QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Reja tuzishda avval aniq bir yo‘nalishni tanlang va undan keyin yirik loyihalarga qo‘l uring. Aks holda shuncha harakatlaringiz bir pul bo‘lishi mumkin. Agar muhabbatda juftingizdan yoki tanlaganingizdan shubhalana boshlagan bo‘lsangiz, xayolni bir joyga jamlab obdon mulohaza qiling. Balki noto‘g‘ridir shubhalaringiz? Uni rostdan ham sevsangiz, shubhalarga o‘rin bermasligingiz lozim. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Duch kelgan bilan janjallashib qolishdan saqlaning.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
13 fevral kuni sizga oxir oqibat afsus-nadomat keltirishi mumkin bo‘lgan ishlarga qo‘l urmaganingiz ma’qul. Ishdagi arzimas xatoingiz ham barcha ezgu niyatlaringizni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Vaqtni dam olish va ishga to‘g‘ri sarflang. Shunday sarflangki, moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lishiga vaqt deganlari sira to‘siq bo‘lmasin. Xususiy mulk masalasidagi harakatlar va qo‘shimcha bilimlar olish bugun muvaffaqiyat keltiradi. Ba’zilarni oshqozon gastriti bezovta qilishi kutiladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
13 fevralda reallikka asosiy e’tiborni qarating. Illyuziya ta’siridan chiqib keting. Illyuziya ko‘zlagan maqsadlarga yetishingizda do‘stlik qilmaydi. Organizmingizda energetika deganlari bisyor. Shunday ekan, sira ikkilanmasdan har qanday og‘ir ishlarni ham do‘ndiravering. Muhabbatda bugun qisqa muddatli tanaffuslarni boshdan kechirasiz. Tadbirkorlar uchun yangi shartnomalarni imzolash, hamkorlar bilan aniq kelishuvlarga erishish unumli va xayrli kechadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun oldingizga shunday maqsadlarni qo‘yingki, ulardan eng og‘ir vaziyatlarda ham voz kechib keta olmaydigan bo‘ling. Qanchalar qat’iyatli bo‘lsangiz va o‘zingizga qattiq ishonsangiz, martabangiz shuncha tez ortadi. Kunning ikkinchi yarmida salomatligingizni mustahkamlash harakatida yelib-yugurishingizga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan moliyaviy muammolarni bartaraf etish rejasi ikkinchi planga tushib qolishi mumkin. Qaroringiz to‘g‘ri. Sog‘liq yaxshi bo‘lmasa, dunyoning boyligini oldingizga uysangiz ham baribir tatimaydi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
13 fevral kuni bir joyda turib qolishingiz umuman mumkin emas. Aks holda ishxonadagi yumushlar o‘lda-jo‘lda qolib ketadi va sizning o‘zingizga gap tegadi. Shubhali tuyulgan ishlarga zinhor qo‘l urmang. Kun davomida ehtiyotingizni qilmasangiz, firibgar changaliga tushib qolishingiz, katta miqdorda pul yo‘qotishingiz hech gap emas. Kechqurun o‘tganlar haqiga duo o‘qing. Bundan tashqari, yoga bilan shug‘ullanish, qondoshlar bilan dildan suhbat qurish ham yoqimli kechadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Ko‘p jabhalarda tanaffuslar yuzaga keladi. Shu narsa ko‘ngildagi shubha-gumonlaringizni orttirishi mumkin. Lekin behuda tashvish chekishga sira hojat yo‘q. Tanaffuslarning barchasi siz uchun xizmat qiladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun atrofingizda oyoq-qo‘li chaqqon, topqir va uddaburon sheriklar paydo bo‘ladi. Shaxsiy hayotda qarorlar qabul qilish uchun qat’iyatli bo‘ling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, kun mobaynida salomatlikni nazorat qilishdan to‘xtamang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
13 fevralda ham yangi, ham eski ishlarga nisbatan bir xil munosabat yuriting, mas’uliyatni ham birdek his etishga harakat qiling. Ba’zi do‘stlarimiz uzoq muddatli xizmat safariga jo‘nab ketishlari ham ehtimoldan xoli emas. Oilasi yo‘qlar romantikaga oshno tutinishlari kutilmoqda. Ko‘ngil yozing, zavqlaning, zerikish, siqilish va anduhlarga yo‘l qoldirmang. Kechqurun do‘stlardan biri bilan jiddiy suhbat kutadi. Toza havo sayrini ham unutib qo‘ymang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Tadbirkorlarning kuni tug‘adi. O‘zingiz uchun juda foydali hamkorliklar, shartnomalar va mo‘may daromad ortingizdan quvlab yurishi kutiladi. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Bunaqasi har kuni ham duch kelavermaydi. Omad eshigi lang ochiqligida imi-jimida foydalanib qoling. Kunning ikkinchi yarmida qachonlardir muhabbat sharobini birgalikda totgan inson bilan tasodifan uchrashib qolishingiz mumkin. Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun qalbingizga quloq tuting. O‘zingizni ehtiyot qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
13 fevral kuni har xil sabablarga ko‘ra tashvish chekishlar siylab o‘tish ehtimoli bor. Mabodo biror masalada xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz, yaqin qarindoshlarni darrov yordamga chaqiring. Ko‘pchilik bo‘lib ish bitirish ham tez, ham qiziqarli kechadi. Tadbirkorlarning daromadlari bugun boshqa paytlardagiga nisbatan ikki hissa ko‘p bo‘lishi haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Hasadgo‘ylar ta’siriga tushib qolishdan saqlaning. Birovdan qarz ola ko‘rmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Zimmangizdagi barcha ishlarni erinmasdan tartibga keltirib oling. Hamkasblar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga harakat qiling. Salomatligingizga ham alohida e’tibor qarating. Tinglovchi vazifasini o‘tovchilarning bugun kuni tug‘adi. Muhabbatda ortiqcha falsafalar to‘qishdan qoching. Bu juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan orangizdagi munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. Juftingizdan ilojsiz narsani kutmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
13 fevralda ijodkorlarga xudo ikki qo‘llab bersa kerak. Ilhom parilari hadeganda qarshingizdan keta qolmaydi. Bahonada bir-biridan ajoyib asarlar yaratishga ulgurishingiz mumkin. Qisqa muddatda keragidan ko‘proq natijalarga erishish niyatingizdan voz keching. Ammo muhabbatda harakat qilib ko‘rsangiz bo‘ladi. Bu masalada barcha imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiq. Sog‘lig‘ingizni asrang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Gap moliya masalasida ketarkan, juda sergak va e’tiborli bo‘ling. Basharti kimdandir qarzingiz bo‘lsa, bugundan qoldirmay qaytarishingiz tavsiya etiladi. Kunning ikkinchi yarmida sizni ommaviy tadbirga taklif qilishlari mumkin. Tadbir martabangiz bir pog‘ona bo‘lsin yuqorilashiga sababchi bo‘ladi. Tijorat bilan shug‘ullanadiganlar ham bugundan mo‘may daromad kutaversalar bo‘ladi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»