QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ish joyingizda bugun ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishasiz. Quvonchli, yoqimli lahzalaringiz bisyor bo‘ladi. Ancha vaqtdan beri chang bosib yotgan loyihalarni ham osongina hayotga tadbiq eta bilasiz. Ammo moliyaviy masalada muammolar o‘ta jiddiy. Ularni bartaraf etish uchun ancha-muncha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Kechki payt kimdir sizga qo‘shimcha daromad keltiruvchi, sizning shartlaringiz bo‘yicha tashkil etiladigan ish taklif etadi. Albatta rozi bo‘ling. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
23 fevral kuni atrofdagilar bilan munosabatlarda juda ehtiyot bo‘ling. Arzimas o‘ylamay gapirilgan gap ham katta janjalga aylanib ketishi mumkin. Ba’zi tanishlaringiz sizni chuv tushirishga harakat qilib ko‘rishlari kuzatiladi. Bo‘sh kelmang. Shaxsiy hayotda muammo bo‘lmaydi inshoolloh. Faqat juftingizni birovlarga rashk qilmasangiz bas. Chunki rashklaringiz uning joniga tegib ketgan. Kechqurun oilangiz davrasida dam oling. Toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
23 fevralda har bir ishda yuqori ko‘rsatkichga erishishni xohlasangiz, jamoaviy ish usulidan unumli foydalaning. Hamkasblar bilan birgalikda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda o‘z ezgu maqsadlaringizga yeta olasiz. Biroq yangi topshirilgan yumushlarni ado qilishdan oldin eskilarini oxiriga yetkazib olishni unutmang. Moliyaviy muammolar kechqurunga borib ijobiy hal bo‘lishi kutiladi. Siz o‘zingizga yoqqan buyumlarni xarid qila olasiz. Azaliy orzularingizdan biri ham kechqurun haqiqatga aylanishi kutiladi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Sizga martabangiz oshishida yaqindan ko‘mak berganlarga nisbatan yanada muloyim munosabatda bo‘ling. Mayli, kayfiyatingiz yaxshi bo‘lmasin, baribir emotsiyani jilovlash zarur. Pulni nihoyatda tejab ishlating. Shunda yaqin kelajakda o‘zingiz yoqtirgan buyumlarni sira qiynalmasdan, qarz ko‘tarmasdan xarid qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Ob-havoga qarab kiyinsangiz, salomatligingiz pand bermaydi. Kechqurun yaqin tanishlardan biri sizni mehmonga taklif etishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
23 fevralda ish joyingizda rahbarlar topshirgan yumushlarni jamoaviy tarzda amalga oshiring. Shunda aytilgan muddatda yakunlaysiz, yuzingiz yorug‘ bo‘ladi. Agar yolg‘iz o‘zingiz uddalashni xohlasangiz, ishlaringiz o‘lda-jo‘lda qolib ketadi. Muhabbatda qisqa tanaffuslar tashkil etish faqat yaxshilik keltiradi. Oilasiz yigitlar tanlaganiga qalbini ochishlari uchun fursat yetgan. Dadilroq bo‘ling!
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kunning birinchi yarmida ba’zilar o‘zini juda lohas his etishi, ayrimlar depressiya holatiga tushib qolishlari kutiladi. Mabodo sog‘lig‘ingiz borgan sari yomonlasha boshlasa, yaxshisi uyda qolib davolanish harakatiga tushishingiz kerak bo‘ladi. Yangi ishlar katta kuch va imkoniyatlar talab qiladi. Ular sizda hozircha yetarli emas. Kun davomida yoqimli, xotirjamlik talab etadigan ishlar bilan band bo‘lganingiz ma’qul. Juda bo‘lmasa, sevimli xobbingizni esga oling. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatligini qat’iy nazorat ostida ushlashlari lozim.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
23 fevral kuni bajaradigan ishingizga cheksiz sadoqatingiz ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qoladi. Ba’zilar siz bilan hamkorlikda ishlashni ham xohlab qolishlari mumkin. Rozi bo‘lavering. Shaxsiy hayotda barcha qarorlarni siz chiqarishingiz zarur. Bu juftingiz bilan o‘zaro munosabatlaringiz mustahkamlanishiga turtki bo‘ladi. Kechqurun janjalli vaziyatlarga tushib qolishdan saqlaning. Bunday vaziyatlarni uzoqdan ko‘rib qolsangiz, boshqa yo‘l bilan ketganingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz juda yoqimli, qaynoq o‘tishi kutilmoqda. Atrofdagilar, hamkasblar ham siz chiqargan qarorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor turadi. Lekin ehtiyot bo‘ling. Ayrimlar shu bahonada sizga ziyon yetkazish niyatida bo‘lishi ham mumkin. Olis kelajak haqida reja tuzmang. Bu rejalar baribir foydasiz bo‘lib chiqadi. Oldin bugungi yumushlarni uddalash harakatida bo‘ling. Sog‘lig‘ingiz pand bera boshlashini sezishingiz bilan vrachga choping. Ovqatlanishda me’yorni biling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
23 fevral kuni yaqinlaringiz ko‘magidan mosuvo qolishingiz ehtimoli bor. Bu sizning aybingiz bilan sodir bo‘ladi. Siz keyingi paytlarda yaqin insonlarga keragidan kam e’tibor, hurmat bajo aylay boshlagansiz. Qayerlargadir ketib qolgan azaliy mehr-oqibatni qaytaring, oradagi qorong‘ulikni nariga olib qo‘ying. Oila qurishga ulgurmaganlar o‘zi yoqtirgan inson sari talpinib, kerak bo‘lsa, romantik uchrashuv belgilasalar ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Kuningiz xuddi bayramdagidek boshlanadi. Orzularning barchasi haqiqatga aylanmasligi mumkin. Lekin bu g‘oyibona haqiqatdan xayolan bahra olish ham sizga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Moliyaviy masalada rejalaringiz amalga oshmay qolish ehtimoli bor. Biroq yaqin tanishingiz moddiy jihatdan sizga albatta yordam ko‘rsatadi. Kechqurun ba’zi do‘stlarimiz o‘zini yomon his eta boshlashi kutiladi. Kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishingiz mumkin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
23 fevralda kunning birinchi yarmini do‘stlar va qarindoshlar davrasida o‘tkazishingiz kutiladi. Ko‘p muammolar bartaraf etilmasdan qolib ketadi. Tashqariga yupun kiyingan holda chiqmang. Aks holda shamollab, mushkul vaziyatda qolishingiz mumkin. Sportzalga borish va jismoniy zo‘riqishlardan buguncha yuz bura turing. Umumiy holatingizning yomonlashish xavfi bor. Sog‘liqni birinchi navbatda asrang, asablar qaqshashiga yo‘l qo‘ymang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugungi kun ayni siz orzulagandek kechishi kutilmoqda. Neki ishga qo‘l urmang, to‘siqlarsiz muvaffaqiyat qozonasiz. Muhabbatda faylasufona fikr yuritish bugun ish bermaydi. Yaxshiki, do‘stlar bor, ularning biri sizni xuddi shu muammodan xalos etadi. Mushkul vaziyatlarda optimistga aylaning, afsuslanmaysiz.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?