00:36 / 24.02.2018
10 200

Munajjimlar bashorati: 24 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 24 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun sizni umringizda biror marta ham ro‘baro‘ kelib ko‘rmagan omad kutib turadi inshoolloh. Uni ko‘rgach, yaqin o‘tmishdagi omadsizliklar, ko‘ngilsizliklarni unutasiz. Agar dunyoga optimist nazari bilan boqa olsangiz, shaxsiy hayotingizdagi muammolarni so‘nggi nuqtasigacha yo‘q qilib, hayotingizni gulzorga aylantira olgan bo‘lardingiz. Juftingiz bilan har bir ishga qo‘l urishdan oldin albatta maslahatlashing. “Er-xotin— qo‘sh ho‘kiz” deb bekorga aytishmagan.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
24 fevralda buzoq burjida tavallud topganlarning aksariyati odatiy ishdan vaqtincha yuz burib, qo‘shimcha daromad keltiradigan ishlarga mukkasidan ketishlari mumkin. Moddiy jihatdan bir oylik reja tuzib qo‘ying. Shunda xudoning bergan kuni moliyaviy muammolarni bartaraf etish bilan band bo‘lmaysiz. Shaxsiy hayotdagi muammolarni ijobiy hal etishda xudbinlik kerak bo‘ladi. Lekin xudbinlikni haddidan oshirib yubormang. Me’yorni biling. Ovqatlanish rejimini buzmang. Tashqariga chiqayotganda, havoning avzoyiga qarab kiyining.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun muhabbatda rostakamiga omadingiz keladi. Muhabbatda nimani orzulagan bo‘lsangiz, barchasiga yetasiz inshoolloh. Ijodkor bo‘lsangiz, kun davomida muxlis va muxlisalaringiz siz tomon talpinishdan tiyila olmay halak bo‘lishadi. Ish joyingizda har bir topshirilgan yumushni shoshilmasdan, sifatli qilib ado eting. Kunning ikkinchi yarmida sizga qo‘shimcha daromadli ish, yangi kasb taklif etishlari kutiladi. Bunday lahzalarda yetti o‘lchab bir kesgan ma’qul. Sog‘lig‘ingizni tashqi xavfdan ehtiyot qiling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
24 fevral kuni bardoshni nazorat qila olmay qiynalishingiz mumkin. Baxt, boylik va muhabbatga baravar ega chiqishni xohlay boshlaysiz. To‘g‘ri, orzuga ayb yo‘q. Ammo siz orzulagandek natijaga erishish uchun o‘ta faol bo‘lish talab etiladi. Ayniqsa, pul masalasi cheksiz harakat hamda mustahkam irodanigina tan oladi. Boshqachasiga bo‘ysunmaydi. Kechqurun juftingiz yoki yaqin qarindoshlar bilan do‘kon aylanishingiz, o‘zingiz yoqtirgan buyumlarni xarid qilishingiz mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
24 fevral kuni ishxonadagi yumushlarni faqat mustaqil tarzda, o‘zgalar yordamiga tayanmagan holda bajarishingiz kerak bo‘ladi. Aks holda ishingizda unum yo‘qoladi. Demak, pulsiz qolib ketasiz. Shaxsiy hayotda esa juftingiz jondan to‘ydira boshlaydi. Kayfiyatingizni bir pul qiladi. Iloj qancha, juftingiz bilan bugun sira bir to‘xtamga kela olmaysiz. Bunday vaziyatlarda yon berishdan bo‘lak ilojingiz yo‘q. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Juda bo‘lmasa, tog‘ yon bag‘riga keting-u, yolg‘izlikda miriqib dam oling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
24 fevralda boshingizga qancha tashvish yog‘ilmasin, muammolar qanchalar murakkab bo‘lmasin, baribir o‘zingizni qo‘lga oling. Miyangizni yangi-yangi g‘oyalar chulg‘ab turibdi. O‘shalarni haqiqatga aylantirish harakatida bo‘ling. Istasangiz, o‘zingizga ilhom manbai, ma’naviy ko‘makchi izlab toping. Qadam tashlashingiz yengillashadi. Pullaringiz isrof bo‘lmasligi uchun oilaviy byudjetni qat’iy reja asosida tuzing. Ana shunda six ham, kabob ham kuymaydi. Asablarni ehtiyot qiling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, profilaktik amallarni o‘z vaqtida ado qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Emotsiya bo‘roni, tuyg‘ularingiz yallig‘lanishi qalbingizga kuchli og‘riq bermoqchi. Vaziyatni keskinlashtirmoqchi. Sizni ado qilmoqchi. Xotirjamlikni shior qilib oling. Yomonlar maslahatiga quloq tutib qo‘ymang. Boshingizdan o‘tayotgan va o‘tadigan hodisalarga aslo hazil aralash boqmang. O‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘proq hamkasblardan nimalarnidir o‘rganishga harakat qiling. Kechqurun u qadar olis bo‘lmagan manzilga xizmat safari bilan borib kelishingiz kutiladi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Afsuski, bilib-bilmay arzimas narsalarga katta pul sarflab qo‘yishingiz mumkin. Shunday ekan, oldindan buning tadorigini ko‘rib qo‘ying. Xaridlarni amalga oshirishda yaqin do‘stlardan birini ko‘makchi qilib oling. Bu siz uchun navbatdagi maktab vazifasini bajaradi. Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi. Bu kelgusida jiddiy munosabatlarga aylanishi tayinga o‘xshab turibdi. Salomatligingiz masalasida ham alohida qayg‘uring.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ruh va tana orasida garmoniya paydo bo‘lishini ta’minlashga harakat qiling. Bundan tashqari, salomatligingizni mustahkamlash xususida ham sezilarli harakatlarni sodir eting. Bugun zararli odatlardan voz kechish juda xayrli va muvaffaqiyatli kechadi. Xohlasangiz, o‘tgan yaqinlaringizni xotirlang, ular haqiga duolar o‘qing, yengil tortasiz. Kechqurun ba’zilar olis safarga otlanishlari kutiladi. Safar siz o‘ylagandan ham omadliroq kechadi. Lekin safarga shaxsiy mashinangizda ketmang.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
24 fevralda moliya sohasiga o‘ta jiddiy munosabatda bo‘ling. Agar qimmatli va foydali buyum sotib olishni orzulagan bo‘lsangiz, mayda xaridlardan voz keching. Atrofdagilar bilan munosabatlar sovuqlashmasligi uchun kayfiyatingizni nazoratda ushlang. Oila qurishga ulgurmaganlar kechqurun orzusidagi insonni uchratishlari mumkin. Baxtingizni bersin! O‘zingiz haqingizda paydo bo‘ladigan turli mish-mishlarga e’tibor bermang. Bu g‘iybatchi va hasadgo‘ylarning chirkin ishi. Bundan bo‘lak narsa emas.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ruhiy holatingiz, martabangiz hamda pul jamg‘armangiz masalasida yana bir bor bosh qotiring. Tashqarida qarama-qarshi jins vakil hamda vakilalari bilan yaqin munosabatlarga kirishmang. Bu sizga faqat ziyon yetkazadi. Ruhni chiniqtirish, qo‘shimcha bilimlar olish, sport bilan shug‘ullanish uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun talabalikdagi do‘stlaringizdan biri sizni mehmonga taklif etishi mumkin. Asabni ehtiyot qiling. U hali sizga ko‘p kerak bo‘ladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
24 fevralda bilibmi-bilmaymi, shoshma-shosharlik natijasidami, xohish, istaklaringizni nazoratdan qochirishingiz ehtimoli bor. Agar shunday bo‘lib chiqsa, siz yomonlar davrasiga tushib qolishingiz hech gap emas. O‘zingizga, dunyoga real nazar bilan boqing. Har bir ishda faollik ko‘rsating. Ba’zilar kun mobaynida bosh va oyoq og‘rig‘idan azob chekishlari kutiladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?