21:59 / 26.02.2018
10 052

Munajjimlar bashorati: 27 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 27 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun sizning hayotingizda xavotirli lahzalar ko‘zga tashlanishi kutilmoqda. Agar xotirjamlikni ustun qo‘ysangiz, aql bilan ish tutsangiz, xavotirli lahzalar sizni yo‘ldan chalg‘ita olmaydi. Kunning ikkinchi yarmida asosan moliyaviy masalalar bilan shug‘ullanishingiz kutiladi. Shubhasiz, bu muammo ham sizning foydangizga hal bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda me’yorni biling. Lekin parhez tutish haqida o‘ylab ham ko‘rmang. Parhez sizga foyda bermaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 fevral kuni siz omad, muvaffaqiyatlar dengizida suza boshlaysiz. Tanish-bilishlar, do‘stlar, yaqinlaringizning sizga nisbatan hurmat va izzati birmuncha oshganiga guvoh bo‘lasiz. Bularning barchasi sizga a’lo kayfiyat hadya etadi. Turli ko‘rinishdagi xaridlar, muhim uchrashuvlar, shaxsiy biznesni boshlash bugun muvaffaqiyatli kechadi. Sog‘lig‘ingiz bezovta qilmaydi. Faqat havoning avzoyiga qarab kiyinishga e’tibor qaratsangiz bas. Kechqurun qo‘shnilardan biri g‘iybatingizni qilib yurgani qulog‘ingizga chalinishi mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
27 fevralda bo‘lar-bo‘lmas xaridlarga qo‘l urishdan saqlaning. Aks holda inqirozga yuz tutasiz. Asosiy kuch va imkoniyatlaringiz o‘zgalar muammolarini hal etish uchun sarflanadi. Asosiysi, hayotga, hodisalarga real ko‘z bilan boqsangiz, xayolparastlik osmonida sayr qilmasangiz bas. Ishlaringiz albatta baroridan keladi. Muhabbatda bugun aql sira shart emas. Yaxshisi, o‘zingizni sal telbaga solvoling. Shu narsa juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan o‘zaro munosabatlaringiz mustahkam tortishida asqotishi mumkin.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar bugun faqat o‘z manfaatlaringiz yo‘lida yelib-yugurishingizni maslahat berishmoqda. Boshqalarning muammolarini deb o‘zingizdan voz kechib qo‘ymang. Hali oldinda qiladigan ishlaringiz juda ko‘p. Ularni uddalamay turib moliyaviy ahvolingizni yaxshilay olmaysiz. Shaxsiy hayotda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Juftingizni yo‘rig‘ingizga yurg‘azishga urinavermang, bu judolik keltirib qo‘ymasin tag‘in. Oshqozon va buyraklarni ehtiyotlang. Ularga e’tibor susaysa, salomatligingizda jiddiy muammo yuzaga kelishi mumkin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
27 fevralda hamma narsaga tayyor turing. Tadbirkor bo‘lsangiz, litsenziya, haydovchi bo‘lsangiz, haydovchilik guvohnomasidan ayrilish, jarimalarni go‘yo arzimas, qisqa muddatli yoqimsiz lahza deb tasavvur qiling. Bularning barchasini yengib o‘tish uchun esa bardosh zarur bo‘ladi. Uyni kengaytirish, mashina sotib olish haqida orzu qilayotgan bo‘lsangiz, hali vaqt bor. Uy ta’mirini bo‘lsa, bugundan qoldirmasligingiz kerak. Olis safarga otlanish bugun muvaffaqiyat keltirmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun taqdirdan sira ham nolimang. Mayli, u sizga boshqalarga nisbatan kamroq baxt, omad, quvonch ulashayotgan bo‘lsa-da, baribir shukr qiling. Xudoyim shukrli bandalarini sevadi. Moliyaviy muammolaringiz a’lo darajada ijobiy hal bo‘lmasa-da, qora qozon qaynashdan to‘xtamaydi inshoolloh. Bugun zinhor birovlardan qarz ola ko‘rmang. To‘lanish pallasi ayanchli kechishi mumkin. Surunkali xastalikdan azob chekayotganlar ob-havoning avzoyi bilan hisoblashishlariga to‘g‘ri keladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
27 fevral kuni mehnatsevarligingiz sababli professional kasbingiz bilan bog‘liq yumushlarni ado etishda o‘zingiz mo‘ljallagandan ham ko‘proq zafar quchasiz. Hatto, mag‘rurlanib ham ketishingiz mumkin. Mayli-da, ba’zida mag‘rurlanib turish ziyon qilmaydi. Tadbirkorlar, tijoratchilar raqobatchilari bilan muloyim ohangda gaplashishlari, ularning so‘zlarini erinmasdan tinglashingiz talab etiladi. Bu ham sizning porloq kelajagingiz uchun xizmat qilsa ajabmas. Shaxsiy hayotda esa ayrimlar jufti yoki bo‘lg‘usi jufti bilan janjallashib qolishi kutiladi. Vaqtida bu janjalga nuqta qo‘ymasangiz, ish ajrashishgacha borib yetishi hech gap emas.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Muhabbatda o‘ta kamtarlik zarur bo‘ladi. Ehtiroslarni jilovlang. Aziz insoningizga ko‘proq mehr bering. Rashk degan yaramas atamani aslo tilingizga ko‘chira ko‘rmang. Bu ikki sevishganni xarob qilishdan boshqasiga yaramaydi. Kechqurun bosh og‘rig‘i, holsizlik, shamollash kabilar sizni bezovta qila boshlashi mumkin. Darrov vrach chaqirishga shoshilmang. Iloj topsangiz, malinali choy iching. Malinali qaynoq choy ahvolingizni yaxshilaydi. Toza havo sayrini ham unutib qo‘ymang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
27 fevralda negadir bolaligingizga qaytgingiz kela boshlaydi. O‘zingizni bilib-bilmay bolalarcha tuta boshlaysiz. Qarangki, bu ham xudoning qudrati-da. Sizni oldinda katta janjallar, ko‘ngilsizliklar kutib turgan bo‘ladi-yu, bulardan sizni o‘sha bolaligingiz asrab qoladi. Ammo buni muhabbatda qo‘llay ko‘rmang. Muhabbat kattalarcha munosabatlar tarafdori. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlardan qoching, shaxsiy mashinangizda ko‘chaga chiqmang. Jarohat olishingiz xavfi bor.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat tafakkurga quloq tuting. Qalb sadosi yordam bera olmaydi. To‘g‘ri, romantika, ko‘ngil yozish, xayolot dengizida suzish juda yoqimli. Lekin bugun kattalarcha ish tutishingizga to‘g‘ri keladi. Agar aqlni ishlatgan holda harakatlar sodir etsangiz, har jabhada muvaffaqiyat, g‘alaba sizniki bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlaringizdan kimdir asabingizga o‘ynashi kutiladi. Kechqurun iliq vanna qabul qilishni esdan chiqarmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
27 fevral kuni tushga yaqin yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz ehtimoli bor. Bu tanishuv hayotingizni 180 darajaga o‘zgartirib yuborishi kutiladi. Albatta yaxshilikka. Imkoniyatlardan ortig‘ini talab qila boshlaganingizda ham asl qiyofangizni yo‘qotmang. Moliyaviy masalada muvaffaqiyat qozonasiz. Milliarderga aylanmassiz-u, biroq cho‘ntagingiz pulsiz ham qolmaydi. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qiling. Tushlaringiz totli kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugunga o‘zingizcha hech kimning xayolida yo‘q narsalarni o‘ylab topishdan tiyiling. Ishda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Oqim bilan yonma-yon oqishda davom etasiz. Muhabbatda sizga faqat darvishona harakatlar, tavakkal qarorlar yordam beradi. Kechqurun qarindoshlardan biri bilan jiddiy suhbat kutadi. Har qanaqasiga bu suhbat janjalga aylanib ketishidan saqlaning.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 27 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?