QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yaqin o‘tmishda tuzgan rejalaringiz bugun haqiqatga aylanmoqchi. Bu sizga yangi ishlarni boshlash uchun zamin yaratadi. Prinsiplarga asoslangan holda harakatlar sodir eting. Shunda ko‘zlangan natijaga albatta erishasiz inshoolloh. Kun davomida professional kasbingizga aloqador odamlar bilan tanishasiz. Ular ta’sirida kasbingizga nisbatan yanada kuchliroq mehrga ega bo‘lishingiz ehtimoldan xoli emas. Salomatlik haqida gap ketsa, birinchi navbatda oshqozoningizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
26 fevralda kunning birinchi yarmi sal og‘irroq kechishi mumkin. Biroq tushdan keyin ishda unum sezila boshlaydi. Xayolni bir nuqtaga jamlab, yaqin o‘tmishdagi ishlar yakunini tahlil qilib, kelajak rejalarni tuzing. Bugun faqat qalbingizga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Shunda taqdirning kutilmagan sovg‘alari sizniki bo‘ladi. O‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolardan to‘g‘ri xulosa yasang. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan cheklaning.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
26 fevral kuni nafaqat o‘zingiz, balki o‘zgalar hayotiga ham garmoniya olib kirishga qodir bo‘lasiz. Sergaklik, charxlangan tafakkur sizga har qanday og‘ir vaziyatdan ham osonlik bilan chiqib ketishda katta yordam beradi. Ishxonadagi rahbarlar shu xususiyatlaringizni hisobga olib zimmangizga qo‘shimcha ishlarni yuklab qo‘yishi mumkin. Buning mukofotini esa kechqurun albatta olasiz. Kechqurun kimdir qo‘ng‘iroq qilib, sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi kutiladi, sergakroq bo‘ling!
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Garchi ular yaqin qarindosh bo‘lsa-da, birovlarning muammosini buguncha yelkangizga ortmoqlamay turing. Chunki o‘zingizda ham muammolar tiqilib yotibdi. Ayniqsa moliyaviy muammolarni ortga surib bo‘lmaydi. Kunning ikkinchi yarmida bir-biridan yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Kechki payt martabangiz va lavozimingiz oshishida katta yordam berishi mumkin bo‘lgan odam bilan tanishasiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
26 fevral kuni tadbirkorlarni uchrashuvlar, safarlar va favqulodda qarorlar qabul qilish kabi amallar kutib turadi. Bunday vaziyatda xotirjamlikka alohida e’tibor berishingiz kerak. Haqiqatni o‘zgalardan izlamang, bu sizga ko‘ngilsizlik keltiradi. Oilalilar zudlik bilan ro‘zg‘or ikir-chikirlarini o‘z bo‘yniga olishi lozim. Do‘stlar bilan birgalikda ko‘ngil yozish qochmaydi. Kechqurun ovqatlanish rejimini buzmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Oila qurishga ulgurmaganlar kunning birinchi yarmida romantik uchrashuvlarni boshdan kechirishlari kutiladi. Lekin bu uchrashuv sizga yaxshilik keltirmaydi. Shunday ekan, uchrashuvdan qochish taraddudini ko‘rganingiz ma’qul. Bugun sershovqin davralar, rejalashtirilmagan safardan yuz buring. Basharti qarindoshlar orasidan haqiqat qidirishni ixtiyor etgan bo‘lsangiz, avval uni o‘zingizdan qidirib ko‘ring. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
26 fevralda ijod kishilarining omadi keladi. Shunday bir asar yaratishlari kutilmoqdaki, bu yuzlab muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishi turgan gap. Yoshi ulug‘ qondoshlar holidan xabar oling va savobga egalik qiling. Tadbirkorlar hamkorlar bilan suhbatda diplomatiyaga alohida e’tibor qaratishlari tavsiya etiladi. Kechqurun toza havoda sayr qilish, asosan guruchli taomlar iste’mol qilishni esda saqlab qoling.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz xavotirlar, hayajonlar va asabiyliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Anchadan beri gaplashmay qo‘ygan odamlar favqulodda kelib asabga tegadigan gaplarni gapirishi ham haqiqatga yaqin. Ayrimlari telefon orqali sizni ranjitish harakatida bo‘lishadi. Ishga ijodiy yondashishingiz unumdorlik va baraka ortishiga sababchi bo‘ladi. Birovlardan aslo yordam kutmang. O‘zingizdagi kuch va imkoniyatlar yetarli.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
26 fevralda yaqin insoningiz haqida yoqimsiz xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Shu narsa rejalaringizni o‘zgartirish, ko‘pini noldan boshlashga majbur qilishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida sizga tinch yashashda xalal beruvchi voqea-hodisa borki, barchasini yo‘q qiling. Kechqurun oilaviy bayram uyushtirish yoki juftingiz bilan sayrga chiqish xayrli kechadi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Arzimas narsa tufayli asabiylashishdan saqlaning.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Moliyaviy ahvolingiz o‘lda-jo‘lda, ish yurisha qolmasligi sizni ranjitishga ulgurmaydi. Kunning boshlanish qismida ajoyib bir xushxabar eshitasiz va muammolarni ma’lum muddatga unutasiz. Kun bo‘yi musiqa tinglash, yoqimli xaridlarni amalga oshirish xush lahzalarni hadya etishi mumkin. Kayfiyatingizni yaxshi ushlasangiz, ish va shaxsiy hayotdagi barcha muvaffaqiyatlar sizniki bo‘ladi. Oila qurmaganlar yoshi o‘zidan ancha katta bir inson bilan tanishishlari, uni sevib qolishlari mumkin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
26 fevralda ushalmas orzular ketidan yurishni bas qilsangiz yaxshi bo‘lardi. Undan ko‘ra uy ta’miri bilan shug‘ullaning. Sog‘lig‘ingizni mustahkamlang, immunitetni ko‘taring. Agar yog‘li, sho‘r taomlar, shirinliklardan voz kechsangiz, qon bosimingiz me’yori kosmonavtlarnikidan sira kam bo‘lmaydi. Salomatligingiz ajoyib ko‘rinishda bo‘ladi. Hasadgo‘ylarni ko‘rib qolsangiz, aylanib o‘ting. Ularning serziyon energetikasi oyoqdan olishi hech gap emas.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda o‘ta sergak va e’tiborli bo‘ling. Shunda omad sizdan yuz o‘girmaydi. Stress va xavotirli lahzalardan sizni oiladagi yaqinlaringiz asrab turadi. Tijoratchi bo‘lsangiz, bugun mo‘may daromaddan umid qilavering. Oyoq, bosh va bel og‘rishini davolashda bugun sizga faqat xalqona usullar yordam bera oladi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi