00:19 / 21.02.2018
8 630

Munajjimlar bashorati: 21 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 21 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Oldin oilaviy ishlarni uddalash bilan band bo‘ling. Ana undan keyin asosiy ishga o‘tsangiz bo‘ladi. Agar hammasini bir nafasda bajarishni xohlasangiz, kutilgan natijaga erisha olmaysiz. Moliyaviy operatsiyalar, boshqa manzilga ko‘chish hamda bir joydan ikkinchi joyga mahsulot tashish muvaffaqiyatli kechadi. Jigar, bo‘g‘im bilan bog‘liq surunkali xastaliklarni xalqona yo‘l bilan davolashga urinmang, ko‘ngilsizlikka uchraysiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Velosipedda sayr qilsangiz, yana ham yaxshi bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
21 fevralda siz qaytmas, uddaburon odamga aylanishingiz lozim. Shu yo‘l bilan atrofdagilarni o‘zingizga qarata olasiz va yordam kerak bo‘lsa, so‘ray bilasiz. Bu dunyoda hamma narsa ham pul bilan hal etilavermaydi. Shuning uchun o‘zingiz yoqtirmaganlarga ham adolat ko‘rsating, hurmat bajo aylang. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlar bilan sen-menga borishingiz ehtimoli bor. Kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishingiz mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Xoh moliyaviy bo‘lsin, xoh muhabbatda ishtaha deganlarini sal jilovlashingiz kerak bo‘ladi. Agar emotsiya va xohishlarni nazorat eta olishingizga ko‘zingiz yetmasa, mayda-chuyda ishlar bilan band bo‘lish harakatiga tushing. Shu narsa sizdagi ishtahaning zo‘ravonligiga barham beradi, chalg‘itadi. Siz bemalol kelajak rejalarni tuzaverishingiz mumkin bo‘ladi. Kechqurun ovqatlanish rejimini yana bir karra yodga oling. Tunda oshxonaga qatnashdan ehtiyot bo‘ling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
21 fevral kuni o‘zingizni tashqaridan turib kuzatishga harakat qiling. Basharti kimdir sizga yomon qarayotgan bo‘lsa, bekorga emasdir. Shu yo‘l bilan o‘z xatolaringizni aniqlashingiz, kelgusida bu xatolarni takrorlamaslikka erishishingiz mumkin. Iliq munosabatlarni ham qarindoshlar, ham hamkasblar bilan saqlab qoling. Kechqurun sog‘lig‘ingizga bir ko‘z tashlab qo‘ying. Nasib bo‘lsa, bu masalada muammo bo‘lmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yaqinlaringiz bilan dildan suhbat qurishingiz kutilmoqda. Suhbat ba’zi orzularingiz haqiqatga aylanishini ta’minlashi ehtimolga yaqin. Fikringizga qo‘shilmaydigan qarindoshlar chiqib qolsa, sira achchiqlanmang. Sizga bugun prinsipiallik naf bermaydi. Uy ta’miri uchun kerakli narsalarni xarid qilish, boshqa uyga ko‘chib o‘tish va muhim hujjatlarni rasmiylashtirish muvaffaqiyat keltiradi. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullanib qo‘ysangiz ham ziyon qilmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
21 fevralda tadbirkorlar o‘ziga yangi hamkorlar topib, moliyaviy operatsiyalarni ko‘ngildagidek holatda amalga oshirishlari zarur. Bugun ishlaringiz shu qadar ko‘p bo‘lishi kutilmoqdaki, do‘stlar ko‘magisiz ularni to‘liq uddalay bilmaysiz. Har bir vaziyatda hazil-mutoyibaga keng yo‘l bersangiz, omad sizdan yuz o‘girmaydi. Kechqurun tana va ruhni tozalash amalini bajaring. Xayollaringizni tartibga soling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlarni jalb etish uchun muloyimlik, odamoxunlik, shinavandalik kerak bo‘ladi. Kun davomida ishxonada hamkasblarning biri bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Muhabbatda tinglovchi rolini ijro qiling. Ayniqsa, yaqindagina bo‘lg‘usi jufti bilan tanishganlarga bu narsa juda ham zarur. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatligini kuzatuv ostida ushlashlari tavsiya qilinadi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
21 fevralda qilingan ishlarning natijalarini ko‘rish, xushomadlar eshitish, yangi ishga takliflar qabul qilib olish bilan band bo‘lishingiz kutiladi. Ishxonangizda haqiqiy professionalsiz. Shu sababli hamkasblarning katta-yu kichigi sizni e’zozlaydi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun ham alohida iste’dod talab qilinadi. Kechqurun do‘stlardan biri uyingizga mehmon bo‘lib kelishi mumkin. U sizga xorijda ishlashni taklif etadi. Albatta rozi bo‘ling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ish joyingizda o‘zingiz emas, hamkasblarning tajribasiga suyangan holda harakatlar sodir etasiz. Xayriyatki, jamoangizda sizga nisbatan tajribalilar topiladi. Qarindoshlaringiz sizni kun davomida har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga tayyor turishadi. Shukr qiling! Kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishingiz kutiladi. Buning uchun nafaqat kerakli narsalarni taxt qilishingiz, balki o‘zingizga hamroh ham topishingiz kerak.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
21 fevral kuni bilib-bilmay har jabhada qaysarlik odatingiz pand berishi mumkin. Emotsiyani nazoratda tuting. Suhbatdoshingizning har bir gapini diqqat bilan tinglang. Yo‘qsa, o‘zingizga taalluqli muhim gapni eshitishdan quruq qolasiz. Shaxsiy hayotda yetakchilikka intilmang. Yon bering. Bu juftingizning fe’lini yumshatadi. Yon berishni bilmaydiganlar yoki bilishni istamaydiganlar oqibatda yolg‘iz qolib ketishlari hech gap emas. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ertalabdan omadingiz kuladi. Martabangiz kutilmaganda yuqorilash pallasiga kiradi. Ketidan mo‘may daromad qo‘lingizga kelib tushadi. Birozdan keyin esa taqdiringizni ijobiy tarafga o‘zgartirish quvvatiga ega tanishuvni boshdan kechirasiz. Oilasizlar ham bugun qidirgan insonini topishadi. Qalblarida ilk bor muhabbat alangasini tuyib ko‘rishadi. Kechqurun zararli odatlarni tashlash uchun juda qulay kechadi. Ayniqsa, sizni tanishlardan kimdir mehmonga taklif etmoqchi. Iroda kuchingizni shu bahonada sinovdan o‘tkazib olasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
21 fevralda miyangizda yangi g‘oyalar g‘ij-g‘ij bo‘ladi, vujudingiz kuchga to‘ladi. Bular esa ishga ijodiy yondashishingizni yengillashtirib, jamiyatdagi obro‘yingizni mustahkamlaydi. Jamiyatdagi umumiy qonunlarni, tartiblarni buzmagan holda harakatlar sodir eting. O‘zgalarning fikri bilan ham hisoblashing. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?