O‘zingiz erishgan narsalaringizni, imkoniyatlaringizni qay darajada qadrlaysiz? Hayotingiz davomida bir oz tin olib, o‘zingizga: “O yaratgan egam, hayot buncha go‘zal, yashash qanchalar maroqli” deganmisiz va bu fikr xayolingizga tez-tez keladimi? Ayni shu yurtda tug‘ilganingiz va aynan shunday inson bo‘lganligingiz uchun shukrona aytganmisiz?
Alabatta hammaning hayoti ham to‘la-to‘kis va mukammal bo‘lishi juda qiyin, aslida bunday mukammalikning o‘zi mavjud emas-da. Negaki, hammamiz ham “Xom sut emgan bandalarmiz”, mukammallik va to‘kislik esa faqat Yaratgangagina xos. Ammo bu dunyoda sizga juda ko‘plab odamlar havas qilishlarini bilasizmi? Ishoning bu chindan ham haqiqat. Mana nima uchun.
Agar ushbu yozuvlarni o‘qish baxti sizga nasib qilibdimi, demak siz bilimlisiz, bu dunyodagi eng baxtli insonlardan birisiz va shuning o‘ziyoq shukur qilishingiz, yaratguvchidan minnatdor bo‘lishingiz uchun yetarli! Negaki bugun, dunyo bo‘yicha taxminan 781 million odamda bunday imkon yo‘q (o‘zbek tilini bilmaganlari uchun emas). Buning sababi ular umuman savodsizlar. YuNESKO ning 2014 yil natijalari bo‘yicha e’lon qilingan hisobotini tahlil qilgan olimlarning xulosalariga ko‘ra buning asosiy sababi Markaziy Afrika va G‘arbiy Osiyodagi nochor ijtimoiy-iqtisodiy tanglikdir. Ushbu hududlardagi mamlakatlarda 597 million odam savodsiz hisoblanishadi.
O‘ylab ko‘ring, 781 million chakana raqam emas! Bu taxminan yer yuzidagi aholining 16 foizini tashkil etadi. Eng yomon tomoni shundaki, bu raqam keskin sur’atlar bilan oshib bormoqda.
Savodlilik va o‘qimishlilik bu, umidsizlik va nochorlikdan — o‘ziga ishonch va to‘kislikka; tortinish va xijolatdan — qadr-qimmatga va nihoyat g‘am-g‘ussadan — saodatga eltuvchi buyuk ko‘prikdir! U, shaxsdagi favqulodda imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi va yuksalishi uchun qudratli turtki va bilim tufayligina har bir inson o‘zini to‘la-to‘kis namoyon qila olishi, o‘zining kimligini, nima uchun yaratilganligini, eng muhimi dunyoning nima ekanligini anglab yetishi mumkin bo‘ladi.
Har birimizning hayotimiz, kelajagimiz, nechog‘li bilimli, ilmli ekanligimizga bog‘liq, Chunki bu dunyo “Buyuk ilm” hosilasidir va biz kelgusi avlodlarimizning baxtli bo‘lishlarini hohlasak, kelajakni faqatgina ilm qutqarishini teran anglamog‘imiz zarur bo‘ladi. Biz uchun bundan boshqa yo‘l yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Aks holda biz, yashayotgan sayyoramizni ham, o‘zimizni ham, kelajagimizni ham barbod qilamiz!
Albatta siz sog‘lomsiz. Boshqacha qilib aytganda hozir kasal bo‘lsangiz ham, umid qilamanki, tez orada sog‘ayib ketasiz. Sog‘ligingizni qadrlang, u sizga berilgan ulug‘ ne’mat, u hayotingizdagi boshqa har qanday quvonchlaringizning asosi. Sizning tanangiz bu, sizning joningiz uchun yagona makon va unda faqatgina siz istiqomat qilasiz. Agar omadingiz kelgan va salomatligingiz yaxshi bo‘lsa, u holda uni asrang. Bu ish siz o‘ylaganingizdan oson va jo‘n. Biz juda ko‘p hollarda salbiy vaziyatlarga mo‘ljal olib yashaymiz, bizga qanchalik og‘ir bo‘lishi mumkinligini o‘ylaymiz. Biroq, agar biz sog‘lom hayot va sog‘lom fikrga amal qilib yashasak, qanchalar o‘zimizni yaxshi his qilishimiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Buning uchun nima qilmoq kerak. Yengil taomlarni iste’mol qiling, chuqur-chuqur nafas oling (tanangiz kislorodga to‘yinishi uchun), o‘zingiz yoqtirgan sohangizda har kuni amaliyot qiling va vaqtingizning eng ko‘p qismini sarflaydigan mashg‘ulotlarga qiziqishingizni qo‘llab-quvvatlang. Hech qachon bekor qolmang, eshitayapsizmi, hech qachon. Bilib qo‘ying, bekorchilik dunyodagi eng chirkin narsalarning uyasi. Doim band bo‘ling. Hech qachon mas’uliyatdan qochmang. Agar siz hech narsaga mas’ul bo‘lmasangiz, shunday narsani topingki, u sizni javobgarlikka undasin. Bu sizga fikrlash qobiliyatini, hayotga qiziqishingizni, uzoq vaqt jo‘shqinlik va tiyraklikni saqlashga yordam beradi.
Sizda tanlash huquqi bor. Agar siz o‘z kelajagingiz haqida – obro‘yingiz, sha’ningiz, oilangiz, keyingi qadamingiz va yana undan keyingilari haqida qayg‘urayotgan bo‘lsangiz – bundan minnatdor bo‘ling. Bundagi sizning ikkilanishlaringiz, shaxsiy qarorni qabul qilishga nafsoniyatingiz, shijoatingiz va erkingiz yetarlimi yoki yo‘qmi, shunigina anglatadi xolos. Agar sizning tanlovingiz “ha” va “yo‘q” deyishingizgagina bog‘liq bo‘lsa, u holda sizda chinakamiga erkinlik mavjud emas. Bilingki, siz borayotgan yo‘l va boshqalar sizga taklif qilayotgan yo‘l orasida; sizning kim bo‘lishingiz zarurligi va kelajakda kim bo‘lishingiz mumkinligi orasida juda katta farq bor. Siz buni xohlamasangiz erkingizni hech kim tortib ola olmaydi. Boshqalar istagandek emas, o‘zingiz istaganingizdek yashang. Kimlarningdir ishonchini oqlaysizmi yoki yo‘qmi, bunisi muhim emas, negaki u dunyoga hech kim siz bilan birga ketmaydi. Demak sizning hayotingiz faqatgina sizning qo‘lingizda. Boshqalar uni boshqarishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Hammasi o‘z qo‘lingizda, to‘g‘ri tanlov qila biling – faqatgina ota-onani tanlab bo‘lmaydi.
Ishonasizmi yo‘qmi, siz badavlat insonsiz. Nega desangiz, kecha och-yupun uxlamadingiz. Uyqudan o‘yg‘onganingizda esa o‘z uyingizdasiz. Uy bu, siz istiqomat qiladigan oddiygina imorat yoxud turar joy emas. Uy bu, siz jon dildan sevadigan, dunyoda hech narsaga almashmaydigan, jonu-jahoningiz, dilbandlaringiz yashaydigan oshiyon. Butun dunyo sizdan yuz o‘girganda ham sizni intiq bo‘lib kutadigan yagona maskan. U dunyo xaritasidagi mitti nuqta emas, u butun hayotingiz kechadigan qalbingizning bir parchasi. Muhabbat, mehr va ehtirom — insonlar bilan, seviklilar va oiladagilar bilan baham ko‘riladi. Va bu taqdirning buyuk in’omi. Agar kimnidir sevsangiz, sizni kimdir intiq bo‘lib kutayotgan bo‘lsa, bilingki siz dunyodagi eng omadli insonsiz.
Siz bugun nima kiyishingiz uchun kiyimlaringizni tanlash imkoniga egasiz. Uyingizda toza suv va elektr energiyasi bor va siz hozir internet tarmog‘idasiz. Demak sizda qulay, shinam va xotirjam yashash uchun barchasi mavjud. Ishoning siz haqiqatdan ham badavlat insonsiz. Ko‘proq qadrlang, kamrog‘iga qanoat, boriga shukur qiling.
Sizda hozir imkoniyat bor. Vaqt nihoyatda qimmatbaho ne’mat. Siz bilgan barcha narsalar bir kun tugaydi. Hozir emas, ammo qachondir barchasi barham topadi. Yoki tez kunlarda…. Sizda qolgan, ixtiyoringizda qolgan vaqt bilan nima qilmoqchisiz? Siz buni ertaga emas, bugun, hoziroq hal qilishingiz zarur. Agar siz uchun bugungi kecha so‘ngisi ekanligini bilsangiz nima qilasiz? Agar buni noodatiy savol yoki quruq safsata deb hisoblasangiz qattiq adashasiz. Bu dunyoda hech narsa abadiy emas. Xuddi boshqalarniki singari sizning ham vaqtingiz o‘tadi, umringiz poyoniga yetadi. Bu hozir, aynan hozir ro‘y bermoqda, siz har bir soniyada o‘limga yaqinlashib borayapsiz! Mening gaplarimdan qo‘rqib ketmang, ammo chuqur o‘ylab ko‘ring. Kechagi kun bu nishonga otilgan o‘q, uni ortga qaytara olmaysiz. Ertangi kun esa bu ushalmagan orzu, u amalga oshadimi yoki yo‘qmi bilmaysiz, ammo bugungi kun bu sizga taqdirning in’omi. Agar oqilona yashashni hohlasangiz, bugungi kun, kelajakka umid va o‘tgan kunning sabog‘i bilan yashang. Hayotdan eng yaxshi narsalarni oling. Hozir – sizning imkoningiz. Uni qo‘ldan chiqarmang.
Manba: usm.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi