QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun xotirjamlik, ko‘ngli kenglik va istirohat hamrohingiz bo‘lishi kutilmoqda. Bu lahzalarni keyinchalik afsuslanmaydigan tarzda kechiring. Shaxsiy hayotda raqiblar paydo bo‘lish ehtimoli bor. Ularga qarshi shafqatsiz kurash olib borishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin bu yerda gap qo‘l jangi haqida ketmayapti. Aksincha, taktika nazarda tutilgan. Siz hayotiy tajribangizdan kelib chiqib bu yumushni ham uddalaysiz. Kechqurun salomatligingizga jiddiy e’tibor qaratishingiz talab etiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
17 fevralda nafaqat hozirgi, balki ilgari o‘zingiz uchun arzimas, qiziqarsiz tuyulgan ishlarni ham qoyillatib ado etasiz. Bu masalada sizga o‘zingizga bo‘lgan yuksak ishonch katta yordam beradi. Moliyaviy masalada biroz kutishingizga to‘g‘ri keladi. Shubhasiz, bu kutishdan so‘ng pulning o‘zi sizni qidirib kelishi quvonarlidir. Vaqtni sun’iy tarzda tezlashtirmang. Yo‘qsa, zarardan boshqa hech narsaga erisha olmasligingiz mumkin. Kechqurun ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Atrofdagilar bilan muloqotni qisqa muddatga yig‘ishtirib ish bilan shug‘ullanishingiz lozim. Ba’zi masalalarda ojizligingiz sezilib qolishi mumkin. Lekin bu yuz foiz ortga chekining degani emas. O‘zingizni darrov qo‘lga olib oldinga bossangiz, yana ishlaringiz baroridan kela boshlaydi. Ezgu maqsadlarda muvaffaqiyat qozonishda davom etasiz. Oilasizlarni yo safar davomida, yo dam olish lahzalarida romantik uchrashuv kutadi. Bunday vaziyatlarda hazil-mutoyibaga erk bering. Shunda bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshingizning mehri yanada qaynab, siz tomon qattiqroq talpina boshlaydi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
17 fevralda har bir gapiradigan gapingizga e’tibor bering. Basharti ish joyingizda sizga nimadir, kimlardir yoqmayotgan bo‘lsa, sukut saqlang. Aslo gapira ko‘rmang. Bu jamoadagi o‘rningiz saqlanib qolishini ta’minlaydi. Kechqurun bo‘sh vaqtingizni ro‘zg‘ordagi kemtiklarni to‘ldirish, muammolarni ijobiy hal etish uchun sarflang. Xonadoningizga kechqurun mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Tayyorgarligingizni ko‘ravering.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Barchasini noldan boshlash hech qachon ziyon keltirmaydi. Bu sizning shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq. Hayotingizdagi lahzalarni noldan boshlang. Ayniqsa, sizni xafa qilayotgan voqealar, muammolar, to‘siqlar, noqulayliklar albatta eski daftar sahifasidek yopib qo‘yilishi, ularni yangi, dog‘lanmagan daftarga qaytadan bita boshlashingiz kerak. Ish joyingizdagi yumushlarni ham tashlab qo‘ymang. Do‘stlar ziyofatga chaqirsa, bormang. Bu sizga 17 fevral kuni ko‘ngilsizlikdan boshqasini hadya etmaydi. Yaxshilab dam oling, ertangi kun uchun kuch yig‘ing.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
17 fevral kuni tadbirkorlar bajarilajak ishlarni sheriklarga indamasdan, o‘z bilganicha ado etishni istab qolishadi. To‘g‘ri qilasiz. O‘zingiz mustaqil ravishda ham bu ishlarni a’lo darajada bajara olasiz. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Tanishuv telefon orqali amalga oshirilib, keyinchalik uchrashuv bilan yakunlanadi. Atrofdagilarga iloji boricha ijobiy xislatlaringizni namoyish eting. Xavfli xastaliklar chippa yopishmasligi uchun tibbiyot talablariga qat’iy amal qiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ertalab hayotingizda ishdagi ishq mojarosiga o‘xshash hodisa yuz berishi kutiladi. Bu rejalaringizni barbod qiladi albatta. Ammo afsus chekmaysiz. Oilasiz bo‘lsangiz, ayniqsa, faqat yaxshilikka bo‘ladi. Bugun safarlar, sayrlar va tog‘ yon bag‘irlarida dam olib qaytish muvaffaqiyatli kechadi. Ba’zi bir uylanmagan yigitlar tanlaganining qo‘lini so‘rashgan-u, aniq javob eshitmagan bo‘lishsa, qayg‘uga tushmasinlar. Kechqurun «ha» degan javobni albatta eshitasiz inshoolloh.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
17 fevral kuni ba’zi do‘stlarimiz ilk bor tijoratga qo‘l urishlari mumkin. Boshlagan ishingiz albatta unumli bo‘ladi. Xizmat safari, biznesga oid kelishuvlar sizga faqat yoqimli lahzalarni tortiq etmoqchi. Juftingiz bilan orangizda keyingi kunlari tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga kela boshlagan bo‘lsa, ma’lum muddat tanaffus e’lon qiling. Iblis yo‘rig‘iga yetaklovchi yoqimsiz tuyg‘ular nari ketadi. Tabiatan to‘g‘riso‘zligingiz uchunmi, arzimas yolg‘on ishlatsangiz ham sizni bosh egishga majbur qiladi. Shuning uchun yolg‘onning yoniga yaqinlashmang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun kelajak rejalar tuzishdan, olis safarga otlanishdan tiyiling. Bugun asosan dam olishingiz, do‘stlar bilan birga chaqchaqlashishingiz yoki oilaviy bayram uyushtirishingiz zarur. Bularning barchasi sizga iliq taassurot hamda yoqimli tuyg‘ular olib keladi. Moliyaviy va huquqiy masalada tanaffuslar kutiladi. Shunday ekan, ikkala sohada ham reja tuzib ovora bo‘lmang. Kechqurun oila a’zolaringiz yoki farzandlaringizdan kimdir sizga kutilmagan sovg‘a taqdim etishi kutilmoqda.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
17 fevralda ko‘zlangan maqsadga yetish yo‘lida hech narsadan qaytmasligingiz sezilib qoladi. Ammo bu harakatingiz yaxshilikka olib bormaydi. Do‘stlardan biri sizni shu qadar ustalik bilan chuv tushiradiki, o‘zingiz turib balli deysiz. Aldanmaslik uchun esa olg‘a bosishdan voz keching. Oqimga qarshi suzmang. Yuqori lavozimli shaxslar bilan kun davomida yuzaga keladigan muloqotlar sizga yaxshilik hadya qiladi. Muloqot bahonasida moddiy jihatdan o‘zingizni qiynab turgan muammolar ham hal etiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ishingiz bilan bog‘liq hujjatlar anchadan beri rasmiylashtirishlarsiz chang bosib yotgan bo‘lsa, bugun ularni qaytadan qo‘lingizga oling va rasmiylashtiring. Faqat xatoga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Juftingiz kun davomida sizni kutilmagan sovg‘a bilan mamnun etishi kutilmoqda. Ayrimlar yangi ish qidirib topish, yangi uy sotib olish kabi amallarni boshdan o‘tkazishlari mumkin. Bularning hammasi yaxshilik uchun xizmat qilsin. Lekin shaxsiy hayotingizni qayta qurish haqida o‘ylab ham o‘tirmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
17 fevral kuni sizni dunyoga qo‘l siltashgacha yetkazishga uringan byurokratlar ustidan nihoyat g‘alaba qilasiz. Bu kayfiyatingizni kechga qadar a’lo darajada ushlab turadi. O‘tgan oyda chala qolgan ishlarni ham bugun yakunlashga erishishingiz mumkin. Agar yuzidan yaxshi odam emasligi sezilib qolsa, ular bilan do‘stlashmang. Tijoratchi bo‘lsangiz, bugun daromadingiz ko‘zlanganidan ham mo‘lroq bo‘ladi inshoolloh.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi