, eng muhim ishlargagina qo‘l uring. Kechqurun ayrim do‘stlarimiz xorij safariga jo‘nashlari kutilmoqda.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Rejada umuman yo‘q edi. Na iloj. Kunning birinchi yarmidayoq yirik xaridlarga qo‘l urishingiz kuzatiladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda qancha jiddiy bo‘lsangiz, shuncha tez niyatga yetasiz. Oila qurmaganlar internet orqali o‘ziga yoqadigan insonni topishlari va tanishishlari mumkin. Bu tanishuvdan so‘ng vaqtni cho‘zmasdan, tezroq romantik uchrashuv kunini belgilasangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi. Ovqatlanish rejimiga qat’iyan amal qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
11 fevralda hech bir ishda xatoga yo‘l qo‘ymaysiz. Bu muvaffaqiyatlar esa yaqin kelajakda martabangiz yuqori cho‘qqilar sari siljiy boshlashini ta’minlab beradi. Illyuziyani sevishingiz tayin. Biroq bugun realistga aylanishingiz zarur bo‘ladi. Ayniqsa, gap pul masalasida borsa, realistchasiga ish tutishingiz shart. Oilasizlarni bugun kechqurun romantik uchrashuv kutib qoladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?